ALLIL XLORID

ALLIL XLORID, 3-xlorpropen-1, SN2=SN—SN2S1 — o’tkir hidli, rangsiz suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi 134,5°, qaynash temperaturasi 45 gramm. Allil xlorid suvda deyarli erimaydi. Oddiy organik erituvchilar bilan har xil nisbatda aralashaveradi, suv, spirt va chumoli kislota bilan azeotrope aralashma hosil qiladi. Allil xlorid o’rin olish, birikish reaktsiyalariga yaxshi kirishadi. Propilenni 500-550° da xlorlash yo’li bilan olinadi. Allil xlorid glitserin, doridarmonlar, ba’zi plastmassalar va yelimlar olishda ishlatiladi.