14 fevral kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni.
🌏 Sevishganlar kuni.
🌏 Butunjahon bonobo kuni.
🌏 Fransuz tili tug’ilgan kun.
🌏 Tug’ma yurak nuqsonlari haqida xabardorlik kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Milliy donor kuni.
🇮🇪 Irlandiya – Chekish taqiqlangan kun.
🇺🇸 AQSh – Oregon va Arizona shtati kuni.
🇰🇵 Shimoliy Koreya – Generalissimo kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy qora savodxonlik kuni.
🇱🇧 Livan – Rafik Haririyni xotirlash kuni.
🇫🇮 Finlandiya – Do‘stlar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 842 – Fransuz tilining tug’ilgan kuni: Germaniyalik Lyudovik II va Karl II roman tili (eski fransuz) da Strasburg qasamyodini qabul qilishdi.
  • 1009 – Litva toponimining birinchi bor tilga olinishi.
  • 1718 – Pyotr I o’g’li Alekseyni taxt vorisining huquqlaridan mahrum qildi.
  • 1834 – Lionda to‘quvchilarning ommaviy qo‘zg‘oloni boshlandi.
  • 1836 – Lemandagi yongʻinda 120 kishi halok boʻldi.
  • 1879 – Selitra urushi: Chili qo’shinlari Boliviyaga hujum qilishdi.
  • 1892 – D.I. Ivanovskiy viruslarni infeksiyaning etiologik omili sifatida kashf etdi, bu virusologiyaga asos soldi.
  • 1918 – Sovet Rossiyasida Grigorian taqvimi (yangi uslub) joriy etildi.
  • 1919 – Millatlar Ligasining Nizomi tasdiqlandi.
  • 1945 – AQSh tomonidan Praganing bombardimon qilinishi.
  • 1946 – AQShda haqiqatan ishlovchi birinchi elektron kompyuter ENIAC ishga tushirildi.
    -1949 – Isroilda knessetning birinchi majlisi.
  • 1956 – Stalin shaxsiga sigʻinish fosh etildi.
  • 1961 – 103-element – lourensiy kashf qilindi.
  • 1989 – Salmon Rushdiy „Shayton sheʼrlari“ nomli romani uchun oʻlim jazosiga hukm qilindi.
  • 1992 – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibida Mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qo‘shinlari tashkil etildi.
  • 1995 – Borland Delphining birinchi namunasini namoyish qildi.
  • 2005 – YouTube xizmati yaratildi.
  • 2006 – Shimoliy Vaziriston hududida  tolibonlar tomonidan Vaziriston Islom davlati e’lon qilindi. Keyinchalik tolibonlar Janubiy Vaziristonni ham bosib olishdi.
  • 2011- Arab bahori: Baxraynda qo‘zg‘olon boshlandi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1483 – Zahiriddin Muhammad Bobur (1530) – oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda.
  • 1869 – Charlz Tomson Riz Vilson (1959) – shotland fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1927).
  • 1877 – Edmund Landau (1938) – nemis matematigi.
  • 1928 – Sergey Kapitsa (2012) – sovet va rus fizik olimi, ma’rifatparvar, teleboshlovchi.
  • 1936 – Anna German (1982) – sovet va polyak estrada xonandasi, aktrisa, bastakor.
  • 1939 – Shukrullo Mirsaidov (2012) – OʻzSSR Ministrlar soveti raisi (1990), O‘zbekiston Respublikasi vitse-prezidenti (1990-1992).
  • 1940 – Muqimov Komil – fizik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000).
  • 1943 – Omon Matjon – O‘zbekiston xalq shoiri, tajimon.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1945 – Xans-Adam II – Lixtenshteynning hozirgi knyazi (1989-yildan).
  • 1947 – Abdulhoshim Mutalov – 1992-1995-yillarda Oʻzbekiston Bosh vaziri.
  • 1962 – Adham Ahmadboyev – Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Davlat maslahatchisi.
  • 1972 – Rob Thomas – amerikalik rok artist va qoʻshiqlar muallifi.
  • 1974 – Valentina Vessali – italiyalik qilichboz, 6 karra olimpiya, 16 karra jahon chempioni.
  • 1987 – Makka Sagaipova – Checheniston Respublikasining xalq artisti.
  • 1988 – Angel Di Mariya – argentinalik futbolchi, qanot yarimhimoyachisi.