Nosirxo’jayev Sobitxon Hoshimovich
Nosirxo’jayev Sobitxon Hoshimovich (1929.28.12, Toshkent) — tarixchi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), tarix fanlari Doktori (1971), professor (1972). Toshkent yuridik institutini tugatgan (1951). Toshkent politexnika institutida katta o’qituvchi (1954-64). Toshkent pedagogika institutida dotsent (1964-71), kafedra mudiri (1971-82), demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amalieti kafedrasi professor (1989 yildan). Toshkent viloyati pedagogika instituti rektori (1983-88). Asarlari O’zbekistonda tarix, madaniyat, ma’rifat, milliy g’oya, istiqlol mafkurasiga masalalariga bag’ishlangan. “O’zbekiston ziyolilari” (o’zbek va rus tillarida, T., 1972), “Siyosatshunoslik fanidan qo’llanma” (1992), “Prezident Islom Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asari milliy g’oya va ma’naviyat asoslari, politologiya fanida foydalanish uchun qo’llanma” (2001), “Ma’naviyat asoslari” (2003) va boshqa o’quv qo’llanmalari muallifi. As: Siyosatshunoslik lug’ati, T., 1993; Sotsiologiya asoslari, T., 2001.