Norrish (Norrish) Ronald Jorj Reyford
Norrish (Norrish) Ronald Jorj Reyford (1897.9.1, Kembrij — 1978.7.6 ) — ingliz fizik-kimyogari. Kembrij universitet professor (1937 yildan). Asosiy ilmiy ishlari o’ta tezkor kimyoviy reaktsiyalarni impuls usullari bilan tadqiq qilishga oid. Yorug’lik nuri ta’sirida ketonlarning parchalanishini (Norrish reaktsiyasi) topgan (1936-38). J.Porter bilan hamkorlikda impulsli fotolizning birinchi qurilmasini yasagan (1950). Benzinga tetraetil-qo’rg’oshin qo’shilganda peroksidlar — spontan yonish markazlarining qaytarilishi natijasida detonatsiyaning yo’qolishini aniklagan. Nobel mukofoti laureati (1967, J.Porter va M. Eygen bilan hamkorlikda).