Oligoklaz
Oligoklaz (oligo… va Yunoncha Klasis — sinish, yorilish) — natriy-kaltsiyli dala shpatlari (plagioklazlar) guruhiga mansub minerallarning nordon xili. Tarkibi 10-30% anortit va 70— 90% albitning izomorf aralashma-sidan iborat. Triklin singoniyali. Tarkibida 5-25% anortit bo’lgan turi peristerit (Yunoncha peristera — kaptar; moviy rangiga ko’ra) deb ataladi. Oligoklaz — magmatik va metamorfik mineral turlariga kiradi.
O‘xshash so‘zlar
- Oligopoliya
- Oligosen
- Olim Usmon
- Olimjonov Anvar
- Olimjonov Hoshimjon
- Olimjonov Rahim Olimjonovich
- Olimov Hamidjon
- Olimov Sayfi


