Mullanafas Qodirberdi o’g’li

Mullanafas Qodirberdi o’g’li [1810, Seraxs yaqinida (xoz. Ashxobod viloyati) — 1862] — turkman shoiri, musiqachi. Madrasada taxsil olgan. In- soniy sevgi, mehr-muhabbat M. lirika- sining bosh mavzusi hisoblanadi. Asarlarida o’z davrining ilg’or ki- shisi sifatida ayollarni, ularning aklu zakovati, go’zalligi va samimiyligini aks ettirgan («Sevgilim», «kelaqol», «Unutma», «Durdaxonga» vab.). M. she’- riyati hayotiy voqealarga boy. She’rla- rida xalqning hayoti va urf-odatlari tasvirlangan. Ayrim she’rlari baxshi- lar repertuaridan yozib olingan. M.ning «Zuhra va Tohir» ijtimoiyromantik do- stoni mashhur. Sharqxalqlari o’rtasida mashhur syujet asosida yozilgan mazkur Doston turkman she’riyatining eng sal- mokli asarlaridan biridir. Bu Doston asosida musiqali drama va opera yaratil- gan. Asarlari o’zbek tiliga tarjima etil- gan, hofizlar repertuaridan o’rin olgan. Ad.: Kekilov A., Velikiy lirik, Ash- Xabad, 1963.