Mullit

Mullit — 1) silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi doim bir xil emas (ZA12O3 – 2SiO2). Romb sin- goniyali. Qattiqligi 6-7; zichligi 3,2 g/ sm3. Erish t-rasi 1810°. Sof M. rangsiz; temir va titan oksidi qo’shilganlari pushti va ko’k rangda. M. A12O3 ning SiO2 b-n yagona birikmasidir; yukori t-para bardoshli. Tabiatda kam uchraydi. Tabiiy sharoitda yukori t-Rada kaolin va sillimanit guruhidagi minerallardan hosil bo’ladi. Mall (Mull, Shotlandiya) o.dagi to’rtlamchi davr lavalarida yuqori t-Rada erigan gilli qo’shimchalarda to- pilgan. Elektr pechlarda giltuprok va kvarsning, shuningdek, kianit, silli- manit va andaluzit aralashmasini eri- tib olinadi. O’zbekistonda M. Angren qo’ng’ir ko’mirkaolin konida uchraydi. U konda sodir bo’ladigan er osti yong’inlari (gliej) natijasida hosil bo’ladi; 2) sin- tetik M. olovbardosh material lar, chin- ni va b. tex. mahsulotlar olishda muhim qo’shilma hisoblanadi; elektr pechlarda alyuminiy silikatlarini eritib olina- Di.