Olgin
Olgin — Kubadagi shahar. Olgin provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 245 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Avtomobil yo’llari tuguni. Rivojlangan qishloq xo’jalik rayonining savdo-sanoat markazi. Kombayn zavodi, tamaki, yog’ochsozlik, to’qimachilik, ko’n-poyabzal sanoati korxonalari bor. Rezina-texnika buyumlari, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Olginda yirik tibbiyot majmuasi qurilgan. Shaharga 1523 yilda asos solingan.
O‘xshash so‘zlar
- Oligofreniya
- Oligofrenopedagogika
- Oligoklaz
- Oligopoliya
- Oligosen
- Olim Usmon
- Olimjonov Anvar
- Olimjonov Hoshimjon











