Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket

Qanday temperatura darajalari mavjud?

Amaliyot uchun yaroqli issiqlikni o’lchash uchun ilk termometr asboblarini 1714 yilda olmon fizigi Gabriel Daniel Farengeyt yaratdi. U simobli termometr yasab, buning uchun muz va tuz aralashmasining temperaturasini 0 darajada deb belgiladi, inson tanasining normal temperaturasini esa 96 daraja etib belgiladi. Bunday nisbatda suvning muzlash nustasi 32 darajadan biroz pastroq, qaynash nuqtasi esa 212 darajadan biroz pastroq edi. Farengeyt bu raqamlarni aniq qilib, 32 va 212 deb oldi, xuddi shu tuzatishlardan inson tanasining temperaturasi bu nisbat bo’yicha 98,6 darajaga teng edi. 1740 yillarda frantsuz tabiatshunosi Rene Antuan Reomyur muz erishining doimiy nuqtasi (10 daraja) va suvning qaynash nuqtasi (80 daraja) ga asoslangan spirtli termometrni taklif qildi. Muzning erishi bilan suvning qaynashi o’rtasidagi masofani Reomyur 80 qismga ajratib chiqdi. Deyarli u bilan bir vaqtda shved astronomi Anders Tselsiy simobli termometrni qo’llay boshladi, u muzning erishi va suvning qaynash nuqtalari oralig’ini 100 qismga bo’ldi. Quyi temperaturalarni o’lchashda noaniq miqdorga yo’l qo’ymaslik uchun u suvning muzlash nuqtasini 100 darajadan ziyod, qaynash nuqtasini esa ular hamisha erishib bo’lmaydigan narsalarni 0 daraja qilib belgiladi. Biroq issiqlikning ortib borishini o’sib boruvchi darajalar bilan ko’rsatish tabiiyroq edi. Shu sababli Tselsiy bir yildan keyin o’z termometri shkalasini teskari ag’darib, muzning erish darajasini 0 daraja, suvning qaynash darajasini esa 100 daraja qilib belgiladi. Xuddi shunday termometrlardan biz bugun ham foydalanamiz. Tselsiy shkalasi-nisbati aksariyat rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan. Biroq inglizlar Farengeyt shkalasini qabul qilishib, unga hozirgacha amal qilib kelmoqdalar. Inglizlarga “vorislik” tarzida bu shkala AQShda ham saqlanib qoldi, unga sobiq Angliya koloniyasi hisoblangan boshqa bir necha davlatlarda ham amal qilinadi. Reomyur shkalasiga kelsak, u yashab qolmadi. Taxminan 1860 yilda Kelvin lordi unvonini endigina olgan ingliz olimi Uilyam Tomson molekulalarning kinetik energiyasidan kelib chiqqan temperatura shkalasi nisbatini yaratishni taklif qildi. Tselsiy bo’yicha — 273 daraja (aniqrog’i — 273,16 daraja) da molekulalar nol 0 kinetik energiyaga ega bo’ladi. Hech bir moddani bundan ortiq sovutib bo’lmaydi. Demak, — 273 darajani “absolyut nol” daraja deb qabul qilsa bo’ladi. Lord Kelvin “absolyut nol” boshlang’ich nuqta qilib olingan, bo’linmalari esa Tselsiy darajalariga teng ravishda olingan shkalani taklif etdi. Buni “absolyut shkala”, yoki “Kelvin shkalasi” deb atashadi. Ma’lum bo’lishicha, olimlarga butun olamdagi temperatura o’zgarishlarida yuz beradigan barcha hodisalarni bayon qilishga boshqa barcha shkalalarga nisbatan bu shkala ancha qulaylik tug’dirar ekan. Har gal qanday temperatura haqida gap ketayotganligini farqlash uchun matnlarda daraja miqdoridan keyin quyidagi harflardan biri qo’yiladi: G’ (Farengeyt), K (Reomyur), K (Kelvin), S (Tselsiy), A (absolyut).

Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket