Mullajonova Shoista Rubinovna

Mullajonova Shoista Rubinovna (1925.3.9, Dushanba) — opera xonan- dasi (lirik soprano), Tojikiston xalq artisti (1957). Nihoyatda keng nafasli, kuchli, ayni paytda o’ziga xos va yoqimli ovoz sohibasi. Moskva konservatori- yasini tugatgan (1953). 1941-43 y.lar (yana 1958 y.dan) tojik filarmoniyasida, 1944-58 y.lar tojik opera va balet te- atrida ishlagan. Eng yaxshi partiyalari: Mohim (Lenskiy, “Tohir va Zuhra”), Guluzor (Balasanyan, “Vose qo’zg’oloni”), Marfa (Rimskiy—Korsakov, “Shoh qaylig’i”), Gulchehra (u. Hojibekov, “Arshin mol-olon”) va b. M. tojik xalq qo’shiklari, Tojikiston va Uzbekiston kompozitorlarining asarlari va b. xalqlar qo’shiklarining mohir ijrochi- si sifatida tanilgan.