1 oktabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT – Xalqaro qariyalar kuni.
?? YUNESKO – Xalqaro musiqa kuni.
? Butunjahon shokolod va kakao kuni.
? Xalqaro Afrika diasporasi kuni.
? Xalqaro balet kuni.
? Xalqaro kofe kuni.
? Butunjahon vegetarianlik kuni.
? Gerontologlar kuni.
? Pochta otkitkasi tug‘ilgan kun.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? O’zbekiston – O’qituvchilar va murabbiylar kuni.
?? AQSh – Turli avlod vakillari kuni, Qora itlar kuni.
?? Palau – Mustaqillik kuni.
?? Avstriya – Qahva kuni.
?? Boliviya – Daraxt o‘tqazish kuni.
?? Janubiy Koreya – Qurolli kuchlar kuni.
?? Germaniya – Hosil bayrami.
?? Finlandiya – Boltiq selyodkasi kuni.
?? Estoniya – Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish kuni.
?? JAR – Bobolar va buvilar kuni.
?? Kamerun – Birlashish kuni.
?? Kipr – Mustaqillik kuni.
?? Lyuksemburg – Otalar kuni.
?? Nigeriya – Mustaqillik kuni.
?? Ozarbayjon – Prokuratura xodimlari kuni.
?? Buyuk Britaniya – Bobolar va buvilar kuni.
?? Qirg‘iziston – Ta‘lim sohasi xodimlari kuni.
?? Qozog‘iston, ?? Tojikiston – O‘qituvchilar kuni.
?? Rossiya – Quruqlik qo‘shinlari kuni, O‘qituvchilar kuni.
?? Tojikiston – Qariyalar kuni.
?? Tuvalu – Tuvalu kuni.
?? Ukraina – Faxriylar kuni, Ukraina himoyachilari kuni.
?? Xitoy – XXR tashkil topgan kun.
?? Shri -Lanka, ?? Salvador, ?? Gvatemala – Bolalarni himoya qilish kuni.

? 1-OKTABRDA SODIR BO‘LGAN VOQEALAR:

  • mil. avv. 331 – Aleksandr Makedonskiy Ahamoniylar davlatini bosib oldi.
  • 1764 – Kanadadagi harbiy boshqaruv fuqarolik qonunlari bilan almashtirildi.
  • 1795 – Avstriya Gollandiyasi (kelgusi Belgiya) Fransiyaga qo’shib olindi.
  • 1869 – Venada birinchi otkrikartalar chiqarildi.
  • 1895 – Madagaskar Fransiya tomonidan egallandi.
  • 1918 – Xiva xoni Asfandiyorxon (1910-1918) Junaidxonning o‘g‘li Eshim boshchiligidagi suiqasdchilar guruhi tomonidan o‘z saroyida pichoqlab o‘ldirildi.
  • 1918 – Tuvalu mustaqillikka erishdi.
  • 1924 – Butunbuxoro MIK qarori bilan BXSRda ma’muriy-hududiy bo’linish qayta o‘tkazilib, viloyatlar o‘rnida 5ta okrug tashkil qilindi. Okruglar o‘z navbatida 15 viloyat, 48 tuman, 195 kent va ko‘plab qishloqlarga bo‘lindi.
  • 1929 – SSSR Revolyutsiya taqvimiga o‘tdi.
  • 1940 – Finlyandiya Germaniya bilan ittifoq shartnomasini imzoladi.
  • 1946 – Nyurnberg sud jarayoni yakunlandi.
  • 1949 – Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topdi.
  • 1960 – Nigeriya mustaqillikka erishdi (ilgari Buyuk Britaniya protektorati bo’lgan).
  • 1964 – Yaponiyada dunyodagi birinchi tezyurar temir yo‘l – Tokaydo Shinkansen foydalanishga topshirildi.
  • 1971 – Toshkent islom instituti tashkil topdi.
  • 1977 – Pele o’zining oxirgi o‘yinini o‘tkazdi.
  • 1979 – Panama kanali zonasi Panama yurisdiksiyasiga o’tkazildi.
  • 1983 – G’afur G’ulom uy-muzeyi ochildi.
  • 1988 – Estoniya xalq fronti tuzildi.
  • 1991 – Portugalyaning Portu shahrida o’tkazilgan pianinochilarning xalqaro tanlovida O’zbekistonlik yosh musiqachi Ulug’bek Polvonov ushbu ko’rik sovrindori bo’ldi.
  • 1992 – Litvada yangi valyuta – lit muomalaga kiritildi.
  • 1994 – Palau Respublikasi AQSh bilan «erkin uyushma» doirasida mustaqillikka ega boʻldi.
  • 2000 – o‘zbekistonlik bokschi Muhammadqodir Abdullayev boks bo‘yicha XXVII yozgi Olimpiada chempioni bo‘ldi.
  • 2014 – Toshkentda Minor masjidi Qurbon hayiti kuni ochildi. Masjid 2400 dan ortiq namozxonga mo‘ljallangan.
  • 2017 – Kataloniya mustaqilligi uchun referendum o‘tkazildi.
  • 2017 – Las-Vegasda otishma – Qo’shma Shtatlardagi eng ommaviy qotilliklardan biri (59 qurbon).
  • 2022 – Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi: Ukraina qo’shinlari may oyining boy beriogan Donetsk viloyatidagi Limanni ozod qildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1207 – Genrix III (1272) – Angliya qiroli (1216-1272).
  • 1754 – Pavel I (1801 yilda o’ldirilgan) – Rossiya imperatori (1796-1801).
  • 1881 – Uilyam Boing (1956) – amerikalik aviakonstruktor, Boeing kompaniyasi asoschisi.
  • 1895 – Liakat Ali Xon (1951) – Pokiston davlat va siyosat arbobi. Pokiston davlatini barpo etish harakati rahbarlaridan biri, huquqshunos.
  • 1912 – Gumilyov Lev Nikolayevich (1992) – atoqli rus olimi, faylasuf va tarixchi.
  • 1914 – Lev Olshanskiy (1995) – sovet futbolchisi, hujumchi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.
  • 1924 – Jimmi Karter –  AQSh ning 39-prezidenti (1977-1981), Nobel mukofoti sovrindori (2002).
  • 1945 – Ram Nath Kovind – hind davlat arbobi, 14-chi Hindiston prezidenti (2017 yildan).
  • 1956 – Tereza Mey – britaniyalik siyosatchi, Buyuk Britaniyaning 76-bosh vaziri (2016-2019).
  • 1959 – Dilorom Omonullayeva – kompozitor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi.
  • 1960 – Halima Ahmedova – taniqli shoira.
  • 1964 – Qahramon Ergashev – oʻzbek siyosatchisi. Oʻzbekiston Respublikasi OliyMajlisi Qonunchilik palatasi deputati.
  • 1966 – Jorj Vey – liberiyalik futbolchi va siyosatchi, Liberiya prezidenti (2018 yildan).
  • 1972 – Leyla Hotamiy – eronlik aktrisa.
  • 1975 – Chulpan Xamatova – teatr va kino aktrisasi, jamoat arbobi, Rossiya xalq artisti.
  • 1986 – Jerni Smollett – amerikalik aktrisa.
  • 1989 – Brie Larson – amerikalik kinoaktrisa va filmmeyker.
  • 1993 – İlay Erkök – turk aktrisasi.