TAYKONAVT

TAYKONAVT (xitoycha taykup Kosmos) — Xitoyda kosmik parvozni amalga oshiradigan yoki kosmik kema ekipaji a’zosi sifatida qatnashadigan shaxs. Rossiya va boshqalar mamlakatlarda kosmonavt, Amerikada astronavt deb ataladi. Xitoyda birinchi Taykonavt 38 yoshli podpolkovnik Yan Livey bo’ldi. U 2003 yil 15 oktyabr kuni «Shenchjou5» («Muqaddas kema») kosmik kemasi (kk) da kosmosga parvoz qildi. U kosmosda 21 soatdan ko’p vaqt bo’lib, yer atrofini 14 marta aylanib chiqdi (600 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o’tdi). Yan Livey 17 oktabr kuni ertalab parashyut yordamida KKning tushirish apparatida sog’salomat ichki Mongoliya cho’llariga tushdi. U kosmosga parvoz qilgan 241-shaxs bo’ldi. Bu parvoz Xitoyning boshqariladigan kosmik parvozlar muhandislik dasturi (Se Minbo) ga asosan amalga oshirildi. Xitoylik Taykonavtning kosmosga muvaffaqiyatli parvozidan so’ng Xitoy ham Rossiya va AQSh dan keyin kosmik mamlakatlar safiga qo’shildi.