Nort (Nort) Duglas Sesil

Nort (Nort) Duglas Sesil (1920.05.11, Kembrij, Massachuseta shta- ti) — amerikalik iqtisodchi. Sietl (1960-83) va Sent-Luisdagi Vashington universiteti professor (1983 yildan). Nort Yevropa va AQSh iqtisodiy rivojlanishida institusional omillarning ahamiyatini tadqiq etgan. Institusional tuzilmalarning iqtisodiy bitimlar va harajatlar tavsifini belgilab berishini, alohida xo’jalik sub’yektlarining iqtisodiy faoliyatga kirishish imkoniyatlari va afzalliklari masalalarini asoslab berdi. Tarixiy hodisalarni o’rganishda iqtisodiy nazariya va miqdoriy usullarni qo’llash bo’yicha tadqiqotlari muhim o’rin tutadi. Nobel mukofoti laureati (1993; R.Foudjel bilan birgalikda).