Qora metallurgiya

Qora metallurgiya – metallurgiya sanoatining sohalaridan biri. Domna, po’lat eritish, prokat Metallurgiyasi, metall buyumlar ishlab chiqarish, ruda xom ashyosini qazib olish, boyitish, maydalash, koks kimyosi ishlab chiqarishi, ferroqotishmalar va o’tga chidamli materiallar tayyorlash, noruda xom ashyo qazib olish va qora metallarni qayta eritish tarmoqlarini o’z ichiga oladi. Sovuqlayin yoki qizdirib ishlangan prokat, po’lat trubalar va metall buyumlar Qora metallurgiya mahsulotlarining muhim turlari hisoblanadi. Kishilik jamiyati taraqqiyotida mehnat qurollari va qurol-yarog’lar juda muhim ahamiyat kasb etgan. Ular, asosan, yog’och, suyak, tosh va temirdan tayyorlangan. Qora metallurgiya xalq xo’jaligining ko’pgina tarmoqlarini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Kimyo sanoati, rangli metallurgiya, qurilish materiallari sanoati mahsulotlari bilan birga qora metallar mashinasozlik va qurilishda asosiy konstruktsion material hisoblanadi. O’zbekistonda yetakchi mashinasozlik tarmoqlari ishlatadigan konstruktsion materiallarning umumiy hajmida qora metallar asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekistonda bir necha kichikroq temir konlari bor. Sanoat ahamiyatiga molik temir konlari — magmatogen genezisli, magnetit-gematit tarkibli surenota (Toshkent viloyati) hamda asosan titan-magnetitli Tebinbulok temir koni (Qoraqalpog’iston) shular jumlasidan. O’zbekistondagi temir konlari resurs lari: Jizzaxdagi temir koni — 150 million tonna, Surenota temir koni — 50 million tonna, Tebinbuloq temir koni — 100 million tonnadan ko’p. O’rta Osiyoda birinchi zamonaviy metallurgiya kombinati 1944 yil ishga tushirilgan. O’zbekiston metallurgiya sanoatida 500 ming tonnaga yaqin po’lat, 450 ming tonnaga yaqin tayyor prokat ishlab chiqariladi (2005).