Oligarxiya
Oligarxiya (Yunoncha oligarchia — ozchilik hokimiyati) — davlat boshqaruv shakli; unda siyosiy va iqtisodiy hukmronlik aristokratlar yoki boylarning kichik guruhi tomonidan amalga oshiriladi (masalan, moliya Oligarxiyasi). “Oligarxiya” termini dastlab yunon yozuvchilari (Aristotel, Polibiy) asarlarida aristokratiya tugatilishi oqibatida vujudga keladigan davlat tuzumi shaklini ifodalash uchun qo’llanilgan.