Vitraj nima?

Gotiy jome’lari, ba’zida aslzodalar koshonalarining derazalari ham yorug’lik o’tkazuvchi oynaning rux yoxud qalay ko’zlikka terilgan bo’lakchalari bilan bezatilar edi. Bular — vitrajlar. Ularda handasaviy, naqshli rasmlar bo’lar, biroq aksariyat hollarda diniy mavzudagi lavhalarni tasvirlashar edi. Amaliy san’atning ushbu murakkab turi o’zida yuksak badiylik va talabchan texnikani birlashtirgan. Basharti avvaliga oyna (yoki boshqa shaffof material) ni bo’laklashadi, so’ngra kuydirishadi va undan vitraj rasmlarini yig’ishadi, shundan keyin esa oxirgi o’yma tushirishni va qulom kataklar bilan birlashtirishni, shuningdek yoriqlarni berkitishni amalga oshirishadi. Buyuk musavvirlar ham bir talay jome’larni — ham mashhurlarini, ham nazardan chetroqdagilarini manzarali bezashga o’z hissalarini qo’shishgan. Har ikkala jahon urushi davrida ham qadimiy vitrajlarni ular otishmalar va bomba yog’dirishlardan zarar ko’rmasin deb yechib olishgandi. Bugungi kunda ham vitraj san’ati barhayot va u muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.