MULLAQANDOVLAR

MULLAQANDOVLAR — aka-uka maqomchi xonanda va sozandalar. Uzbe- kiston xalq artistlari (1936). Mixail Aronovich (1896—Samarqand — 1956). Ota Jalol Nosirov, Levina Hofiz bo- boxonovlardan maqomlarning cholg’u va ashula yo’llarini urgangan. Akalari Na- sim, Abo, Shalamo, manashi va ukasi ga- Briel M. b-n birgalikda maqom ijrochi- ligida tanilgan. Samarqanddagi turli madaniyat va teatr muassasalari (1923— 41 va 46-48), O’zbek davlat filarmo- niyasi (1941-46), Uzbekiston radiosi krshidagi o’zbek xalq cholg’ulari orke- stri (1949-52) da xonanda va sozanda (tanbur, doyra). Maqomlarning cholg’u va, ayniqsa, ashula yo’llarini mahorat b-n ijro etgan. U ijro etgan talqini Uzzol, Nasri Uzzol, Talqini Ushshoq, Nasri Ushshoq, Savti Kalon, Mo’g’ulchai Navo va b. murakkab ashula yo’llarini yu. Raja- biy notaga olib, Shashmaqom nashrlarida keltirgan. Repertuaridan o’zbek, tojik ashulalari keng urin olgan. Gabriel Aronovich (1900— Samarqand — 1971). Samarqanddagi Buxoro yahudiylari klubi (1921-23), O’zbek davlat musiqali tea- tri (1932— 35)da xonanda va sozanda (tor, tanbur, dutor, doyra), Samarqanddagi yahudiylar teatrida aktyor, xonanda va sozanda (1935-41), O’zbek davlat filar- moniyasida (1941-50) xonanda va sozan- da. Repertuaridan Samarqand Ushshog’i, Qo’qon Ushshog’i, Oromijon, Qashqarchai Buzruk, Iroq, Toshkent irog’i kabi maqom yo’llari b-n birga o’zbek bastakorlari ashulalari («Bebokcha», «Guluzorim» va b.), tojik («diliman», «xokistari dil» va b.), Ozarbayjon («Qurbon o’lam» va b.) ashulalari o’rin olgan.