1-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

  1. Bu davlatni <<Etnograf uchun jannat, har qanday hukumat uchun haqiqiy jahannam> deb atashadi. Mamlakatning bosh shiori esa-<Yu-mi van-pela pipal>dir. Savol: Gap qaysi mamlakat haqida ketmoqda?
    Javob: Papua Yangi Gvineyasi

2. Dangasalar ikki turga bo’linadi . Biri oz nomiga haqli dangasalar bo’lsa, boshqa turdagi dangasalar aslida dangasa emas . Lekin bir omil sabab ish qilishga toblari yo’q. Siz omilni aytib bering?
Javob: Ular dangasa emaslar aslida . Lekin bir ish qilish oldidan judayam ko’p o’ylashadi .. Bunchalik o’ylangandan keyin ishga bo’lgan ishtiyoq yo’qoladi ..

3. Non Xamiriga xamir turush qo’shilishi sir emas . Aytingchi, xamirturush o’ylab topilmasidan oldin, momolarimiz non xamiriga xamirturush o’rniga nima ishlatilgan ?
Javob: achigan xamir qo’shishgan

4. Ular ravoqsimon, qanotsimon, gumbazsimon bo’lib, uzunligi yarim km.gacha etadi.
Siz uning eng katta qurbonini ayting?

Javob: Titanik. Gap aysberg haqida edi

5. Bepoyon jazirama cho‘ldagi yashovchi badaviylar uchun bu rang muqaddas rang, baxt va go‘zallik rangi, jannat rangidir.
Javob: yashil

6. Bu yerda qizil zarang o‘sadi. Uning barglari kuzda shunday yorqin tusga kiradiki,
daraxt go‘yo lovullab yonayotgan mash’alani eslatadi. Bu qaysi mamlakat?

Javob: Kanada

7. Falesning shunday iborasi bor: «Yulduzlar aqlsizlarni boshqaradi, oqillar esa ularni
boshqaradi». Oqillar nimani boshqaradi?

Javob: yulduzlarni

8. Turkiyaning ayrim qishloqlarida hozirgi kunga qadar qiz kuyovning haqiqiy yigit ekanligini ko‘rsatish maqsadida uning eshigi oldida ko‘pchilikni yig‘ib unga nisbatan bir ishni qiladi. Nima qiladi?
Javob: soqolini oladi

9. Tog‘ay Murodning «Oydinda yurgan odamlar» asarida u shunday ta’riflanadi: «U- elimiz ta’rixi. Unda elimiz kechirmish hayitlari bor, fojialari bor. U-qo‘shiq, elimizning azaliy ham so‘ngsiz qo‘shig‘i» gap nima haqida ?
Javob: atlas

10. Yo’l harakati qoidalari avtomobillar ixtirolar ixtirosidan ancha oldin ham bo’lganiga ishonasizmi? Hatto Yuliy Sezar davrida ham bunday qonunlar bo’lgan. Agar Sezar qonunlari hozir ham o’z kuchida bo’lganda, juda ko’pchilik haydovchilar nafaqat avtomobil, velosiped ham hayday olmasdi. Bir daqiqadan so’ng, Sezar qonunida nima taqiqlanganini topib aytasiz?
Javob: ayollarga haydash taqiqlangan

11. Aleksandr Dyuma, Pirimqul Qodirov, Jek London, Anton Pavlovich Chexov, Remark, Morua va bir o’zbek xalq ertagi. Hurmatli bilimdonlar, bir so’z bilan aytingchi, yuqoridagilarni qaysi so’z birlashtiradi?
Javob: 3 raqami

12. 1820 yili Londondagi bir parkda qurib qolgan bir daraxtni rasman kesish marosimi bo’lib o’tgan. Juda ko’p jurnalistlarni ham bu marosim befarq qoldirmagan. Aytingchi, bu qanday karomatli daraxt edi?
Javob: olma daraxti. Nyutonning boshiga tushgan

13. Gar o’tloqa qo’ysang oyoq
Kallang ketar shu ondayoq
Bu so’zlar qaysi filmdan olingan?

Javob: bo’yoqchi makar

14. 1⃣. Polsha davlati pul birligi qanday ataladi?

2⃣. Angliyada ochilgan mashhur “Globus” teatrining asoschisi kim bo’lgan?

3⃣. Katakana va xiragana alifbolaridan qaysi millat foydalanadi?
Javob:
1⃣. Zlatiy
2⃣. Shekspir
3⃣. Yapon

15. Taksi 2 ta yo’lovchini yo’lda olib ketarkan, yo’lidan bita bola chiqibdi taksi haydovchisi Bu mani og’lim lekin man uni otasi emasman U Kim?
Javob: Taksi haydovchisi ayol kishi bo’ladi
U bolani onasi.

16. Qaysi hayvonning yoki qush(parranda) ning ovozi aks-sado bo’lmaydi?
Javob: o’rdak

17. Eng yirik va baquvvat qushlardan biri bo‘lgan bu qush qadim zamonlardan buyon
go‘zallik va sevgi, poklik va nafislik ramzi hisoblanadi. Bu qush xalq rivoyatlari va ertaklarida
ko‘p kuylangan. Qadimgi rivoyatlardan birida bu ajoyib go‘zal qush o‘z o‘limi oldidan qo‘shiq
kuylashi haqida hikoya qilinadi. Bu qaysi qush?

Javob: Oqqush

18. Dunyoda turli fanlar ko‘p va ularning barchasi nimanidir o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Shu fanlarning ichida onomastika deb nomlangan fan bor. Ho‘sh, onomastika nimani o‘rganadi?

Javob: Nomshunoslik

19. Yer sharining xamma joyida tarqalgan bu baliq xovuz va ko‘llarda yashaydi. Uning nomi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «ko‘p bolalovchi», «serurug‘» degan ma’nolarni bildiradi. Yunonlar bu baliqni bejiz bunday nomlashmagan, xaqiqatdan xam bu baliq nixoyatda ko‘p bolalaydi. Bu baliqning nomi nima?
Javob: krap

20. Tuyaqush tuxumlarini erkagi va urg‘ochisi navbat bilan bosib yotadi. Odatda urg‘ochilari kunduzlari, erkaklari kechqurun tuxum bosadi. Nima uchun shunday?
Javob: Chunki urg‘ochi tuyaqushning pati cho‘l manzarasiga mos kulrang qo‘ng‘ir bo‘lganidan ochiq joyda uzoqdan ko‘zga tashlanmaydi. Erkak tuyaqushlarning pati qora, faqat qanotlari va dumlari uchida patlari oq bo‘lib, qorong‘i tunda ko‘zga ko‘rinmaydi.

21. Bu davlatdan bo‘lgan shoira o‘z davlati haqida shunday yozgan edi: «Mo‘jaz o‘lkam mening bamisoli Qahraboning zarrin tomchisi». Chindan ham bu o‘lkani qahrabo o‘lkasi deyishadi. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Litva

22. Rivoyat qilishlaricha: <Kishining qalbida to’rt gavhar bo’lib, bu to’rt gavharning to’rtta dushmani ham bo’ladi.
Birinchisi-aql gavhari.
Ikkinchisi-ilm gavhari.
Uchinchisi-qanoat gavhari
To’rtinchisi-sahiylik gavhar>.
Agar hikmat tushunarli bo’lsa siz bu to’rt gavharning to’rtta dushmanini toping?

Javob: 1-G’azab
2-Takabburlik
3-Xirs
4-Ta’ma
Manba: <Bahr al-ulum> asari.

23. Titanik superlayneri suvga g’arq bo’lgan yilda qaysi davlat rahbari tavallud topdi …?
Javob: Shimoliy Koreya (KXDR) asoschisi Kim Ir Sen

24. Tohir Malikning Shaytanat romanida, otasi pionsta bolishiga qaramasdan mafiya olami yetakchisiga aylangan inson kim edi?
Javob: Xongrey

25. Yer yuzidagi turli xalqlarda yigitlar erkaklar qatoriga o’tishi-erkak hisoblanishi uchun turli g’ayritabiiy sinovlardan o’tishi kerak. Avstraliyaning Qamilaroy qabilasida dastlabki sinov yigitlarning tishini qoqib olishdan iborat ekan. Qoqib olingan tish qo’ldan-qo’lga uzatilib qishloqlardan olib o’tilarkan. U yigitning mahsus sinovdan o’tayotganligini uning qarindoshlari va begonalarga shu tarzda bildirilarkan. So’ngra tish yerga ko’milarkan. Savol: Tish nima uchun yerga ko’miladi va buning ma’nosi nima?
Javob: Bu ramziy marosim: go’yo yigit o’lgan-u, uni dafn qilishmoqda…

26. Bu davlatning nomi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib «suv o‘rtasidagi quruqlik,orol»
degan ma’nolarni bildiradi. Bu davlatning nomi nima?

Javob: Jazoir

27. 1⃣. “Tristan va Izolda” ritsarlik romani qaysi millatga tegishli?

2⃣. Marokash davlatining pul birligi nima?

3⃣.Mendeleev davriy jadvalidagi 20-element qanday nomlanadi?
Javob:
1⃣. Fransiya

2⃣. Dirxam

3⃣. Kaltsiy

28. «Qizil qoshlilar» g’alayoni qaysi sulolaga qarshi ko’tarilgan?
Javob: Xan

29. Yunonlarning sovuti qaysi mahsulotlardan yasalgan?
Javob Bronza va teridan

30. Krit orolida vujudga kelgan svilizatsiya qanday ataladi?
Javob: Minoy svilizatsiyasi.

31. 15 marotaba «Stratek» lavozimiga saylangan odam kim?
Javob: Perikl

32. Afinanning asosiy portiga aylangan bandargohni ayting?
Javob: Pirey

33. Beshyuzlar kengashi qanday masalalarni hal qilgan?
Javob: Kundalik joriy masalalar

34. O’g’lining mangu, barhayot bo’lishini istagan onasi Axillesni qaysi daryoga botirib oladi?
Javob: Stiks daryosi

35. «Samoviy» nomini olgan va Xitoy hukumdorlarini qiziqishiga sazovor bo’lgan narsa nima?
Javob: Farg’ona otlari

36. Rim armiyasida qanday nomdagi himoya qalqoni yuzaga keltirish odat bo’lgan?
Javob: Toshbaqa

37. 1⃣. Lotinchasiga “Kasalmand, ojiz” so’zi qanday aytiladi?

2⃣. Qon tomir tizimining eng yirik arteriyasi qanday ataladi?

3⃣.Buxoroda mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi qo‘zg‘olonning rahbari bo‘lgan hunarmand kim?
Javob. 1⃣. Invalid

2⃣. Aorta

3⃣. Mahmud Torobiy

38. Arabchadan “Dengizlar hukmdori” degan ma’noni anglatuvchi xalqaro atamani ayting?
Javob: Admiral

39. Bu Italiyalik futbolchi Formula-1 bahslarining ilk chempioni hisoblanadi. Bu kim?
Javob: Nino Farino

40. Chingiz Aytmatovning «Oq Kema» asaridagi oq kema nimaning ramziy sanaladi?
Javob: diydor ramzi

41. U ko’rinishidan judayam mehribon,
Mehnatkash insonday korinardi…
Hatto bu hislati bn boshlig’ini konglini ovlashga ham ulgurgan ….
Biroq o’ta ketgan darajada ikkiyuzlamachi, va laganbardor odam …
Diqqat savol bu obraz qaysi hikoyadan olingan va u kim?

Javob: Qoplondagi … Qurbonboy obrazi

42. Musulmon ayollar paranji yopinganda yuziga tutadigan ot qilidan tayyorlanadigan to’rsiman parda nima deyiladi?
Javob: Chachvon, Chimmat

43. “Toyota Motors” korporatsiyasining Shimoliy Amerika bo‘linmasi qanday nom bilan ataladi?
Javob: Lexus

44. Sherali Jo’rayev tomonidan ijro etilgan “Karvon ko’rdim” qo’shig’ining so’zlari qaysi shoir qalamiga mansub?
Javob: Usmon Azim

45. Fransiyaning Ruan shahrida 1431 yili gulxanda kuydirilgan mashhur jasur sarkarda kim edi?
Javob: Janna D’Ark

46. U qadimgi Rimda ixtiro qilingan. Arxeologik materiallarga qaraganda, dastlab paypoq yoki boshmoq shaklida qamishdan to‘qib tayyorlangan, keyinchalik ilmoqli temir plastinkachalarni arqon yoki qayish bilan bog‘lab qo‘yilgan. U nima?
Javob: Taqa

47. Bu butun jahonni o‘z qobiliyati va iste’dodi bilan zabt eta olgan buyuk ijodkor roppa rosa 56 yoshida, ya’ni o‘zining tug‘ilgan kunida vafot etgan. U kim?
Javob: Villiam Shekspir

48. Bu so‘z Italiyada to‘rt yuz yil muqaddam paydo bo‘lgan. Yetimlar yashaydigan bolalar uylari shunday nomlangan. Bu uylarda yetimlarni etik tikishga, devorlarni bo‘yashga, shuningdek musiqa asboblarini chalish va qo‘shiq aytishni o‘rgatishgan. Ushbu uylar qanday nomlangan?
Javob: Konservatoriyalar

49. Bu hayvon nomining tarjimasi mahalliy qabilalardan birining tilida «ichmaydi» degan ma’noni bildiradi. Bu hayvon haqiqatdan ham suv ichmaydi. Evkalipt barglari tarkibidagi suv uning uchun kifoya. Bu qaysi hayvon?
Javob: Koala

50. U narsani biz deyarli har kuni ko‘ramiz. U haqidagi birinchi ma’lumotlar 1254 yilda ma’lum bo‘la boshladi. Lekin uning ilk ko‘rinishlari metalli bo‘lib, u bronzaga sayqal berish yo‘li bilan tayyorlangan. U nima?
Javob: ko’zgu

51. Bu so‘z yunon tilidan olingan bo‘lib, u «oyoq uchida yuraman», «yuqoriga chiqaman» degan ma’nolarni anglatadi. Bu tsirk san’atining alifbosidir. U nima?
Javob: Akrobatika

52. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassalam aytganlar: «U bamisoli Allohning yerdagi bayrog‘idir. Qachonki biror bandasiga yomonlikni iroda qilsa, uning bo‘yniga shu bayrog‘ini ilib qo‘yadi». U nima?
Javob: Qarz

53. U qadimdan inson xayotining qaqshatqich, ayovsiz va qutulib bo‘lmas yo‘ldoshi bo‘lib kelgan. Shu bilan bir qatorda u falokatning elchisi, inson organizmining sadoqatli va sezgir ximoyachisidir. Ammo u me’yoridan o‘tgach, uning ximoyaviy kuchi butun organizm uchun falokat qudratiga aylanadi. U nima?
Javob: Og’riq

54. Tibbiyotda juda keng ishlatiladigan bu so‘zning asl ma’nosi «quritilgan» degan ma’noni bildiradi. U inson organizmining asosi bo‘lib xisoblanadi. Bu qanday so‘z?
Javob: Skelet

55. Rimning butun uzoq tarixi davomida ko‘zoynaklar bor yo‘g‘i bir martagina tayyorlangan, aniqrog‘i ko‘zoynaklar emas, bittagina oynak – monokl. Va uni shishadan emas, zumraddan yasashgan. Mana shu zumrad orqali ikkinchi ko‘zini yopib turgan xolda bu uzoqni yaxshi ko‘ra olmaydigan inson gladiatorlar jangini kuzatar edi. U kim edi?
Javob: Neron

56. «Ruslarning eng buyuk baxtsizligi uning tug’ilganligi edi, lekin ularning navbatdagi baxtsizligi uning o’limi bo’ldi» (Uinston Cherchil) Savol: Cherchill kimga ta’rif bergan?
Javob: Lenin

57. Kekchi rafiqasi Geraning bazi qiliqlaridan bezor bo’lgan Zevs uni yer bn osmon o’rtasiga osib qo’yadi va «u» bilan uch kechayu uch kunduz savalaydi. Savol: u nima?
Javob: chaqmoq

58. Fransuz olimi Lamartinning fikricha: «Agar kishining buyukligi uning qilgan ishlariga, qozongan g’alabalariga, imkoniyati oz bo’lsada, ko’p ish qilganiga qarab baholanadigan bo’lsa, X insonlarning eng buyugidir» Savol: Kim?
Javob: Muhammad (S.A.V)

59. Bu «uycha» ga kirgan odam yo boy bo’lib yo kambag’al bo’lib chiqadi. Savol:Uychaning asl nomi nima?
Javob: Kambag’al

60. Ular «yurmoqdan ko’ra o’tirmoq», «uyg’oq bo’lmoqdan ko’ra uxlamoq afzal», yashamoqdan ko’ra o’lim yaxshi» degan naqlga amal qiladilar. Savol: Ular kimlar?
Javob: Buddistlar

61. Misrliklar etiqodicha hayot undan boshlanadi, usiz hech qanday hayot yo’q deb bilishgan va u haqida qanchadan qancha rivoyat va afsonalar yaratishgan. Savol: U nima?
Javob: Nil suvi

62. «…Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida bir-biriga juda o’xshaydi. Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag’ishlanadi aziz Onajonlar!» Savol: Qaysi asar epigrafi?
Javob: dunyoning ishlari

63. «Raqamlar borliqning ibtidosi, matematika qonuniyatlari olam turmushining asosidir»deb qaragan faylasufning izdoshlari raqamlar sehr-jodusini,xususan, dastlabki O’N RAQAM ilohiy hissalarga ega deb ta’kidlashadi. Savol: Bu mashhur faylasuf kim?
Javob: Pifagor

64. Uning ta’limotiga ko’ra «Odamlarning hammasi tug’ma xususiyatlariga ko’ra bir-biriga yaqindir.Tug’ilgandan keyin hosil qilgan xususiyatlariga ko’ra ular bir-birlaridan farq qiladilar» Savol: Yuqoridagi qarash qaysi mutafakkirga tegishli(551-479)?
Javob: Konfutsiy

65. Diqqat!!! bu savol javobi O’zbdagi bir viloyatning mamuriy markazi nomiga juda o’xshash. Yaponlarda «Maxobin»deb nomlangan buyum bor.»Maxo» bu sexirli,mo’jizakor «bin» butilka degani ekan. Savol:Yaponlar nimani sexrli butilka deb atashadi?
Javob: Termiz

66. Insonga qon quyish bo’yicha ilk operatsiya Jan Batist tomonidan amalga oshirilgan bo’lib, insonga dastlab hayvon qoni quyilgan . Savol : Qaysi hayvon qoni quyilgan?
Javob: qo’y

67. U umri davomida besh marta uyquga ketadi.Uning uyqudan uyg’onishlari ham kelinchaklarning noz uyqusiga qiyoslanadi. Savol: Bu ta’rif nimaga nisbatan berilgan?
Javob: ipak qurti

68. U 1812 yili Borodina jangida ishtirok etib ko’rsatgan jasorati un IV-darajali Anna ordeni va Temir krest bilan taqdirlangan.Uni katta lavozimga ya’ni shox Aleksandr I ning adyutani bo’lishga taklif etishgan.Biroq u taklifni rad etadi va uning bu ishi Aleksandr I tomonidan salbiy baholanadi.Savol:gap kim haqida ketayotganini topgan bo’lsangiz U ning mashxur do’stini ismini yozibering.
Javob: Yuriy Chadaev

69. U bir paytning o’zida ham Papa, ham Sezar edi. Ammo Papa bo’lib, unda Papaning iddaolar yo’q edi. Sezar bo’lib, unda Sezarning behisob lashkari ham yo’q edi. Agar biron bir shaxs muntazam qo’shinsiz, tansoqchilarsiz, saroylarsiz, davlat daromadi(soliqlarsiz), men uning izn ixtiyori bn boshqardim, deya olsa, unda u X dir. Chunki uning qo’lida hech qanday boshqaruv vositalarisiz va asoslarisiz hokimiyat bor edi. Savol: Hind olimi X deganda kimni nazarda tutgan?
Javob: Muhammad (S. A. V )

70. Vamberining fikricha : bu asar Yuliy Sezarning «Kommentariya»lariga teng. Savol:Qaysi asar?
Javob: Boburnoma

71. Bir odam o’g’liga nasihat qildi:
«Uch narsa umrni uzaytirar:
Keng uy, yaxshi ulov, va X.
Savol: arab xalq maqolidagi uchinchi narsa nima?

Javob: yaxshi ayol

72. 1⃣. Barcha yo’llar … ga olib boradi? (Nuqtalar o’rnini to’ldiring )

2⃣. «Temir Xonim» deb ta’riflangan ayol kim edi?

3⃣. Qayta tiklanmaydigan yagona a’zo nima?
Javob. 1⃣. Rim

2⃣. Margaret Tetcher

3⃣. Tish …

73. Ishonuvchan lekin laqma ham ahmoq ham emas u inson degan zot o’z nomiga mard bo’ladi deb hisoblaydi. Savol: Qaysi asar qahramoni haqida gap ketgan?
Javob: Otello

74. Mussolini nimaga nisbatan «Italiyadagi X – millatning qonini so’ruvchi vabo yarasi. Uni kesib tashlash kerak» degan edi?
Javob: Parlament

75. Otaturk ayollar erkinligi un kurashgan Turkiya rahbari hisoblanib uning davrida Turkiya tarixida birinchi bo’lib ayollarga qaysi fakultetda o’qishga ruxsat berilgan?
Javob: moliya

76. Hozirda bu ish maxsus asboblar yordamida amalga oshiriladi. Misrda tabiblikning siri shu ishni amalga oshirishdan boshlanadi degan aqidaga amal qilingan ekan. Savol: U qaysi ish?
Javob: Yurak bosimini o’lchash

77. Payg’abarimiz Muhammad (S.A.V) ni qizlar Fotimaga uylangan xalifa kim edi?
Javob: Ali Roziyolloxu anhu

78. «Boburnoma»da qaysi hayvonga «X ham yirik jonivor. Kattaligi uch sigircha bo’ladi…Bir shoxi bor burnining ustida, uzunligi bir qarichdan ko’proq…» deya ta’rif berilgan?
Javob: Karkidon

79. BMT ma’lumotlariga ko’ra,80% kasalliklar insonga X orqali yuqadi. Savol X ni toping.
Javob: Suv

80. Yapon xalq maqoliga ko’ra:Er-xotinning janjaliga hatto qaysi hayvon qo’shilmaydi?
Javob: It

81. Qadimda Vetnamda bir mahsulot insonlarni poklovchi deb qaralgan.Hatto o’lim jazosiga tayinlanganlarga beriladigan zaharda shu mahsulot qo’shilgan.Hozirda Shvetsiya bu mahsulot bo’yicha dunyoda yetakchilardan. Savol: Qaysi mahsulot haqida gap ketyapti?
Javob: sut

82. Bir filmda ularning soni atigi bittaga kamaygani katta mashmashalarga sabab bo’lgan.Yana bir multfilmda esa ochko’zlik shu narsadan boshlanganini ko’ramiz.Bu narsa qanchalik noqulay bo’lmasin ayollar ularni olib yurishni kanda qilishmaydi. Savol: Gap nima haqida ketyapti?
Javob: Tog’ora

83. «Qayerda madaniyat yo’qolsa, o’sha yerda . . .kuchayadi» Osvald Shpengler fikricha madaniyat yo’qolgan joyda nima kuchayadi?
Javob: Zoologiya

84. Fransuz xalqida shunday gap bor:Qazg’oqqa qarshi eng yaxshi dori – X. Savol:Fransuz xalq maqolidagi X ni toping.
Javob: Jallod kunnasi

85. Sitseron: «X «tilga kirgan»da, qonunlar jim qoladi» Savol:Xni toping.
Javob: qurol

86. Bir Еvropa fuqarosi, qahvaxona ho’jayini o’z millati haqida fikrlari shunday: hech bir narsa bizni dunyoga dasturxonimizchalik mashhur qila olmaydi – degan. Savol, bu qaysi millat?
Javob: Svet Stoli

87. Ummon davlati ayollarga mashina haydash xuquqini beruvchi ikkinchi arab davlati hisoblanadi .Ammo ularga bir shart qo’yilgan.?
Javob: Yo’lovchi sifatida ayollarni olishi mumkin.

88. Dengiz flotida oldindan saqlanib qolgan bir odat bor. Agar kemaga yangi matros kelsa, unga xaqiqiy dengizchi bo’ishi uchun bir narsani majburlashgan. Kema ichidagi yoritgichlarni flakonlari yechib olinib ularga berilgan. So’ngra o’sha ishni qilishga majbur etishgan. Savol nimani majbur etishgan.
Javob: flakondi ichni dengiz suviga to’ldirib ichtirishgan.

89. Bir tuyakash hikoya qilmoqda: Tuyam o’ldi Orig’ligidan, yog’i ko’p uchun. Sahar payti. Shomga yaqin. Savol uning tuyasi qayerda o’lgan va nima uchun?
Javob: yuk o’g’irligidan sahar shomga yaqin yani Bog’dod shahrida.

90. Savobni pulga sotib olish mumkinmi? Mumkin bo’lsa uning narxi qancha turadi. Qadimda bir podsho huzuriga qirq marotaba hajga borib kelgan kishini olib kelishadi. Podsho unga 40 yillik hajingni savobini menga sot. Senga yarim podsholigimni beraman deydi. Hoji albatta ko’nmaydi. So’ngra podsho nimani evaziga almashgan bo’larding deydi. Hoji bir narsani so’raydi. Shu narsani evaziga almashaman deydi. Savol, dono hoji podshodan nima so’rashi mumkin?
Javob: 40 yillik hajni 1 yillik adolatga almashaman.

91. Qadimgi Rim faylasufi Seneka: «Sarkardalar lashkarlarni itoatda saqlash uchun 2 ta usul qo’llaganlar. 1-usul tinimsiz mehnat bilan chalg’itganlar, 2 usulni siz yozib bering?
Javob: ular bo’ysinmas darajada bo’lib xarbiy yurishlarni boshlab berganlar

92. Bu musiqali asbobga 3000 yil bo’ldi. Xudolar uning ovozini yomon ko’rishsada, uning ijrosi bilan go’yo hamma narsa o’z intihosini topgandek tuyuladi. Savol: u aadimiy musiqali asbobning nomi nima?
Javob: Qo’ng’iroq

93. Qadimgi yapon dengizchilari safarga chiqishdan oldin albatta o’zlari bilan mushuk olar ekanlar. Va safar davomida ularga alohida eʻtibor bilan qaraganlar. Yapon dengizchilariga mushukning nima keragi bor?
Javob: Agar dengizda suv to’foni bo’lsa ular qurbonlik uchun suvga tashlangan

94. Nestle qutisida 50-yilgacha qushning inida 3 ta bolasi bo’lgan, XX asr 2-yarmidan so’ng u inda 2 ta bola qolgan. Savol: nega qush inidagi bolalar soni 2 taga tushib qoldi?
Javob: Yevropada o’rtacha bollar soni 1 oilada 3 kishidan 2 kishiga o’tadi

95. Zo’r tovug’im bor edi
Semiz va sergap
Yapaloq deb men unga
Qo’ygandim laqab
Tuxum qilib bererdi
Har kuni oppoq
Shu tufayli u bilan
Yashardik inoq
Sherning nomini maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Bahromning hikoyasi

96. Ularni har birini qo’lidan ko’p ish keladi. Masalan bittasi hasad urug’ini sochsa yana bittasi tuxmat yog’dirishga usta. Ularni hammasini ta’riflab o’tirmayman. Ularni fikriga ko’ra ular adolatni asrashlari kerak lekin qayerda? Diqqat savol: adolatni qayerda asrash keragligini 3 ta so’zda toping.
Javob: og’zi berk xumda
Manba yettinchi jin

97. Fan va hayot oynomasining fikricha bu narsa fikrni to’plash asabni tiklash uchun,eslash qobilyatini oshirishda ham foydasi bor ekan. Turli soha kishilari uchun ,masalan pianinochilar, jarrohlar, rassomlar, dasturchilar, kassirlar, soatsozlar ham uning naf berishini aytishadi.
Savol u nima?

Javob. Tasbex

98. Kirill va Mefodiyning katta entsiklopediyasi» ning 2006 yilda chiqarilgan sonida Xitoy haqidagi maqolada bu davlatning 13 davlat bilan chegaradosh ekanligi haqida yozilgan va shu davlatlarning ro‘yhati keltirilgan. Lekin bu ro‘yxatdagi bir davlat bilan Xitoy hech qachon chegaradosh bo‘lmagan. Siz menga shu davlatning poytaxtini ayting?
Javob: Toshkent

99. U narsani biz deyarli har kuni ko’ramiz. U haqda ilk ma’lumotlar 1254-yilda ma’lum bo’la boshladi. Lekin uning ilk ko’rinishlari metalli bo’lib, u bronzaga sayqal berish yo’li bilan tayyorlangan. U nima?
Javob: ko’zgu

100. Bu davlatning nomi arabchadan olingan bo’lib , » Suv o’rtasidagi quruqlik orol » degan ma’noni anglatadi. Bu davlat nomi?
Javob: Jazoir

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.