TAYM

TAYM (inglizcha time — vaqt) — to’p bilan o’ynaladigan sport o’yinlari (futbol, koptokli xokkey va boshqalar) da o’yin vaqtining bosqichi, bir qismi. Masalan, basketbol o’yini har biri 20 minutlik, futbol o’yini har biri 45 minutlik 2 Taymdan iborat.