TAYPIN QO’ZG’OLONI

TAYPIN QO’ZG’OLONI – Xitoydagi Tsin sulolasiga qarshi ko’tarilgan dehqonlarning eng yirik qo’zg’oloni (1850-64). Unga xun Syusyuan, Yan Syusin va boshqalar boshchilik qilgan. 1850 yil yozida Szintyan (Guansi viloyati)da boshlangan. Taypin qo’zg’oloni dastlab lokal xarakterga ega bo’lgan. Qo’zg’olonga puxta tayyorgarlik ko’rilgan, qat’iy intizomga bo’ysungan armiya tuzilgan. Qo’zg’olonchilar Yantszi vodiysida «samoviy mo’lko’llik davlati» («Taypin tyango») barpo etganlar. Markazi Nankin shahri bo’lgan (1853). Qo’zg’olonchilar soni 20— 30 mingdan 300-500 minggacha yetgan. Qo’zg’olon rahbarlari Xitoyda ishlab chiqarish.va iste’modda barchaning tengligiga asoslangan utopik agrar dasturni e’lon qilishgan. 1853 yil mayda qo’zg’olonchilar Pekinga yurish qilgan, biroq 1855 yil mayda ular hukumat qo’shini tomonidan tormor keltirilgan. 1853-56 yillarda Markaziy Xitoyda qo’zg’olonchilar g’alabaga erishib katta hududlarni egallashgan. Biroq 1856 yildan qo’zg’olon rahbarlari o’rtasida kelishmovchilik vujudga kelishi oqibatida qo’zg’olonchilar safi zaiflashgan. Tsin hukumati Angliya va Frantsiya yordamida 1864 yil qo’zg’olonni bostirgan.