Qoraboyev Elboy

Qoraboyev Elboy (1917.15.5, Samarqand viloyati Ishtixon tumani Bahrin qishlog’i — 1989.23.8) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1941 yildan armiyada. 722-o’qchi polki (Voronej fronti 47-armiyaning 206-o’qchi diviziyasi) Avtomatchilar rotasi bo’linma komandiri. Qoraboyev 1943 yil 25 sentabrda Cherkassi viloyatining Kanaev tumanidagi pekari qishlog’i yaqinida birinchilardan bo’lib Dnepr daryosini kechib o’tishda va 7 noyabrda Studenes qishlog’i yaqinida bo’lgan jangda ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoni berilgan (1944.3.6). Urushdan keyin tutilgan qishlog’ida yashagan va ishlagan. Qishlog’ida byusti o’rnatilgan, o’rta maktab va shirkat xo’jaligiga nomi berilgan.