TAYBEY
TAYBEY — Xitoydagi shahar. Tayvan orolining shimol qismida. Tayvan provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 2,64 million kishi (1999). Transport yo’llari tuguni. Xalqaro ahamiyatga ega 2 ta aeroporti bor. Taybey Szilun avanporti bilan birgalikda yagona sanoat kompleksini tashkil etadi. Taybey — orolning eng katta shahri va yirik sanoat markazi. Mashinasozlik (kemasozlik, radioelektronika), metallurgiya, kimyo, tsement, yog’ochsozlik, qog’oz, yengil va oziqovqat sanoatlari korxonalari mavjud. Xvakang, milliy saroy muzeylari, Chan Kayshi memoriali bor.