Qoraboyev Abdumo’min

Qoraboyev Abdumo’min (1947.1.12, Xovos tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2004). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1969). 1969 yildan Boyovut tumanidagi 40-maktabda matematika va chizmachilik fani o’qituvchisi, 1978 yildan Xovos tumanidagi 25-, 1998 yildan Yangiobod tumanidagi 2-maktabda matematika va informatika o’qituvchisi.