Jimitday hasharotlarning yuragi va o’pkasi, asabi va miyasi borligiga ishonish qiyin. Aslida hammasi shunday. Boshidagi katta asab markazi hasharotlarning miyasidir. U sezgi qabul qiladi va mushaklarini harakatga keltirish uchun signal beradi. Bu ko’z ochib yumguncha ro’y beradi, chunki hasharotlarning barcha harakati «avtomatlashgan». Hasharotlarning qoni odamnikidek qizil emas. U qonga qizil rang beruvchi kislorod tashimaydi. Hasharotlarning yuragi — teri tagida joylashgan, butun tanasi bo’ylab o’tgan uzun nayning bir qismidir. Nay miyasiga kelib birikkan. Bu nayning uzunasi bo’ylab klapanli jimitday teshiklar mavjud. Qon yuragiga ana shu teshiklar orqali keladi. Yurak kichrayganda qonni o’ziga tomon oqishga majbur etadi. Qon boshda miyani yuvib turadi va organizm bo’ylab orqaga yoyiladi. Qon orqaga harakatlanayotganda ham tana a’zolariga, mushaklarga va asab sistemasiga kiradi. U o’zi bilan singigan ovqatni olib keladi va ovqat qoldiqlarini olib chiqadi. Siz bir necha tur hasharotlarning yuragini kuzatishingiz mumkin. Agar siz kuzgi kapalak qurtiga, mayda pashsha lichinkasi yoki kapalakqurtga diqqat qilsangiz, yelkasi bo’ylab o’tgan nayni va uning qanday urayotganini ko’rishingiz mumkin. Ayni chog’da hasharot issiq bo’lsa yuragi tez, sovuq bo’lsa sekin urayotganini ham bilib olasiz. Hasharotlarning kuchi haqidagi dalillar ham o’ta qiziharli. Agar siz ularning kichkinaligini e’tiborga olsangiz, ular behad kuchli ekaniga amin bo’lasiz. Buning sababi ularning juda kuchli mushaklarga egaligida. Odamning 800, chigirtkaning taxminan 900 ta mushagi bor!

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
