ABIOTIK OMILLAR haqida nimani bilasiz?
ABIOTIK OMILLAR, muhitning abiotik omillari (Yunoncha a — inkor qo’shimchasi va bios — hayot) — muhitning tirik organizmlarga ta’sir etuvchi noorganik omillari (iqlim, temperatura, namlik, radiasiya, tuproqning sho’rxokligi va boshqalar) majmui. Abiotik omillar kimyoviy (havo, suv, tuproq tarkibi), fizikaviy (quyosh va kosmik radiasiya, yorug’lik va issiqlikning taqsimlanishi, havo oqimlari gravitasiyasi, suv almashinuvi qonuniyatlari va hokazo) omillarga bulinadi. Tirik organizmlar turi, zoti yoki navining uz areali chegarasidagi soni va taqsimlanish darajasi organizmlarning yashashi uchun zarur hisoblangan, ammo eng kam miqdordagi cheklangan Abiotik omillarga bog’liq. Tirik organizmlar taraqqiyot jarayonida muhitning Abiotik omillar ta’siriga moslashib boradi. Omillardan ayrimlarining ortiqcha yoki kamligi tirik organizmlarning o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O‘xshash so‘zlar
- Abiotrofiya
- Abiotik оmillаr
- Abiotik omillar
- Abiotrofiya setchatki, to’r parda abiotrofiyasi tug’ma nuqsoni nima degani
- ABISSAL haqida nimani bilasiz?
- ABISSAL TEKISLIKLAR haqida nimani bilasiz?
- ABISSAL YOTQIZIQLAR haqida nimani bilasiz?
- ABISSINIYA haqida nimani bilasiz?











