Mug’anniy Safo

Mug’anniy Safo (taxallusi; asl ism-sharifi Olloberganov Safo; 1882, Xiva yaqinidagi Gandimiyon qishlog’i — 1940) — shoir, bastakorsozanda, ja- moat arbobi. Mehnat Qahramoni (1936). XXSR maorif nozirligida madaniyat boshqarmasi boshlig’i (1920-22), er- suv islohotini o’tkazish davrida er sho”basi raisi (1925-26), Urganch tu- mani ijroiya qo’mitasi raisi (1927— 28), Xorazm okrug teatrida rejissyor (1929-37); ayni paytda o’qituvchilik b-n shug’ullangan (1935— 37). Yoshlik kezlarida musiqa san’atiga qiziqib, zamonasining ko’zga ko’ringan sozanda va xonandalaridan tanbur, dutor va b. musiqa asboblarida kuy chalish hamda ashula aytishni o’rgangan. Komil Xoraz- miyaan ta’lim olgan. Sozandalik va xo- nandalik mahoratini oshirish b-n birga ustozi ta’sirida she’rlar ham yozgan. Xo- razm shoirlarining, shuningdek, o’zining she’rlariga kuy bastalagan. M.ning biz- ga qadar etib kelgan she’rlarida ma’ri- fatni ulug’lash, Xorazm axlining nurli kelajagiga umid, yoshlarni millat va va- tan baxtsaodati yo’lida ishlashga da’-vat ohanglari ustuvorlik qiladi. M. 1937 y. 28 avg.da “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinib, o’sha yilning 28 noyab.da 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va mustabid tuzumning lagerlaridan bi- rida vafot etgan. Naim Karimov.