10-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

901. Polshalik so’z ustasi Yuzef Bulatovich ko’ngilsizliklarni ikki toifaga bo’lgan: katta va kichik. Aytingchi uning fikricha qanday ko’ngilsizliklar kichik hisoblanadi?
Javob: birovlarning ko’ngilsizligi

902. Bu davlatda qamalgan mahbuslar o’z kameralarini kalitlari o’zlarida turar ekan. Ular kunduzi ishga borishlari va bo’sh vaqtida baliq va tulen ovlashlari mumkin ekan. Aziz bilimdonlar bu qaysi davlat?
Javov Grelandiya

903. 1991-yil O’zbekistonda shunday bir ko’rik tanlov bo’lib o’tdi. Unda hay’at a’zolari sifatida yosh bolalar taklif qilindilar. Hay’at a’zolariga qo’yiladigan yagona talab – bu tanlov oxiriga qadar sergaklikni yo’qotmaslik. Xo’sh, bu qanday tanlov?
Javob: alla aytish

904. Jamoat joyida bir odam doʻstiga shikoyat qilyapti. “Eh doʻstim, mening ishim juda qiyin, uning ustiga maoshim ham kam, eng yomoni bu yerda faqat men ishlayman qolganlar esa faqat dam olishadi” dedi. Savol: Shikoyat qiluvchining kasbi?
Javob: Go’rkov

905. Dunyodagi ko’pgina rivojlangan davlatlarda uy hayvonlari uchun ham soliq to’lanadi. Lekin Yaponiyada uy hayvonlari soliqdan ozod etilgan. Qizig’i shundaki 2011- yildan yapon hukumati har bir uyda uy hayvonlari bo’lishi lozim ekanligi haqida qaror ham qabul qildi
Savol: Hukumat nima sababdan bunday qaror chiqargan?

JAVOB. hayvonlar odamlarga qaraganda zilzilani tez biladi va odamlarni ogohlantiradi.

906. Hammamizga ma’lumki
Hindistondagi Tojmahal obidasi dunyoning eng mashhur va qadimiy durdonalaridan biri hisoblanadi. Afsuski obidaga so’ngi yillarda katta zarar yetmoqda. Bunga sabab atrof-muhitning ifloslanishi, sayyohlar oqimi va albatta vaqt ham o’z so’zini aytmoqda. Hindiston hukumati bunga qarshi ko’plab choralar ko’rmoqda va ular obidani o’ta ehtiyot qilish maqsadida obida atrofida «ular»ni taqiqlab qo’ydi. O’ylab ko’rinchi nima taqiqlab qo’yilgan?

Javob: samolyot va vertalyotlar uchishini.

907. Ularning qisqa umrlari butunlay azobda o’tadi. Ularning boshlari tanalaridan judo etilgach, qaqshatqich ravishda kaltaklanadilar. Ko’plarini ezib majaqlab, maydalab tashlaydilar. Bu ham yetmaganidek qolganlarini umrbod qamoqqa tiqadilar. Shu zaylda uning umri tugadi dersiz, adashdingiz tugamaydi.
Diqqat savol: kim yoki nimaning umri bu kabi azobda o’tadi?

Javob. ularning umrlari azobda o’tsa ham insonlar ular bilan tirik. Uni boshoqdan ajratib olishgach, urib doni ajratib olinadi, so’ngra maydalanib unga aylantiriladi. Qolganlarini qamoqqa tiqadilar, ya’ni yerga qadaydilar. Yana hosil bo’lib ko’karishi uchun. Jumboq javobi bug’doy edi.

908. Bir saytning aytishi bo’yicha, telegrafda ishlaydigan xodimlardan biri hammadan profesionalligi, doim ishlari zo’r ketayotganligi va umuman xato qilmasligi bilan ajralib turgan. Diqqat savol: Uning ismi va familiyasining bosh harflarini ayting?
Javob: Oskar Kentning bosh harflari ya’ni OK. Uning imzosi bilan hammasi (okey) bo’lgan.

909. Irlandiya qizlari yilning faqat bir sanasida o‘zi yoqtirgan yigitning qo‘lini so‘rashga haqli.
Savol bu qaysi sana?

Javob: 29-fevral

910. Meksikada ular universal yemish sanaladi. Uni xomligicha ham, qovurib yo qaynatib ham yeyishadi. Ulardan hatto muzqaymoq ham tayyorlashadi. Savol u qaysi mahsulot?
Javob: Makkajo’hori

911. Xitoyda sadoqat ramzi sifatida bo‘lg‘usi kelin-kuyov bir-biriga uni hadya qiladi Buning ma’nosi shuki, u o‘simligni bir yerdan boshqa joyga olib o‘tqazsangiz, hech qachon ko‘karmaydi Savol: Gap nima haqida ketayapti?
Javob: choy

912. Toshbaqa bir tuxum qo‘yganda, 200 donadan tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan toshbaqachalar jinsi unga bog‘liq ekan . Savol. ularning jinsi nimaga bog’liq?
Javob. Ob-havo. Agar sovuq bo‘lsa, erkak, issiq bo‘lsa, urg‘ochi toshbaqalar dunyoga keladi.

913. Finlar qadimiy urf-odatga ko‘ra, u yerda tug‘ilib, u yerda rixlat(o’lim) qiladi. Finlandiya bo‘yicha hisoblansa, bir kishiga uch-to‘rttadan u yer to‘g‘ri keladi.
Savol. U joyni toping?

Javob: Sauna

914. Xitoyda ularni omad elchisi sifatida e’zozlashadi. Shu sababli qimmatbaho idish va buyumlarga ham ularni surati chizib qo‘yiladi. Savol ular nima?
Javob: ko’rshapalaklar

915. Barcha hayvonlarning yoqtiradigan xidlari bor ekan. Masalan: mushuklarga – valeriana va yalpiz xidi, sherlarga – turli atir xidi, tuyalarga esa uning xidi yoqar ekan. Savol u qanday xid?
Javob. Sigaret ya’ni tamakining hidi tuyalarga yoqar ekan.

916. Qaysi buyuk ajdodimizning ismi arabchada «Larza» so’zining talaffuziga yaqin bo’lgan? Va bu shaxs har qanday ishni (xat yozish, harbiy mashqlar)ikkala qo’lida ham amalga oshirgan?
Javob: Amir Temur

917. U yapon xalqi uchun juda qadrli, uni yaponlarning ko’pgina narsalarida ko’rish mumkin. Masalan: ularning kimano kiyimlarida, politsiya gerblarida va boshqa ko’pgina narsalarida ko’rish mumkin. U nima?
Javob: Sakura (yapon olcha guli)

918. Taniqli bokschi Muhammad Alining aytishi bo’yicha haqiqiy professional boks 13 sekund davom etadi. 2 sekund yaqinlashishga 1 sekund zarba berishga. Savol: qolgan 10 sekund nimaga?
Javob. Referini sanashi uchun

919. Singapurda 20 yildan ortiq vaqtdan beri u mahsulot importi va ishlab chiqarish taqiqlangan. Mahalliy xokimiyat ko‘chalarning tozaligi uchun shu tarzda kurashib kelishmoqda. Savol u qanday mahsulot?
Javob: Saqich

920. Bu o‘yin yaratilganda – chaturanga deb nomlangan, ma’nosi «qo‘shinning to‘rt karra tabrigi» deb atalardi .Sizlar bu o’yinning nomini toping?
Javob: Shaxmat

921. U maxsulot XVII asrning boshlarida Xitoyda paydo bo‘lgan va baliq bilan zirovarlardan tayyorlangan. Faqat XIX asrda Amerika sousidagi reseptlarda paydo bo‘ldi. Bu mahsulot nomi emas bugungi kundagi tarkibini toping?
Javob: Asosiy tarkibi pomidor. Bu ketchup edi

922. Malayziya shahrida yangi kelin kuyovlarga sovg‘a tariqasida berishlari shart bo‘lgan narsa u . Gap shundaki bu shaharda u barchasi bilan ta’minlanish va yashnash ramzidir Savol. Gap nima haqida ketayapti?
Javob: Qaynatilgan tuxum

923. 1908 yilda Nyu-Yorkdagi ommabop gazetalarning birida «u qanday ishlatiladi» sarlavxa ostida maqola chop etildi. Ayni o‘sha davrlarda odamlar ularni qanday ishlatish kerakligini bilmas edilar. Savol bugunda juda oson bu nima deb ataladi?
Javob: Shampun. Gap sochni qanday yuvish haqida

924. Tarixdagi eng qattiq va og‘ir u bo‘lgan. To‘rtburchak shakldagi bitta u 19 kg dan ortiq og‘irlikka ega bo‘lgan
Savol u nima?

Javob. Tanga. Shved 10 dollarlik tangasi

925. Janubiy Koreyada u kasb egalarini faqat prezidentgina ishdan bo‘shata oladi. mamlakat miqyosida juda obro‘li hamda eng ko‘p maosh to‘lanadigan kasbdir. U kasb yegalarini toping?
Javob: Muallimlar ya’ni ustozlar

926. Erkaklar modasi azaldan bir qoidaga asoslangan uning ko‘rinishidan biri – Qirol Eduard VII ning kiyinishidir. .Savol rasmga qarab shu qoidani ayting?

Javob. Erkaklar modasida ko‘ylagi ostidagi pastki tugmachani taqmaslik qoidasi mavjud. Chunki u barcha tugmachalarini kamdan-kam xollarda taqib yurgan.

927. Fanda «o‘rdakcha sindromi» deb atalgan holatga ta’rif bering.?
Javob. O‘rdakning endigina tug‘ilgan bolasi ko‘zlarini ochganda, kimni birinchi ko‘rsa, o‘shani ona deb qabul qiladi . Bu fanda «o‘rdakcha sindromi» deb ataladi.

928. Gondurasda har yili may va iyul oylarida 2-3 soatdan bunday yomg‘ir yog‘adi. Buni tasavvurga sig’dirish qiyin lekin bu haqiqat. Gap qanday yomg’ir haqida ketayapti?
Javob: Baliq yomg’iri

929. Tailandda bo’lib qaytgan o’qituvchimiz o’z taassurotlarini bizga ulashar ekan, bir qiziq voqeani aytib o’tdilar:
-Tailandning bir kinoteatriga kirdik. Ekranda allaqanday yozuvlar paydo bo’ldi, atrofga nazar solsak, tailandliklar joyidan turib olgan. Biz ham, odat shunaqa bo’lsa kerak, deya joyimizdan tik turib, allanimalarnidir eshitib turdik. Shundan so’ng miriqib kino ko’rdik. Kino tugagandan so’ng, darhol chipta sotuvchiga bu holat haqida aytdik. U kulib: «Bizda doim kinodan oldin X qo’yiladi», – dedi. Qiziq odat, vatanparvar xalq ekan.
Diqqat savol: Xo’sh, Tailandda kino boshlanishidan oldingi bunday odat sababini ayting!

Javob: Tailanddagi kinoteatrlarda kinodan oldin DAVLAT MADHIYASI qo’yib berilar ekan. Qaysidir ma’noda «vatanparvar» so’zi kalit vazifasini bajarishi mumkindir.

930. Tarixga nazar solsak, 1941-yilda SSSR davlatida bir qiziq soliq turi o’ylab topilgan. Aynan bu turdagi oilalardan 6% ish haqidan soliq ushlab qolingan. Faxr bilan aytishim mumkinki, agar tabobat bilan bog’liq muammo bo’lmasa, o’zbek xalqi o’sha davrda ham, hozir ushbu soliq mavjud bo’lsa, hozir ham bu soliqni to’lamas edilar. Yevropada esa aksincha.
Diqqat savol: Qanday oilalarga soliq to’lattirilgan?

Javob. Bolasi yo’q oilalarga. Bu bilan davat tomonidan aholi soniga e’tibor berilgan. O’zbeklarning deyarli barcha oilalarida farzandlar bor. Menimcha ular soliq to’lamas edilar!

931. Ma’lumotlarga qaraganda, Italiya universitetlarida siz X larni uchratmas ekansiz. Bizda esa «mehmon» talabalar uchun eng yaxshi tanlovdir. O’quv yili boshlanishi bilan X ga erishish uchun harakatlar boshlanib ketar ekan. Bunga sabab qilib X dan foydalanish yil davomida arzonga tushishini ko’rsatishadi.
Diqqat savol: X ni xohlasangiz bir so’z bilan, xohlasangiz rasmiy qilib uch so’zda ayting?

Javob. Yotoqxona yoki Talabalar turar joyi.

932. Xitoy haqida o’qir ekanman, bir qiziq ma’lumotga ko’zim tushdi. U yerdagi badavlat insonlarni qamoqqa olish juda qiyin ekan. Rasmiy jihatdan ular qamoqxonada ekanliklari ta’kidlanadi. Hatto tekshiruvlar natijasida ham ular qamoqxonada bo’ladilar, aslida shunday o’ylashadi. Bunga sabab esa bu insonlarning bir ishbilarmonliklaridir.
Diqqat savol: Xitoyliklarni ko’z o’ngingizga keltiringda badavat insonlar qanday yo’l tutishi mumkinligini ayting?

Javob. Xitoyning badavlat insonlari xalqning bir-biriga o’xshashligidan foydalanishadi, ya’ni o’ziga o’xshash insonlarni topib qo’ygan holda, qamoqxonaga ularni jo’natishadi.

933. Buxoro shahridagi tarixiy ob’yektlarda aylanib yurar ekanman, ular yonidagi e’lonlar doskasiga ko’zim tushdi. Bir hazilomuz e’londa quyidagi jumlalar yozilgan:
O’zbek tili, Rus tili va Ingliz tilida 0 dan 9 gacha sanashni biladigan kishilarni BU YER ga ishga taklif qilamiz.
Diqqat savol: Mantiqan o’ylab ayting-chi, BU YER qaysi so’z o’rnida qo’llangan?

Javob: Paynet

934. Alfa haqida gap borar ekan, hamma u haqida o’z fikrlarini aytadi. Konfutsiy Alfa soddaligi, faqat o’zimiz uni murakkablashtirishga harakat qilishimizni aytadi. Viktor Frankl esa Alfaning murakkablashishiga muhit emas, ma’no va maqsad yo’qligi sabab bo’lishini o’z aforizmlarida ta’kidlab o’tgan.
Diqqat savol: Aforizmlardagi Alfani toping?

Javob. Hayot
Izoh:
“Hayot muhit emas, ma’no va maqsad yo‘qligi bois qiyinlashadi.” – Viktor Frankl
“Hayot aslida sodda. Faqat biz uni murakkablashtirishga urinamiz.” –Konfutsiy

935. 1-aprel «Hazillar kuni» ga bag’ishlangan navbatdagi savol.
Qo’shiqchi Jastin Bibber ijtimoiy tarmoqlardan birida X ini qoldiradi. Izoh sifatida, muxlislarini yoqtirishi va ular bilan doim aloqada bo’lishini aytib o’tadi. Bu holatdan «jabrlanuvchi» esa Texaslik bir nafaqaxo’r bo’lib qoladi. Bundan xabar topgan muxlislar Jastin Bibberni sudga beradi.
Diqqat savol: muxlislar Jastin Bibberni sudga berish sababini mantiqan ayting (Maksimal aniqlik shart emas).

Javob. Yolg’on axborot (shu mazmundagi javoblar qabul).Telefon raqamini qoldirgan emas balki noto’g‘ri telefon raqam qoldirgan.
Izoh: Jastin Bibber ijtimoiy tarmoqda o’z telefon raqamini qoldiradi va muxlislari u bilan istalgan vaqtda bog’lanishi mumkinligini aytadi. Aslida, qo’shiqchi to’g’ri kelgan raqamlarni yozib yuborgan, bu raqam Texas fuqarosi bo’lgan bir nafaqaxo’rniki bo’lgan.

936. 2006-yil Germaniyada bo’lib o’tgan futbol bo’yicha Jahon Chempionatining Xorvatiya va Avstraliya terma jamoalari o’rtasida bo’lib o’tgan bahsda angliyalik bosh hakam Grem Poll o’ziga xos rekord o’rnatgan. Bosh hakam xatosi va yomon xotira tufayli BU ISH ni uch marotaba bajargan. Keyinchalik esa yon daftarchasida yo’l qo’yilgan xato sababli bu hodisa sodir bo’lgan.
Diqqat savol: Grem Poll qaysi ishni uch marotaba bajargan?

Javob.Bosh hakam Xorvatiyaning 3-raqamli futbolchisi Yosip Shimunichga uch marotaba Sariq kartochka ko’rsatgan. O’z izohida yon daftariga Avstraliyaning 3-raqam ostidagi futbolchisi Kreyg Murga sariq kartochkalardan birini rasmiylashtirganini aytib o’tgan.

937. Garvard universitetining olimlaridan biri A.Bixari o’z tadqiqotlari natijasida, shuni aytadiki, aqlli insonlarda X ni tushunish darajasi juda yuqori bo’lar ekan. Nyu-Meksiko Universiteti izlanishlari bo’yicha, insonning aqli qancha ziyoda bo’lsa, bu inson X lari qolganlarga shuncha xushkayfiyat ulashar ekan. Bizda o’zining X lari bilan xalq qalbidan o’rin olgan insonlarga «X lar ustasi» maqomi beriladi.
Diqqat, kutilmagan savol: yilning qaysi sanasi X lar uchun atalganini ayting?

Javob. Barcha qiziqchilarimizni nima deb ataymiz?
«Hazillar ustasi».
Ha, aynan hazillarni yaxshi tushungan insonlarda aql-idrok belgisi yuqori bo’lib, ularning hazillari kulgili chiqar ekan.
Bugun qanday kun?
«Hazillar kuni». Bu savolning javobi 1-aprel!

938. Bu yozuvni ko’rganingizda, avval ko’rgan bo’lsangiz ham beixtiyor sergak tortib, xushyorlikni yana bir bor jilovlaysiz va atrofni bir bora zimdan kuzatasiz. Kuzatuv muvaffaqiyatidan so’ng yo’lingizda davom etasiz. Bugungi kunda bunday yozuvlarni deyarli xamma joyda uchratish mumkin. Savol: Bu qanday yozuv?
Javob. Diqqat hudud video kuzatuvda.

939. Juda boy bir ayol bo’lgan ekan. Ammo uning merosxori yoq ekan. Keyin u xizmatkorini chaqirib:
-Men senga merosimni qoldiraman» -debdi. Keyin xizmatkori ayolga yaxshi qarab, uning uzoq umir korishini istab uni yaxshi boqibdi.
Savol: Nima sababdan xizmatkor unga yaxshi qaray boshlagan?

Javob: Ayol men qancha yoshga kirsam, merosimning shuncha %ni senga qoldiraman degan.

940. Bir oilada 5ta opa singil bo’lgan ekan.Ulardan eng kattasi kitob o’qiyotgan ekan. Keyingisi esa tennis o’ynayotgan ekan. 3 farzand esa kirlarni yuvayotgan ekan. 4 farzand uylarni yig’ishtirayotgan ekan Savol: 5 qiz nima qilayapti?
Javob : tennis o’ynayapti. Chunki tennisni 1 kishi o’ynab bo’lmaydi

941. Bu aktyorning onasini ko‘ndirish uchun, film rejissyori, operatori va hatto direktori galma-galdan daraxtga osilishadi. Lekin onasi baribir bu epizodga ko‘nmaydi. Natijada aktyor onasini aldab-suldab chekkaga olib chiqishadida va o‘sha epizod olinadi.
Diqqat savol: gap rus kinematografiyasining qaysi filmi haqida ketyapti?

Javob «Buratinoning sarguzashtlari».
Izoh: onasi aktyorning daraxtga osilishiga norozimi, demak u aktyor yosh bola. Daraxtga oddiygina osilish unchalik ham norozilikni keltirib chiqarmaydi, demak u teskari osilishi kerak. Bunday sagnali filmlar esa juda ko’p emas. 🙂
Esingizda bo’lsa, Buratino (Dima Iosifov)ni filmdagi bir epizodda Alisa tulki va Bazilio mushuk daraxtga teskari qilib osishi kerak edi.

942. Suratdagi kiyimlarning narxidan foydalanib, shimning bahosini toping (izohi bilan).

Javob: $15.
Izoh: rasmga e’tibor berilgan bo’lsa, kiyimlarning nomidagi har bir harf – $5. Shim – 3 ta harf

943. Kunlardan bir kun Aristotelning huzuriga bir yosh yigit ta’lim olish maqsadida keladi. Uchrashuv chog’ida u ko’p gapiradi, bir necha bor Birinchi muallimning gapini ham bo’ladi. Ikki soatlik suhbatdan so’ng, u Arastudan so’raydi:
-Ta’lim narxi qancha bo’ladi?
-Siz boshqa shogirdlarimga nisbatan ikki baravar ko’p pul to’laysiz, – deydi faylasuf.
-Sababini bilsam bo’ladimi?- deb so’raydi bo’lajak shogird.
Diqqat savol: Birinchi muallim nima deb javob bergan?

Javob: Senga avval sukut saqlashni ham o’rgatishim kerak, degan ekan buyuk faylasuf.
Izoh: Arastu – Aristotel – Birinchi Muallim – bularning hammasi bir kishi, qadimgi yunon faylasufi, Sharqda Birinchi Muallim nomi bilan mashhur Arastudir.

944. Indoneziyaning bir orolida yildan yilga daraxtlar soni ko’payib orolning o’rnini o’rmonlar egallayotganini bilish mumkin. Bunga sabab qilib Indoneziyadagi qonunga ko’ra bir toifadagi insonlarga 5 dona daraxt ekish majburiyati yuklangan. Savol Indoneziya qonunlariga ko’ra kimlar 5 ta daraxt ekishga majburlar?
Javob: Ajrashmoqchi bo’lganlar

945. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo Sallolloxu Alayxivassallam aytadilar:
-Agar Allohga duo o’qisangiz, duoning qabul bo’lishi, uning hohishiga bog’liq. Lekin siz duo oqiganda, uch «Qalb » bir bo’lsa duo shubxasiz qabul bo’ladi deganlar .
Savol: Bu qanaqa qalblar?

Javob:
1-inson qalbi
2-qur’on qalbi
3-kechaning qalbi

946. Yaqinda internetda bir rasmga ko’zib tushib qoldi va bu o’xshatishdan lol qoldim. Rasmda chegara oldida to’planib turgan ayollarni ko’rish mumkin. Chegaradan nariga o’tgan ayollar X dan ayrilishyabdi! Diqqat savol agar siz ayollar nimadan ayrilayatganini topgan bo’lsangiz, menga X ning yorqin timsoli bo’lgan o’zbek asari qaxramoni nomini ayting?
Javob: Kumush

947. Surat muallifi ya’ni rassom qorboboga ajoyib.
Nom bergan siz menga qorboboni ismini ayting?

Javob: Garry Potter

948. Bir jurnalning Sovet karikaturalaridan birida karikatura qahramoni alam bilan har doim Sovet Ittifoqi hududini mafkuraviy dushmanlar tomon tark etishni xohlamayotganligi haqida aytib beradi.Diqqat savol: karikatura qahramonini ayting?!
Javob: Quyosh
Izoh:Sovet ittifoqining dushmani G’arb davlatlari bo’lgan.Quyosh har kuni ular tomonga ketib borayotganidan afsuslanadi.

949. Sardor Mamadaliyevni «Raqamlar bir kuni jam bo’ldi» ashulasida qaysi raqam kuchli ekani haqida baxs boradi men bu baxsni kuzata turib X ga ovoz bergan bo’lar edim. U qolganlar qatori oddiy biroq Olimlarning ta’qidlashicha X sirli ekan. Siz o’sha sirini yozing?
Javob: X bu 9.
9 ni har qanday songa ko’paytiring va natija orasiga «+» ishorani qo’ying. So’nggi natija ham 9

950. Deyl Karnegining rafiqasi yozgan «Eringizga suyanchiq bo’ling» kitobida yozilishicha : «Ushbu mashhur filosofning rafiqasi shunday shallaqi, tarbiyasiz, yomon bolib chiqqan. Bir kuni eri uyiga oshnolarini boshlab kelganida ayoli ular ostonadan kirmay turib janjal qilib, ustiga bir chelak suv quyib yuborgan. Filosof ushbu vaziyatga faqat jilmayib: «Avval momoqaldiroq bo’ldi, keyin esa yomg’ir yog’di» dey olgan»
Ushbu mashxur filosof kim edi?

Javob: Sokrat
«Uylan! Ayoling yaxshi bo’lib chiqsa ho’p-ho’p, yomon bo’lib chiqsa filosof bo’lasang» dep qo’yganidan aytgan ekan.

951. Bilasizki Imom Al-Buxoriy hadis ilmining, dunyosining rivojlanishi uchun katta xissa qo’shganlar. Aynan u kishining bir hadislarida 2 xislat nisbattan boshqa amallardan ko’ra savobliroq va qimmatliroqligi haqida aytib o’tilgan. Men sizdan so’ramoqchi bo’lgan birinchi xislat, ishni har kuni bajaramiz ozmi-ko’pmi. Lekin doim ham emas. Ushbu 2 xislat biz o’zbek filmidagi iborada bir-biriga qarama-qarshi ishlatilganini ham eshitgan bo’lishimiz kerak. Endi aytingchi birinchi xislat qanday edi? 
Javob: Tanigan va tanimaganga salom berish. 
Izoh: gap salom berish va ochlarga taom bermoqlik haqidagi 2 xislat haqida borayatgandi. Bir o’zbek filmida «salom bilan qorin to’yardimi?» kabi iborani uchratish mumkin.

952. Buyuk sarkarda Aleksandr Makedonskiyda unday janglar soni 9 ta ekan. Misol keltiraman: Granika, Issa, Marokand, Girkaniya va Assakanlar yurtida bo’lgan janglarni bunga misol bo’lishi mumkin. Ushbu janglar nomi va 9 taligini inobatga olib, ular o’rtasida qanday o’xshashlik borligini ayting?
Javob: Sarkarda aynan 9 ta jangda og’ir jarohat olib qaytgan ekan.
Izoh: Granika – jangida uning dubulg’asi qilich bilan bo’linadi va qilich uning sochlaridan o’tib, miya suyagigacha yetib boradi. 
Issa jangidan shox sonidan og’ir yaraladi. 
Marokandda yoy tizzani shunday yaralaydiki, hatto suyaklari ko’ringan ekan

953. Artel kompaniyasining reklama plakatida barcha eski buyumlar zamonaviysiga o’zgarayotganini aytadi. Masalan Otning o’rnida Spark, sham o’rnida elektr chiroqlari, o’chok o’rnida zamonaviy gaz pechi. Diqqat savol nimaning zamonaviy ko’rinishi kuzatish kamerasi aks etgan?
Javob: Gai

954. Brejnev bilan AQSH prezidenti Nikson uchrashishibdi. Nikson Brejnevga maqtanayotganmish: “Bizda demokratiya. Istagan amerikalik Oq uy oldiga kelib: “Nikson ahmoq!” deb baqirishi mumkin. Unga birov hech narsa qilmaydi.”
Brejnev javob beribdi: “SSSRda ham demokratiya bor. Istagan sovet fuqarosi Kreml oldiga kelib: ….. Savol gapni davom ettiring!

Javob: Nikson Ahmoq deydi

955. Bir bosh kiyim reklamasida XX – asrning ikki mashhur shaxsi tasvirlangan (biri salbiy shaxs, ikkinchisi ijobiy obraz) o’ziga xos tarzda aks ettirilgan. Reklama posteridan go’yo o’sha bosh kiyim bu ikki shaxsni ajratib turishi ma’lum bo’ladi. Qanday bosh kiyimning reklamasi haqida gap ketayotganini anglagan bo’lsangiz menga o’sha ikki shaxsni aniq ketma-ketlikda yozib bering?
Javob: Gitler va chaplin

956. 53 million yil oldin u joy shu qadar issiq hudud bo‘lganki, sohilda palma daraxtlari ham gurkirab o‘sgan. O‘sha vaqtlarda U joyda havo harorati +25 darajagacha bo’lgan. Gap qayer haqida borayapti?
Javob: Antarktida

957. Tailandda u ishni qilish qirolga qilingan jinoyat hisoblanadi. Savol qanday ish u?
Javob: Milliy kupyurani yirtish

958. Agar juda ko‘p miqdorda u mahsulotni yesangiz, uyqungiz kela boshlaydi. tibbiyotchilarning aytishicha, ko‘p holatlarda tinchlantiruvchi dori vazifasini bajaradi. Savol mahsulot nomi nima?
Javob: Piyoz

959. Uning rangi ilgari siyohrangda bo‘lgan ekan. Seleksiyachilarning tinimsiz izlanishlari tufayli u bugungi tusga kirgan. Bizda uni 2 xil rangdagisi ishlatiladi. Savol u nima?
Javob: Sabzi

960. Xitoy muallimlari maktablarlarda o‘quvchilar yaxshi o‘qishi uchun har dasrda ularga 20 daqiqa u ishni qilishga ruxsat berar ekan, bizda yesa u taqiqlangan. savol u ish nima?
Javob: Uyqu . Uxlashga ruxsat berishgan

961. U fanda «yolg‘onlar mevasi» deb ataladi. Sababi, ustki qismidagi urug‘chalar aslida urug‘cha emas, balki yong‘oqchalar hisoblanadi. Bu yong‘oqchalarning ichida esa urug‘ mavjud bo‘ladi. Savol u qaysi meva?
Javob: Qulupnay

962. U narsani IX asrda Persiya kavaleriyasi askarlari o‘ylab topishgan. Ular aynan shunday holda jangga kirishgan. Savol askarlar qanday yoki qay holda jangga kirishgan?
Javob: Baland poshnada

963. Ovchilar bir qiziq holatga duch kelishibdi oyning yarmida ovlangan quyonlar negadir qolgan yarmida tutilganlaridan anchagina semiz ekan buning sababi esa u narsada ekan. Savol sababini toping?
Javob. Oy nuri sabab ular o‘zing soyasidan qo’rqgan holda ko‘p yurib ozib ketar ekan. Buni bilgan Ovchilar qorong‘u kunda ovga chiqishar ekan.

964. Hammamizga tanish eng baland cho’qqi bu albatta Everest, jamalumma cho’qqisi uning yana bir nomini uncha ko‘p insonlar bilmasa kerak. Savol sizlar bu cho’qqining nomini topishga harakat qiling ?
Javob: Sagarmatha

965. U shunday kasbki hamma ham uni egallay olmaydi u kasbni ustalari og’ir vaznli insonlar hisoblanadi. U kasbni egasi bo’lishni Agata Kristi ham orzu qilgan u kasbni toping?
Javob: Opera ashulachisi

966. 1883-yil iyunda Nyu-York shahri rahbariyati 20 ta fildan iborat g’aroyib namoyishni boshladi. Fillar orasida ulkan Jambo nomli fil ham bor edi. Juda katta yuk! Diqqat savol: O’sha yilning may oyida nima sodir bo’lgandi?
Javob: Bruklin ko’prigi ochilgan! Odamlar esa undan o’tishga qo’rqqan. Yuqoridagi namoyish uning naqadar chidamli ekanligini ko’rsatgan!

967. Ushbu surat XVII-asrda bir falsafiy kitobga ishlangan gravyuradir.
Siz suratga yaxshilab nazar solib, ushbu gravyura nomini
mantiqan bo’lsada topishga harakat qiling!

JAVOB: Agar suratga diqqat bilan qarasangiz, insonlar peshonasida belgilar bor.
Chap tomondagi kichkina bolakay peshonasida to’rtburchak shakl, o’rtadagi inson peshonasida ikki burchakli shakl, o’ng tomondagi qariya peshonasida uchburchak shakl.
Bu o’sha mashhur «Sfink topishmog’i» haqida edi. Eslaysizmi? «Ertalab to’rt oyoqda, kunduzi ikki oyoqda, kechqurun uch oyoqda» degan mashur topishmoq haqida edi bu savol.

968. Sigirdan so’rashibdi Sen aqllimisan yoki eshshak? Albatta men aqllimanda! Chunki yo’ldan o’tmoqchi bo’lsam chapga va o’nga qarayman, eshshak esa….. Nuqtalar o’rnini bir necha so’z bilan to’ldiring?
Javob: Molga o’xshab o’tib ketadi

969. Ushbu karikaturada bir bayram atrofida ishlangan unda kosmonavtnong so’zlari yashiringan. U bir nomani tushuntirmoqchi nimani deb aytmayman. U bu yerga kelishdan oldin nima ish qilgan?

JAVOB: HAMMOMGA TUSHGAN. Karikatura yangi yil atrofida «taqdir xazili, qushday yengil bo‘ling» filmiga ishlangan. Biz do’stlarimiz bilan hammomga bordik.ozroq pivo ichdik??

970. Fridrix II barcha sanat undan boshlanadi degan. Napoleon esa u revolyusiyaga olib boradi degan. Karamzin esa faqat u uchun yashash ma’nosiz deb aytgan . Savol. Gap nima haqida?
Javob: Oshqozon

971. 1874-yilda olingan bu suratdagi ayolning ismi Sofiya. Uning Agamemnon va Andromaxa ismli farzandlari bo’lgan. Diqqat savol: U kimning rafiqasi?

Javob: Genrix Shliman!
Izoh: Bu inson o’z rafiqasi bilan Troyani izlab topgan. Taqinchoqlar Troya topilmalari. Bolalarning ismlari ham Troya voqeasiga ishora!

972. 20 yoshli Keyt Uinslet va 80 yoshli Gloriya Styuart 1997-yilda ,,Oskar» ga nomzod sifatida ko’rsatilgan. Bu mukofot tarixida noyob hodisa edi. Diqqat savol: Buning noyobligi nimada?
Javob: Gap shundaki, ular bitta obrazni gavdalantirgan (,,Titanik» dagi Rouzning yoshligi va qariligi). Shu rol orqali nomzod bo’lishgan!

973. Kechasi bilan yog’di qalin qor
Va azonlab o’rmon tomonga
yo’lga tushdi ikki iz
Ikki iz so’zi o’rnida boshqa bir so’z bor men buni ikki iz so’ziga alishtirdim
So’zni toping??

Javob. Chana

974. Bir kun davomida taomni issiq tutib turuvchi termos-idishlar qaysi davlatda har bir xonadonda uchraydi?
Javob: Isroil
Izoh: Diniy e’tiqodga ko’ra, yahudiylar shanba kuni hech bir ish qilmaydi. Shanba uchun taomni jumada tayyorlab, idishga solib qo’yadi!

975. Amir Temur “ Tuzuklar”ida “Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko’rdim”, deb yozadi va yana bu ishga ahamiyatsiz ko’rinsada «Davlat ahamiyatiga molik ish» deya ta’rif beradi.
Hozirda bu “davlat yumush”i bilan asosan ayollar shug’ullanishadi. Qaysi ish nazarda tutilmoqda.?

Javob: Kelin topish

976. Biz har doim bir narsani unutamiz. Lekin u hamisha biz bilan birga boʼladi.Ishda, oʻqishda, koʻchada…
Diqqat savol bu nima?

Javob: Vaqt

977. Uncha- buncha narsaga hayron qolmaydigan odamdan olim chiqadi. Hamma narsaga hayratlanadigan insondan…… chiqadi. Savol tez hayratlanadigan insonlardan qanday kasb egalari chiqadi?
Javob: shoir.
O’tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» asaridan.

978. Savol: XIX asr Germaniyada hamma nemislar 10-14 yoshli bolalarni bo’ynini egib olish uchun hamma narsaga tayyor qilish uchun ko’chaga chiqarib bir ish buyurishgan. Diqqat savol bu qanday ish?
Javob: Poyabzal tozalash

979. Sportchi musobaqadan keyingi intervyusida aytmoqda: Agarda shu barmoqlarim 1 santimetrga uzunroq bo’lganida edi,
Men g’olib bo’lar edim.
Savol bu noshukur sportchi qaysi sport bilan shug’ullanadi.?

Javob: suzish sporti bilan

980. Imom Zahabiyning ,,KABOIR» degan kitobida keltirilishicha bir kishidan: Odam bolasining qancha aybi bor? deb so’rashibdi.
U shunday javob bergan ekan «Bu ayblarning sanog’iga yetib bo’maydi. O’zim sanaganimda 8 mingta (8000) chiqqan. Ammo bir xislat borki, u barcha ayblarni yashirib, berkitib turadi. Bu xislat…
Diqqat savol jumlani yakuniga yetkazing va o’sha xislatni toping.?

Javob: Tilni tiyib yurish

981. 1-jahon urushi paytida uchuvchilarga samolyotga o‘zlari bilan parashyut olib chiqish qat’iy taqiqlangan. Diqqat savol, buning sababi nima bo‘lgan?
Javob: O‘sha paytda harbiy samolyotlar endi-endi chiqarila boshlangan va juda kamyob hamda qimmatbaho edi. Agar samolyot shikastlansa, uchuvchilar parashyut orqali uni osongina tark etib ketmasdan, har qanday vaziyatda ham uni yerga qo‘ndirishga harakat qilsin, degan ma’noda ularga parashyut olib chiqish taqiqlangan.

982. Amir Temur Islom dinini qoidalariga qattiq amal qiladigan inson bo’lgan. Kim ularni buzsa qattiq jazolagan. Kunlarning birida bir qishloq ziyolilari bn peshin namozini o’qish uchun masjidga ketayotganlarida, bir guruh oddiy aholini yangi kiyimlarda qayergadir ketayotganini ko’ribdilar va ulardan bunday yasanib qayerga ketayotganini so’rabdilar. Bir kishi masjidga namoz o’qish un ketishayotganini aytibdi. Amir Temur nega bunaqa kiyimdaliklarini so’raganlarida haligi kishi Qur’ondan bir oyatni o’qib beribdi. Qur’onni yahshi biladigan Amir Temur u insonni javobidan mulzam bo’lib masjidga bormasdan ortlariga qaytibdilar. Savol: Haligi inson Amir Temurga nima degan?
Javob: «Namozda ziynatlaning» degan oyatni o’qigan. Amir Temur o’sha paytda zirhli kiyimda bo’lganlar va bu ahvolda masjidga borishdan uyalganlar.

983. Bu ro’yhat boshida Indoneziya turadi.
2-o’rinda Yaponiya.
3-o’rinda 2000-yilgacha Buyuk Britaniya turgan.
Hozir esa Filippin 3-o’ringa ko’tarilib olgan.
Diqqat savol. Ro’yhat nimaga qarab tuzilgan?

Javob: Orollar soniga qarab

984. Nirvana Vamoy asari qaxraminining hayoti ko’p pullar, qizlar va chiroyli mashinalar orasida o’tadi. Bu holat toki X ularni yo’qotmaguncha davom etadi. Siz X ni nima ekanligini yozib bering?
Javob: Budulnik
Bularning bari tushida bo’lgan.

985. Bir xokkuda yozilishicha tahlikali yomg’irdan so’ng, Fudzi tog’idan ham balandroq bo’lgan X paydo bo’ladi. X ni 2 so’z bilan ayting.?
Javob: Atom qo’ziqorini

986. 1945-yil tasvirga olingan filmda xizmatkorning kechki ovqatda necha kishi bo’ladi degan savoli tushunarli sababga ko’ra javobsiz qoladi. Bu qaysi film?
Javob: O’nta negr bolasi

987. Bir multfilmda qurbaqalar oilasi bir yerga to’planib, X dan chivin uchib chiqishini kutishadi. X – ?
Javob: Fotoapparat
Chivin fotoapparatdan uchib chiqadigan qushcha o’rnida

988. Diqqat savolda almashtirish bor.
XX asrda Xitoyda ustiga «Balzam. Qariya Go» deb yozilgan predmetni sotib olish mumkin edi. Savol: yuqoridagi gapda qaysi harf almashtirilgan?

Javob: k
Bu Balzakning «Gorio ota» kitobi edi.

989. Filmda qahramon darhol X ni esga oladi. Yozma manbada esa avval Markaziy, Janubiy va G’arbiy shtatlarning yo’llarini kesib o’tishni ham aytadi. X ni 2 so’z bilan ayting?
Javob: Kanada chegarasi

990. Barchamizga ma’lumki, oktyabr maydoni Moskvada, Yelisey maydoni esa Parijda joylashgan. Savol: mashxur «Yangi maydon» qaysi shaharda?
Javob: Barselona
Stadion «Kamp nou»

991. Qozog’istonda 2003-yilda bir qiz dunyoga keladi. Uning otasi qiziga qanday ism qo’yish borasida uzoq o’ylanib qoladi. O’g’il farzand bo’lgandaku orzusini amalga oshirish ancha oson kechardi, uncha muammo bo’lmasdi. Biroq baribir yo’lini topadi hamda qiziga NURABINAZ deb ism beradi.
Diqqat savol: U qizini bunday nomlashiga sabab bo’lgan orzusini ayting?

Javob: Farzandini Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev sharafiga nomlash.
Izoh: O’g’li bo’lganda Nursulton deyishi mumkin edi. Ammo qiz bo’lganligi sababli prezident ismi sharifi – NURsulton ABIshevich NAZarboyevdan o’ziga xos ism yasaydi. Hozirda bu qizcha Qozog’istonda juda mashhur ekan.

992. Rossiya termasi bilan o’yindan keyin grek futbolchilaridan biri intervyusida «biz bugun yomon o’ynagan bo’lsakda, muhlislarimizga X ni tuhfa eta oldik» deb aytadi. Savol: Zigmund Freyd kimda shaytoniy go’zallikka ega X ni ko’rganini aytadi?
Javob: Mona liza
X – tabassum

993. Yaponlarda shunday gap bor: Har qanday ayol uzoqdan, qorong’uda va … da chiroyli ko’rinadi. Nuqtalar o’rnida ishlatilgan predmetni tashqaridan olib kiramiz. Diqqat savol: Yaponlar fikricha, ayol yana qayerda chiroyli ko‘rinadi?
Javob: Soyabon ostida!
Izoh: Soyabon yapon ayollari madaniyatining muhim attributi hisoblanadi!

994. Jiyanim endi savod chiqarayotganda shunday deb qoldi: M harfi ,,ha-ha» ga, A harfi esa ,,ha-yo’q» qa o’xsharkan. Diqqat savol: U o’z fikrini qanday isbotlagan?
Javob: Agar boshingizni ikki marta ,,ha-ha» deya silkitsangiz, havoda M harfi, ,,ha-yo’q» deb silkitsangiz, A harfi hosil bo’ladi!

995. Amerikadagi huquqiy tashkilotlardan biri tomonidan shu tashkilot xizmatiga ishga kirmoqchi bo’lgan nomzodlarga quyidagicha test taklif qilisharkan:
Akula va uning atrofida uch kishi suzib yurgani tasvirlangan surat ko’rsatiladi. Rasmda birinchi odam – hech qanday qurollanmagan, lekin juda baquvvat, ikkinchisi – ozg’in va kuchsiz, lekin qo’lida o’tkir pichog’i bor, uchinchisi – baquvvat va suv ostida otadigan quroli bor. Rasm asosida shunday savol berilgan: Siz qaysi biri bilan sheik bo’lishni xohlar edingiz?
Deyarli barcha ishga kiruvchilar noto’g’ri javobni berishgan.
Diqqat savol: To’g’ri javob qaysi?

Javob: Akula bilan.

996. Tog’ay Murodning bir asari qahramoni ot sotib olish jarayonida bir yetti yashar otni tekshirib ko’rib uning xosiyatli, yaxshi ot ekanligini aytib sotib oladi. Asarda ta’kidlanishicha aslida otning xosiyatli ekanligini besh yoshdan keyin bilish mumkin ekan. Milliy o’yinlarimizdan bo’lmish ko’pkarida ham besh yoshdan o’tgan otlar chopishi mumkinligi shundan dalolat beradi.
Diqqat savol: otning xosiyatliligini aynan besh yoshidan keyin qanday qilib bilish mumkin?

Javob: Oziq tishi yo’qligidan.
Izoh: aslida otning oziq tishi besh yoshida chiqishi kerak. Asar qahramoni yetti yashar otni tekshirganida oziq tishi yo’q bo’ladi. Chiqsa besh yoshda chiqar edi, chiqmaganmi demak endi chiqmaydi, degan xulosa bilan otni sotib oladi. Chunki oziq tishsiz ot xosiyatli ot bo’ladi.
Manba: «Ot kishnagan oqshom» qissasi.

997. Kreml minoralaridagi mashhur qizil yulduzlar 80 yillik tarixi davomida ikki marotaba o‘chgan ekan. Birinchisi Buyuk Vatan urishi paytida (dushman aviatsiayasi ko‘rmasligi uchun), ikkinchi marta esa 1996-yilda bir kishi iltimosi bilan (ma’lum maqsadni ko‘zlagan). Savol: bu kishining kasbi nima bo‘lgan?
JAVOB: Kinorejissyor
IZOH: Buyuk Vatan urishi haqida film olayotgan rejissyor Nikita Mihalkov tarixiy aniqlikni ko‘zlagan va Kreml yulduzlarini o‘chirishga ruxsat olgan.

998. Kunlardan birida kutilmaganda keksa usta anchadan buyon shogirdlik qilib kelayotgan bir guruh o‘spirinlarga ilk marotaba, beshikning qo‘lbovlari kiygizib qo‘yiladigan yontayoqlarini tayyorlash uchun, uzun va ingichka yog‘och navdalarini olib kelishlarini buyuribdi. Yigitchalar har tomon chopishib, har xil daraxtlarning uzun navdalarini yo‘nib, tarashlab keltirishibdi. Ustoz shogirdlaridan birma bir yog‘ochlar qanday daraxtdan ekanligini so‘rab chiqib, ularni yaroqli yaroqsizga ajratibdi. Oqsaqol tut daraxti navdasidan yontayoq tayyorlagan shogirdiga, “O‘sha daraxtni menga ko‘rsatasan”, debdi. Faqat shu holatda xulosa chiqarishga ikkilangan usta haligi shogirdi bilan kutilmagan buyurtma uchun novdasi kesilgan tut tomon yo‘l olgan ekan.
SAVOL: Keksa usta nega hamma daraxtlardan faqat birgina tut daraxtini borib ko‘rgan?

Javob: Tut daraxtini borib ko‘rishi sababi TUTNING MEVALI YOKI MEVASIZ TURIDANLIGINI ANIQLASH EDI.
IZOH: Bor umri meva bermaydigan, ya’ni “erkak-tut”lar ham bor-da. Keksa usta, mevali yoxud mevasiz ekanligini bilish uchun, tut daraxtini borib ko‘rgan. Bilamizki beshikning yon tayoqlari mevali daraxt novdasidan qilinadi

999. Rossiyaning g’arbida sobiq SSSR davrida yashagan bir otaxon nevarasiga Ikkinchi jahon urushi voqealarini so’zlab berar ekan, shunday debdi:
«Eh, bolajonim, urush paytida juda qiyin davrlar bo’lganda… Masalan, butun urush davomida biz yashab turgan shahar besh marotaba qo’ldan-qo’lga o’tgan», – debdi. Nevarasi bundan juda hayratlanibdi. Bir ozdan so’ng nevarasi yugurib kelib: «Bobo, siz yolg’onchi ekansizku», – debdi.
Diqqat savol: Nevarasi nima uchun bobosini yolg’onchi degan?

Javob: Shahar besh marta qo’ldan-qo’lga o’tsa hozirgi paytda dushman qo’lida bo’lishi kerak edi. Otaxon shu joyida qovun tushirib qo’ygan ekanlar.

1000. Aforizmga ko’ra, qaysi biri ma’qulroq: Ikki do’stingiz o’rtasidagi mojaroni hal qilishga uringaningiz yaxshimi yoki ikki dushmaningiz o’rtasidaginimi?
Javob: Aforizm. Ikki do’sting orasidagi mojaroni hal qilishga uringandan ko’ra, ikki dushmaning orasidagi mojaroni hal qilishga uringaning yaxshi. Chunki do’stlaringiz orasiga tushsangiz, bittasidan ayrilasiz. Dushmanlaringiz orasiga tushsangiz, ulardan biri do’stingizga aylanadi!