1 sentabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Badiiy tanaffus kuni.
🌏 Butunjahon xat yozish kuni.

🔹MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O’zbekiston – Mustaqillik kuni.
🇵🇱 Polsha ‐ Faxriylar kuni.
🇯🇵 Yaponiya ‐ Tabiiy ofatlarning oldini olish kuni
🇭🇳 Gonduras – Bayroq kuni.
🇵🇪 Peru – Daraxt ekish kuni.
🇹🇯 Tojikiston ‐ Tinchlik kuni uchun kasaba uyushmalari harakati.
🇹🇼 Tayvan – Jurnalistlar kuni.
🇦🇲 Armaniston, 🇧🇾 Belarus, 🇰🇿 Qozog’iston, 🇲🇩 Moldova, 🇷🇺 Rossiya, 🇹🇲 Turkmaniston, 🇺🇦 Ukraina – Bilimlar kuni.
🇲🇭 Marshall orollari – Ishchilar kuni.
🇪🇷 Eritreya – Inqilob kuni.
🇸🇰 Slovakiya – Konstitutsiya kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 870- islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis, muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy Samarqandning Xartang qishlog‘ida vafot etdi.
  • 1482 – Qrim xoni Mengli Girey qo’shinlari Kiyevni egallab olishdi va vayron qilishdi.
  • 1581 – Yermak Sibirni zabt etish uchun 840 kishilik otryad yig’di.
  • 1714 – Rossiya fanlar akademiyasining kutubxonasi ochildi.
  • 1752 – Filadelfiyaga Ozodlik qoʻngʻirogʻi keltirildi.
  • 1804 – nemis astronomi Karl Xarding uchinchi Yunona asteroidini kashf etdi.
  • 1887 – amerikalik ixtirochi Zmil Berliner gramplastinkani ixtiro qilgan.
  • 1918 – “Ishchilar qalqoni” gazetasining birinchi soni chop etildi
  • 1920 – Fransiya poytaxti Beyrut bo‘lgan Livan davlati tashkil etilganligini e’lon qildi.
  • 1923 – Kanto zilzilasi sodir boʻldi.
  • 1938 – Termiz hayvonot bog’i tashkil etilgan kun.
  • 1939 – Ikkinchi jahon urushi boshlandi.
  • 1946 – Buxoroda “Mir Arab” madrasasi qayta ochildi.
  • 1950 – G’arbiy Berlin konstitutsiyasini qabul qildi.
  • 1969 – Liviyadagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyat tepasiga Muammar Kaddafiy keldi.
  • 1971 – Qatar o’zini mustaqil davlat deb e’lon qildi.
  • 1983 – Su-15  bombardimonchi samolyoti Janubiy Koreyaning Boeing-747 samolyotini urib yubordi.
  • 1988 – Abdulla Qahhor Uy – muzeyi ochildi.
  • 1991 – «O’zbekiston ovozi» nomli gazeta ilk marotaba nashrdan chiqdi.
  • 1993 – Toshkentda Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi
  • 1996 – Olimpiya shon–shuhrati muzeyi ochilgan kun.
  • 1997 – Toshkent hayvonot bog’i tashkil etildi.
  • 1998 – «Yoshlar» telekanali oʻz ish faoliyatini boshladi.
  • 2000 – Rossiya Federatsiyasi Davlat Kengashi tuzildi.
  • 2004 – Beslan shahridagi maktab terrorchilar tomonidan egallab olindi (Shimoliy Osetiya).
  • 2005 – Ezgulik arkasi qurib bitkazildi.
  • 2009- Toshkent shahrining 2200 yilligi nishonlandi.
  • 2012 – Rossiyada «Bolalarni sog’lig’i va rivojlanishiga zarar yetkazadigan ma’lumotlardan himoya qilish to’g’risida» qonun kuchga kirdi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1823 – Aleksandr Shpakovskiy (1881) – rus elektrotexnika muhandisi, fotografiya, elektr yoritish va issiqlik texnikasi sohasida ixtirochi.
  • 1869 – Komarov Vladimir (1945) – rus botanigi va geografi, akademik (1920 yildan).
  • 1877 – Frensis Aston (1945) – ingliz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1922).
  • 1909 – Muzaffarov Ahror (1987) – biolog olim. O’zbekiston FA akademigi (1960), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1969), Biologiya fanlari doktori (1952), professor (1955).
  • 1922 – Toshxo’ja Xo’jayev (1975) – taniqli teatr rejissyori va aktyori.
    Kun  tarixi kanalidan olindi
  • 1925 – Roy Glauber – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sovrindori (2005).
  • 1926 – Umarov Faxriddin (2007) – lirik xonanda va bastakor, O’zbekiston xalq hofizi (2002).
  • 1926 – Dmitriy Ryabichev (1995) – haykaltarosh, Oʻzbekiston (1976) va Rossiya Federatsiyasi (1978) xalq rassomi. 
  • 1942 – To’xtaev Saidaxrol – kimyogar olim. O’zbekiston FA akademigi (2000), kimyo fanlari doktori (1984), professor (1986).
  • 1945 – Mustafo Balel – turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon.
  • 1955 – Jahongir Mamatov – siyosat arbobi, tilshunos olim, yozuvchi va jurnalist.
  • 1962 – Ruud Gullit – gollandiyalik futbolchi, Yevropa chempioni (1988).
  • 1993 – Ilona Mitresey – fransuz pop qo’shiqchisi.
  • 1996 – Zendaya Mari Shtyormer Koulman – amerikalik aktrisa va xonanda.
  • 2001 – Farangiz Xojiyeva – oʻzbek dzudochi, 63 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.