Vidduk nima?

Odatdagi ko’priklar daryo qirg’oqlarini tutashtiradi. Dara yoki jarlik ustidan o’tish uchun ko’prik namunasidagi temir yoki tosh inshootlar — ustiga avtomobil trassalari yoki temir yo’llar yotqizilgan ko’prikyo’llar quriladi. Ular esa viaduk deb ataladi. Shunisi ham borki, ularni qurish baland tuproq ko’tarmani tiklashdan ancha sur’atli bo’ladi va arzonga tushadi. Keng vodiy orqali avtomobil yo’llari qurilayotganda trassa uchun mashaqqatli bo’ladigan nishabliklar va ko’tarilishlardan qochib bo’lmaydi. Bunday paytlarda viaduklardan foydalanishni afzal ko’rishadi. Transport ularda tezlikni pasaytirmasdan harakatlanadi. Temir yo’l uchun esa — umuman birgina chora shu. Viaduklarni po’lat konstruktsiyalardan yoki toshdan qurishadi. Tryuyerdagi viaduk taniqli muhandis Eyfel tomonidan bunyod etilgan. U 120 metr balandlikda o’tkazilgan, uzunligi esa — 564 metr.