Qizilishtonning daraxtni to’q-to’qlatib o’yayotganini ko’rganimizda, ko’pchiligimiz u ozor beryapti, deb o’ylaymiz. Afsuski, buning hammasi aksincha. Qizilishton bu harakati bilan daraxtning o’sishiga yordam beradi. Qizilishton daraxtlarda yashaydigan qush. Ular ovqatini ham daraxtlardan topadi. Daraxt po’sti tagiga qo’ng’iz va hasharotlar bekinib olgan bo’ladi. Ular faqat tashqaridan ko’rinmaydi. Qizilishton aynan hasharotlar bor joyni o’yadi va ularni yeydi. Ko’p hollarda bu hasharotlar daraxtlar uchun zararli bo’ladi. Qizilishton daraxt ichidagi hasharotlar o’rnashgan joygacha qanday teshib boradi? Iskana kabi o’tkir va kuchli tumshug’iga bu muammo emas. Qizilishtonning tili juda g’alati. Ayrim turlarining tili boshidan ko’ra ikki hissa uzun. Til kesimi aylana, uchi qattiq va chetlarida mayda tishlari bor. Tili tumshug’ida buralib joylashadi. Qizilishton hasharotni daraxtdan tutganda, u tilini teshigiga qadar tiqa oladi. Qizilishton faqatgina ko’klab turgan daraxtlarni o’yib qolmaydi. U o’zining iskana-tumshug’idan qurigan daraxtlarni o’yishda ham foydalanadi. Qizilishton shu yerda o’ziga uya yasaydi. Ba’zi hollarda ular go’yo kirib-chiqishga mo’ljallagandek, ikkita teshik qiladi. Ikkinchi teshik qizilishtonlarning uyasiga chaqirilmagan mehmon kelib qolganda, qochib ketishiga imkon beradi.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
