Sharlar nega uchadi?

Ayrim yengil narsalar suv yuziga qalqib chiqishini kuzatgansiz, sharlar ham xuddi shunday sabablarga ko’ra havoga parvoz qiladi. Ya’ni sharlar havoda shuning uchun ham uchadiki, ularning ichi havodan yengil bo’lgan gazlar bilan to’ldirilgan. Ixtiro qilingan ilk havo sharlari ichidagi havo qizdirilganidan keyin osmonga ko’tarilgan. Bu sharlar sovuq havodan ancha yengil bo’lgan qizdirilgan havo bilan ichi to’ldirilganligi uchun parvoz qila olgan edi. Qizdirilgan havo bilan to’ldirilgan ilk havo sharlarida 1783 yilda aka-uka Jozef va Eten Mongolfelar uchgan edilar. Shundan keyin sharlarni to’ldirish uchun havodan ancha yengil bo’lmish vodorod, keyin esa geliy gazlaridan foydalanila boshlandi. 1785 yilda ikki fransuz aeronavti — J. P. Blanshar va Jon Jefris havo sharida La-Mansh bo’g’ozi orqali uchib o’tishdi.