Qoraboyeva Sofya Dusgaliyevna

Qoraboyeva Sofya Dusgaliyevna (1914.12.1, To’rtko’l — 1978.28.4, Nukus) — qoraqalpoq aktrisasi. O’zbekiston xalq artisti (1969). Moskva teatr san’ati institutining qoraqalpoq studiyasida ta’lim olgan (1934-35). 1939 yildan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat teatrida ishlagan. Milliylikka intilish, qahramonlari va hayotbaxsh his bilan sug’orish Qoraboyeva ijodiga xos. Vassa (M.Gorkiy, «Vassa Jeleznova»), Maysara (Hamza, «Maysaraning ishi»), Marfa Petrovna (K.Simonov, «rus kishilari»), ona (E.Rannet, «daydi o’g’il»), biy- binur (N.Dovqoraev, V.Shafrannikov, «Alpomish»), Oymereke (J.Oymurzaev, O.Xalimov, «Oygul va obot»), Oqsuluv (A.Shomurotov va I.Yusupov, «Qirq qiz»), Oybike (S.Xo’janiyozov, «Taluas»), To’lg’anoy (Ch.Aytmatov, «Momo yer») kabi turli xarakterdagi rollar talqini bilan tanilgan.