ABIDOS
ABIDOS (Yunoniston, hozirgi Arabiston Arabat almadfunah) — qadimgi Misr davlatining eng ko’hna shahri va liniy markazlaridan biri. Afsonaga ko’ra, Abidosda Osiris o’ldirilgan va o’sha yerga dafn etilgan. O’rta podsholik davri (miloddan avvalgi 2 – ming yillik) da yer osti dunyosi xudolari, ayniqsa Osirisga sig’inish joyi bo’lgan. Shu munosabat bilan marhumni dafn etish, ziyorat qilish va marhumga bag’ishlangan yozuvlar bitish ayni o’sha shaharda udumga aylanib tarqalgan. Abidosda hozirgacha nekropol va ibodatxonalar saqlangan.