10 sentabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌍 Butunjahon o’z joniga qasd qilishning oldini olish kuni.
🌏 Fashizm qurbonlarini xotirlash kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇰🇿 Qozog‘iston ‐ Oila kuni.
🇵🇭 Filippin, 🇪🇪 Estoniya – Bobo-buvilar kuni.
🇺🇸 AQSh, 🇨🇦 Kanada ‐ Milliy bobo va buvilar kuni.
🇬🇾 Gayana – Amerika merosi kuni.
🇹🇲 Turkmaniston – Baxshilar kuni.
🇱🇻 Latviya ‐ Otalar kuni.
🇩🇰 Daniya ‐ Fyord kuni.
🇦🇺 Avstraliya ‐ Barqaror uy kuni.
🇹🇯 Tojikiston ‐ Yo’l ishchilari kuni.
🇭🇳 Gonduras – Bolalarni himoya qilish kuni.
🇨🇳 Xitoy – O’qituvchilar kuni.
🇺🇦 Ukraina – Tabiiy gaz va neft sanoati xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya ‐ Tank ekipaji kuni.
🇬🇮 Gibraltar – Milliy kun.
🇧🇿 Beliz – Milliy kun.

👉 10-SENTABRDA SODIR BO’LGAN VOQEALAR:

  • Mil av. 587 – Bobil shohi Navoxudonasor II ning buyrug’i bilan Quddus ibodatxonasi va saroyi yoqib yuborilgan.
  • 627 – Gugenotlarning La-Rosheli qamali.
  • 1509 – Tarixda “Kichik qiyomat” degan nom olgan Istanbul zilzilasi. 10 mingdan ortiq qurbon.
  • 1721 – Buyuk Shimoliy urushni yakunlovchi Nishtadt shartnomasi imzolandi.
  • 1835 – Germaniyada birinchi temir yo’l ochildi
  • 1855 – Qrim urushi: Sevastopol bosib olindi.
  • 1875 – Qo’qon rus qo’shinlari tomonidan bosib olindi.
  • 1919 – Sen-Jermen saroyida Sen-Jermen tinchlik kelishuvi imzolandi.
  • 1939 – Kanada Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi.
  • 1960 – Bag’dod konferensiyasida (10-14 sentyabr) Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) tashkil etildi.
  • 1977 – Qotillikda ayblangan tunislik muhojir Hamida Jandubi Fransiyada gilyotina bilan qatl etilgan oxirgi jinoyatchi bo’ldi. To’rt yildan keyin o’lim jazosi quroli sifatida gilyotina ta‘qiqlanadi.
  • 1984 – DNK noyobligi – “genetik izlar” kashf etilgan.
  • 1984 – Anatoliy Karpov va Garri Kasparov o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha jahon cheimpioni unvoni uchun musobaqa boshlanib, u rekord muddat – 5 oy davom etgan.
  • 1992 – O‘zbekiston va Laos o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatidi.
  • 1993 – Toshkent shahridagi “Bahor” konsert zalida Mukarrama Turg’unboyeva muzeyi ochildi.
  • 1996 – BMT Yadro sinovlarini har tomonlama taqiqlash to’g’risidagi shartnomani tasdiqladi.
  • 1994 – Toshkentda O‘zbekiston – Germaniya do‘stlik jamiyati tuzildi.
    -2002 – Shveytsariya davlati BMT ga a’zo boʻldi.
  • 2007 – Badarg’adan qaytgan Pokiston Bosh vaziri Navaz Sharif takror deportatsiya qilindi.
  • 2008 – Eronning Bender Abbas shahrida 7.5 magnitudali yer silkinishi kuzatildi.

👉 10-SENTABR SANASIDA TAVALLUD TOPGAN MASHHURLAR:

  • 1708 – Kantemir Antiox (1744) – rus shoiri va dip­lomati.
  • 1713 – Jon Terbervill Nidxem (1781) – ingliz tabiatshunosi, abiogenez nazariyasi tarafdori.
  • 1839 – Charlz Sanders Pirs (1914) – amerikalik faylasuf, mantiqchi, matematik, pragmatizm va semiotika asoschisi.
  • 1855 – Robert Iogann Koldevey (1925) – nemis arxeologi, Vavilon qoldiqlarini topgan.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1892 – Kompton Artur Xolli (1962) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1927).
  • 1915 – Toshmuhammad Sarimsoqov (1995) – matematik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1943), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960), Mehnat Qahramoni (1990). 
  • 1918 – Rahmat Fayziy (1986) – taniqli adib, O’zbekiston xalq yozuvchisi (1978), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968).
  • 1924 – Kamolov Sobir – tarixchi, O’zbekiston va Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi.
  • 1937 – Jared Diamond – amerikalik geograf, tarixchi, ornitolog.
  • 1939 – Qidirboy Soipov (1972) – teatr rassomi, Qoraqalpogʻistonda (1965) va Oʻzbekistonda (1969) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi.
  • 1943 – Musaxonov Mirzayusuf – fizik olim, O’zbekiston FA akademigi (1995), fizika – matematika fanlari doktori (1982), professor (1982). 
  • 1955 – Larisa Dolina – sovet va rus estrada va jaz ijrochisi, aktrisa, RF xalq artisti.
  • 1976 – Gustavo Kuerten – braziliyalik tennischi, dunyoning sobiq birinchi raqamli raketka ustasi.
  • 1987 – Madina Mamat – uygʻur millatiga mansub xitoylik aktrisa.
  • 1990 – Oʻtkirjon Nigʻmatov – oʻzbek dzyudochisi – paralimpiyachi, 66 kg gacha vazn toifasida ishtirok etgan.
  • 1994 – Ylena Velez – amerikalik moda dizayneri va rassomi.