Mozaika necha yoshda?

Rangli sopol yoxud rangli toshlar bo’laklarini rasm yoinki naqsh tarzida yig’ish va ular bilan bino devori, poli, shiftini bezash mumkin. Mozaikali pannolar sement bilan yopishtiriladi, ular mustahkam va ancha vaqt turadigan bo’ladi. Mozaikada ishlatiladigan sopol taxtachag’iriq odatda to’rtburchak shakliga ega bo’ladi. Shuning uchun ham u pardozlash va amaliy san’atda rangli handasaviy rasmlar va naqshlar yaratishda muvaffaqiyatli ho’llanadi. Binobarin mozaika ko’pincha uylar fasadini va ularning ichkarisini bezab turadi. Pompey, qadimgi Yunonistonning bizga qadar saqlanib qolgan mozaikali pannolari ko’nglimizga antik turmush va san’at ruhini baxshida etadi. Afsuski, haykal va mozaika — bu, o’sha olis zamonlardan qolganlarning hammasidir. Antik davrning rasmlari ham, gobelenlari ham, hattoki freskalari ham saqlanib qolmagan.