“Pilla-xolding”

“Pilla-xolding” — pillachi- lik sohasidagi xolding kompaniya. “P.- x.”O’zbekistondagi pilla xom ashyosi, ipak kalava ishlab chiqariladigan pil- lachilik korxonalari, ipak qurti tuxu- mi tayyorlanadigan z-dlar, ipak qurti naslchilik xo’jaliklari, xom pillani qabul qilish va dastlabki ishlov berish korxonalari, tutchilik xo’jaliklari, ipakchilik institutinj o’z ichiga olgan. O’zbekiston Respublikasi Preziden-ti- ning “Respublika pillachilik soxa-sini boshqarish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi farmoni (1998 y. 30 mart) va Vazirlar Mahkamasining “Respubli- kada pillachilik sohasini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga (1998 y. 3 apr.) ko’ra tashkil etilgan. O’zbekiston Respu- blikasi Prezidentining 2003 y. 22 dek. dagi farmoni b-n vazi-falari “Uzbek ipagi” uyushmasiga o’tka-zilib, tugatil- Di.