Xlor nima?

Toza xlor — gaz hisoblanadi. Xlor — eng zaharli va, ayni paytda, eng foydali gazlardan biri! Tabiatda xlor xilma-xil birikmalar tarkibiga kiradi, masalan, xlorni kundalik osh tuzi tarkibida uchratishimiz mumkin (xlorli natriy). Sof xlor ilk marotaba 1774 yilda shved kimyogari Karl Sheyel tomonidan olingan. Hozirgi kunda uni elektr tokini osh tuzi eritmasi orkali o’tkazib, juda oson usulda olinadi. Birinchi jahon urushida dastlab qo’llanilgan zaharli gaz deyarli boshdan-oyoq toza xlordan tarkib topgan edi. Olmon qo’shinlari uni 1915 yilning 22 aprel kuni ishlatishgan edi. Har ikki tomon xlor birikmalaridan yaratilgan turli xil zaharlovchi gazlarni qo’llashadi. Ikkinchi jahon urushida esa har ikki tomon ham zaharlovchi gazlarning ulkan zaxirasiga ega bo’lsa-da, jangovar harakatlarda ulardan foydalanishmadi. Shuning barobarida xlor zaharli va xavfli bo’lishiga qaramasdan, u inson salomatligi uchun kurashda eng ishonchli vositalardan biridir. Ko’pgina gerbitsidlar va dezinfektsiya vositalari tarkibiga singdirilgan xlor mikroblarni yo’qotadi. Kichik shaharlarda suvni tozalash tizimlarida xlor bakteriyalarni yo’qotish uchun qo’llaniladi. Shuni aytish kerakki, suvning milliondan bir ulushini tozalash uchun xlordan to’rt-besh ulush qilib aralashtiriladi. Bu miqdor inson sog’lig’i uchun zararsiz, lekin suvdan xlor ta’mi kelib turadi. Xlorni sovutish va yuqori bosim yordamida suyuqlikka aylantirish mumkin. Suyuq xlorni metall idishlarda yoki maxsus tsisternalarda tashib olib boriladi. Xlordan devorlarni oqlash ishlarida yoxud oqlash uchun qo’llanadigan kukunlarni tayyorlashda foydalaniladi. Xlor aynissa qog’ozlarni oqartirish ishlarida keng qo’llanadi. Xlor, shuningdek, mushaklarni tayyorlash uchun kislorod va kaliy bilan birikmalar hosil qilishda, yoki gugurt ishlab chiqarishda ham ishlatiladi. Portlovchanlik xususiyatiga ega tozalash vositasi bo’lgan uglerod tetraxloridida ham xlor birikmasi mavjud. Ayrim bir xil yong’inni o’chirish vositalarini tayyorlashda ham xlorga zarurat seziladi. Bulardan tashqari, xlor zamonaviy antiseptika (yarani kimyoviy vositalar bilan zararsizlantirish) ning ham tarkibiga kiradi.