Qanaqa sharqona shirinliklar bor?

Yong’oqholva — sharqona shirinliklarning vakillaridan biri. Bu shirinlik asal, shakar va karamel bilan qovurilgan o’rmon yong’og’i (yoki bodom). Aksariyat Yevropa tillarida va rus tilida «Nuga» sifatida qo’llanadigan bu so’z nucatum, ya’ni «yong’oq masallig’ida» degan ma’noni anglatadi. Bu qandolat mahsuloti, masalan, Fransiya janubidagi Montelimar shaharchasida ishlab chiqarilgan. Buning uchun bu yerda qayin g’urralari, pista yong’oq yoki bodomdan foydalanadilar. Karamel shinnisi (kozinaki)da pishirilgan yong’oqholva jigarrang va toshdekkina bo’ladi. Oq yong’oqholva (xosholva) — uni asal va tuxum sarig’idan pishirishadi — odatda qisir-qisir qatlamlari bilan dong taratgan. Darvoqe, sharqona shirinliklarning barcha retseptini sanab o’tishning iloji yo’q. Ammo shu narsa ma’lumki, — ular bolakaylarning ham, kattalarning ham birdek sevimli shirinligidir.