TAYFUN

TAYFUN (xitoycha tay fin — katta shamol), tropik quyun — tinch okeanning Janubiy Sharqiy Osiyo va uzoq Sharq (shuningdek, Filippin orollari va ulardan Sharq tomonda joylashgan Guam orollari) da nihoyatda kuchli shamolli tropik tsiklonlarning mahalliy nomi. Tayfun ko’proq Yaponiya orollari, Xitoy qirg’oqlari, Koreya yarim oroli qirg’oqlarida yuz beradi; ba’zan uzoq. Sharqda Kamchatkagacha yetib keladi. Tezligi 30-50 kilometr/soat (ba’zan 100 kilometr/soat) gacha yetadi. Tayfun, ko’pincha, iyuldan oktabrgacha bo’ladi. Udengizda katta to’lqinlarni yuzaga keltiradi va 1000 millimetrga yetadigan yog’ingarchilik olib keladi. Sharqiy Osiyoning qirg’oq o’lkalarida Tayfun katta xarobaliklar, suv bosishi va boshqa falokatlarga sabab bo’ladi.