TAYSON MAYK JERALD

TAYSON MAYK JERALD (1966.30.6, Nyuyork) — professional bokschi, og’ir vaznda mutlaq jahon chempioni (1987— 1992). 1985 yildan professional boksga o’tdi, WBC (xalqaro boks komiteti) tasnifi bo’yicha og’ir vaznlilar orasida eng yosh jahon chempioni bo’ldi (1986). Tayson har bir uchrashuvni muddatidan oddin — nokaut bilan yakunlagani tufayli «temir Mayk» nomini oldi. Qonunni buzganligi uchun ozodlikdan mahrum etilganligi (1992, 1999), uning boks faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Tayson 2002 yilda jahon chempionligi uchun bo’lgan uchrashuvda Lennoks Lyuis (Buyuk Britaniya) ga yutqazdi.