ALLOMETRIYA
ALLOMETRIYA (Yunoncha allos — boshqa, yot, metros — o’lchov, mezon) — individual rivojlanishning turli bosqichlarida tana a’zolarining nomutanosib o’sishi. Manfiy (biror a’zo, masalan, yosh bola kallasining sekin o’sishi) va musbat Allometriya (jadal o’sish) farq qilinadi. Allometriya turli a’zolar va tana qismlari o’sish sur’atining o’zgarishida namoyon bo’ladi.