? BAYRAMLAR:
? Xalqaro biodizel kuni.
? Butunjahon sherlar kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Tojikiston – Atletika kuni.
?? Indoneziya – Milliy faxriylar kuni.
?? Indoneziya – Texnologiyalarni rivojlantirish kuni.
?? Argentina – Harbiy-havo kuchlari kuni.
?? Ekvador – Milliy kun.
? VOQEALAR:
- Mil. avv. 586 – Bobil shohi Navoxudonosor II Quddusni vayron qildi.
- 843 – Buyuk Karl imperiyasi Verden shartnomasiga binoan uch nabirasi o’rtasida bo’lib olindi.
- 955 – Germaniya qiroli Otton I Lex daryosi bo‘yidagi jangda vengerlarni mag’lub etdi.
- 1230 – Kuniya sultoni, Xims, Halab, Mayafiriqin va Baynas hokimlarining birlashgan ittifoqi Jaloliddin Manguberdini maglub etdi.
- 1500 – Diogu Diash Madagaskar orolini kashf qildi.
- 1519 – Fernand Magellan sayohatga chiqdi.
- 1628 – „Vaza“ kemasi choʻkib ketdi.
- 1675 – Angliya qiroli Karl II Grinvich observatoriyasining tamal toshini qoʻydi.
- 1792 – Buyuk fransuz inqilobi: 10-avgust inqilobi bo‘lib o‘tdi, Lyudovik XVI hibsga olindi.
- 1793 – Parijda Luvr muzeyi ochildi.
- 1809 – Ekvador Ispaniyadan mustaqillik e’lon qildi. Aslida mustaqillikka faqat 1822 yilda erishildi.
- 1911 – Buyuk Britaniyaning Parlament to‘g‘risidagi akti Lordlar palatasini mutlaq veto huquqidan mahrum qildi.
- 1913 – Ikkinchi Bolqon urushi Buxarest tinchlik shartnomasining imzolanishi bilan yakunlandi.
- 1937 – O‘rta Osiyoda ommaviy qatag‘on avj oldi.
- 1962 – Vilnyus Planetariyi o’z eshiklarini ochdi.
- 1985 – Chajma ko’rfazida radiatsiyaviy avariya.
- 2004 – Xabbl teleskopi Somon Yo’liga o’xshash NGC3949 galaktikasini kashf etdi va tasvir sensorlaridan birini yo’qotdi.
- 2014 – Donbassdagi urush paytida Ilovaysk uchun jangning boshlanishi.
? TAVALLUDLAR:
- 787 – Albumasar (886) – Fors matematigi, astronomi va munajjimi.
- 1737 – Anton Losenko (1773) – Rassom, rus tarixiy rasm janrining asoschisi.
- 1839 – Aleksandr Stoletov (1896) – Rus fizigi.
- 1845 – Abay Kunanboyev (1904) – qozoq ma’rifatparvar shoiri, qozoq mumtoz adabiyotining asoschisi.
- 1874 – Gerbert Guver (1964) – AQSh ning 31-prezidenti (1929-1933).
- 1877 – Frenk Jeyms Marshall (1944 y.) – Amerikalik shaxmatchi, shaxmat nazariyotchisi.
- 1878 – Alfred Dyoblin (1957) – Nemis yozuvchisi.
- 1902 – Arne Tiselius (1971) – Shved biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1948).
- 1902 – Norma Shirer (1983) – akademiya mukofotiga sazovor bo’lgan kanada va amerika aktrisasi.
- 1910 – Amin Turdiyev (1978) – aktyor va rejissyor, O‘zbekiston xalq artisti
- 1912 – Jorji Amadu (2001) – Braziliyalik yozuvchi, jurnalist, siyosatchi, jamoat arbobi.
- 1913 – Volfgang Paul (1993) – Nemis fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1989).
- 1941 – Erkin Malik – yozuvchi.
- 1950 – Erkin Aʼzam – yozuvchi
- 1960 – Antonio Banderas – ispan va amerika aktyori, rejissyor, prodyuser va qo’shiqchi.
- 1960 – Toshpo’lat Matkarimov – xonanda, “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist”.
- 1963 – Firdavs Abduxoliqov – Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori (2019-yildan).
- 1974 – Yuliya Kurochkina – «Dunyo go’zali» tanlovi g’olibasi (1992).
- 1994 – Gulnoza Matniyazova – oʻzbek dzyudochisi, 70 kg vazn toifasida.
- 1995 – Nigina Sharipova – oʻzbek sportchisi, sprint boʻyicha ixtisoslashgan,
- 1997 – Kayli Jenner – amerikalik model, ishbilarmon ayol.
- 2001 – Regina Parpiyeva – rossiyalik telejurnalist va sportchi.