15-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

1401. Bir mashhur o’zbek kinofilmiga atab yozilgan she’rdan parchani o’qing:
Ne balolar yog’ilsa ham
Ayol beshik quchaverar.
,,Tug’moq zarur» deya ba’zi
Maddohlar lof uraverar.
Birov alla aytsa, ular
Tomog’idan bug’averar.
Lek qasdma-qasd o’zbeklarning
,,X» i ham tug’averar!
Savol: X ni bir soʻzda ayting?

Javob: Robot
izoh: gap ,,Temir xotin» filmi haqida ketmoqda edi

1402. Mashhur faylasuf Dekartning fikriga ko’ra ​​,,o’zidagi nuqsonni fazilatga aylantira bilish san’ati, ayniqsa qadrlidir.» Dekart o’zining bu fikrini aynan shu hukmdorni misol tariqasida aytish bilan o’z fikrini asoslaydi. O’ylab ko’ringchi bu qaysi hukmdor edi?
Javob: Yuliy Sezar
​​O’zidagi nuqsonni fazilatga aylantira bilish san’ati, ayniqsa qadrlidir. Tepakal Sezar boshiga doimo dafna daraxti yaprog’idan yasalgan toj kiyib yurgan.

1403. Uning aytishicha na u dunyoda, na bu dunyoda nimaiki foydali, nimaiki zararli boʻlsa – biladigan birgina u ekan.
Unga qarata «Yaxshining ham , yomonning ham tayangani – sensan, sen ikkalasiga ham birdek xizmat qilasan, istaganini topib berasan – mana shu odating yomon» degan gaplar ham aytilgan.
«u» ni toping?

Javob: Aql
Manba: Abay – » Nasihatlar kitobi»
Aql, Gʻayrat, Yurak suhbatidan

1404. XX asrning 2 – yarmida AQSH da harbiy maqsadda T13 granatalari ishlab chiqarila boshlandi. Bu granatalarni armiyada samarali ishlatish uchun AQSH qurolshunoslari xalq tomonidan ommaviy tarzda shugʻullanadigan (ishlatiladigan) bir vositani eʼtiborga olishadi.
Diqqat savol: bu vositani toping?

Javob: beysbol toʻpi
Granatalar shakl va vazn jihatdan beysbol toʻpini eslatardi

1405. Unga kuniga duch kelasiz bunga kafolat beraman.Siz demaymanu lekin unga ayrimlar shunday ehtirom qiladilarki yaqinlariga ham bunday «mehr» berishmaydi. Uni XV-XVI-asrlarda shifokorlar bir kasallikka qarshi davo sifatida tavsiya etishgan. Ammo u davo emas aksincha ekanligini hozirda barcha biladi.
Diqqat savol: Gap nima haqida ketyapti?

Javob: sigaret
izoh: Tamaki Amerikadan olib kelinganda og’izdagi noxush hidlarni yo’qotuvchi vosita sifatida yevropalik tabiblar tomonidan tavsiya etilgan

1406. Bu belgini shaklidan kelib chiqib yorugʻ, sevgi, hayot, omad soʻzlarining boshqa tildagi tarjimasidan olingan deyishimiz mumkin. Belgining nomi esa Sanskrit tilida omad tilash, tabriklash maʼnosini bildiruvchi degan maʼnoni bildirib, XX asr oʻrtalariga kelib koʻplab davlatlar undan belgi sifatida foydalanmay qoʼydi.
Davlatlar nega undan foydalanmay qoʻyishganini maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Germaniyaning 2 – jahon urishida yengilishi.
Belgi esa Svastika
Izoh: Yorugʻ – Light, sevgi – Love, hayot – Life, omad – Luck. «L» harfi.
1945–yilda Germaniyaning mag’lubiyatidan so’ng, ko’plab mamlakatlarda endi uni belgi sifatida ishlatmay qo’yishgan. SSSRda esa urushdan keyin, bolalarga «svastika» rus tilidagi 4 ta «Г» harfidan iborat deb tushuntirilib, bu o’z navbatida barcha nafratlanadigan 4 ta ismni: Gitler, Gebbels, Gering va Gimmlerni bildiradi deyishgan.

1407. Dollarning yashil rangda tovlanishi sababi juda qiziq. 1869 yilda AQSh Moliya Vazirligi Filadelfiyaning «Messers J. M. & Sox» kompaniyasiga yangi pullar chop etish bo‘yicha buyurtma beradi. Ungacha bo‘lgan davrda dollar asosan oq-qora rangda bo‘lib, faqat bir chetigina yashil rangda bo‘yalgan. X paydo bo’lishi bilan pullar osongina qalbakilashtirila boshlandi. Buning oldini olish maqsadida banknotlarga boshqa ranglar qo‘shishga qaror qilinadi. Fabrikalarda ko‘p miqdorda yashil bo‘yoqlar borligi, boshqa ranglar qo‘shimcha harajatlar keltirib chiqarishi mumkinligi uchun shu rangga zo‘r beriladi va dollar «ko‘kidan» (to‘g‘rirog‘i «yashilidan») degan yana bir sinonimga ega bo‘ladi.
Nimaning paydo bo’lishi qalbaki dollarlarni ko’paytiradi?

Javob: Fotografiya.
U paydo bo’lgandan keyin oq-qora pullarni qalbakilashtirish oson bo’lib qolgan

1408. Afsonaga ko’ra Alloh yerni yarata turib o’zidagi X ni 100 ga bo’ladi. Keyin uning 1% ni yana 100 ga bo’lib 99% foizini u insonga qolgan 1% ni esa butun jahonga yoyib yuboradi. U insonning kimligini topgan bo’lsanggiz, X ning necha bahoga baholanganligini ayting?
Javob: 17 dirham
Izoh: X – husn, u inson – Yusuf alayhissalom ma’lumki o’z husnidan kibrlangani sabab qul qilingan va husni arzimagan bahoga baholangan.

1409. 1.Biz doim U ning kelishini kutamiz, aslida esa u kelmaydi faqat ketadi.
2. Mehmon keladigan kabi uyingni, X keladigan kabi qalbingni ozoda tut.
U va X ni toping?

Javob: U – vaqt , X – Oʻlim

1410. Bu ishni qilish hozir har kimning ham qo’lidan keladi, biroq bu ishni qilish ulardan uchtasining qo’lidan kelmaydi, bu ish nimaligini bilgan bo’lsanggiz sizdan bu ishni qila olgan ulardan to’rtinchisining kimligini ayting?
Javob: Azroil
Izoh: bu ish – yerdan tuproq olish ular – farishtalar Jabroil, Mikoyil, Isrofil yerning iltimosiga binoan undan tuproq olmay qaytadilar

1411. Windowsda aynan shu so’z bilan papka ochib bo’lmaydi, chuki bu so’z Bill Geytsning bolalikdagi laqabi bo’lgan. Yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki bu so’z ispan tilidagi bir predlog bilan bir xil.
O’sha so’zni ayting?

Javob: «con» bu ispan tilida ,,bilan» degan ma’noni anglatuvchi predlog hamdir

1412. Bir karikaturaga ko’ra ikki barzanggi Shashka o’ynab o’tirgani tasvirlangan. Meni diqqatimni jalb qilgan narsa barzanggilar emas, ular o’ynayotgan shashka o’yinidagi donachalarda edi.
Ular o’ynayotgan donachalar «X» ko’rinishida. Biz ta’riflayotgan «X» ni chamasi 10 yillar ilgari boshlang’ich narxi 300$ dan boshlanar edi. Eng aimmat sotgan odam 7000$ gacha sotgan.
Diqqat savol : «X» ni bir so’z bilan maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Gira

1413. Quyida sizga donishmandlarning x haqida aytgan gaplarini sanab oʻtamiz.
1. X ning ortidan quvma, uni qarshi ol
2. Menga ustuvor hislatlaringizni gapirish shart emas, x ni nimaga sarflayotganizni koʻrsating, men oʻzimular haqida aytib beraman.
3. Bazilar x tugagandan soʻng x haqida oʻylashadi
Xni toping?

Javob: pul

1414. 2017-yil 10-martda u dunyo yuzini ko’rdi.O’shanda uning xajmi 144×78 edi. Bu ko’rsatkich agar o’zgartirmasangiz o’zgarmaydi.U undan oldin chiqqan akalariga nisbatan juda qadrlanadi lekin ukasiga nisbatan ancha past baho berishadi.
Diqqat savol: «u»ni toping?

Javob: 10000 soʻmlik!

1415. Eng yaxshi hadya, hadya berayotgan kishingizda yo‘q narsadir. SHunday ekan Allohga berilgan eng yaxshi «hadya»ni toping?
Javob: ojizlikni izhor qilish

1416. Dunyo siyosatdonlari oʻrmondagi maymunlarga oʻxshashadi. Urushib qolishsa ekinzorni payhon qilishadi. Kelishib qolganlarida esa….
Gapni davom ettiring?

Javob: Hosilni yeb qoʻyishadi

1417. Qiziq bu roʻyxatda ayollarni, bolalarni, onalarni yosh-u qarilarni koʻrishimiz mumkin. Bu roʻyxatda ularning ijtimoiy ahvoli, sogʻlom va obod turmushi haqida ham gap ketgan. Ammo meni etiborimni tortgan narsa bu yerda erkaklar haqida alohida gapirilmagan. Balki qachondir bunga ham guvoh boʻlarmiz.
Diqqat savol gap nima haqida ketayotganini toping?

Javob: Yurtimizda eʼlon qilingan yil nomlari

1418. Qiziq bu roʻyxatda ayollarni, bolalarni, onalarni yosh-u qarilarni koʻrishimiz mumkin. Bu roʻyxatda ularning ijtimoiy ahvoli, sogʻlom va obod turmushi haqida ham gap ketgan. Ammo meni etiborimni tortgan narsa bu yerda erkaklar haqida alohida gapirilmagan. Balki qachondir bunga ham guvoh boʻlarmiz.
Diqqat savol gap nima haqida ketayotganini toping?

Javob: Yurtimizda eʼlon qilingan yil nomlari

1419. Institutga ketayotib shahrimizdagi «Alo Taksi» xizmatidan foydalanaman.
Qulayliklari koʻp: Uydan chiqishingiz bilan tashqarida taksi kutib turishi, narxni arzonligi bundan tashqari hazilkash haydovchilarning latifalari.
Oʻsha latifalardan birini sizlarga aytishga qaror qildim.
Bir kuni taksida qoʻrqoq, hayolparast va ziqna odam ketayotishsa, birdan taksi yonidan boshqa mashina kelib urilibdi. Shu payt taksi mashinasi joyida aylana boshlabdi, haydovchi mashinani toʻxtata olmay sarosimada…
Qoʻrqoq:
— Voy-dod! Toʻxtang mashinani! – deb baqira boshlabdi.
Hayolparast haydovchiga:
— Ie, shoshmay turing! Selfivideo qilib olay! – debdi.
Ziqna esa: ………
Diqqat savol ziqna odam nima deganini toping?

Javob: Kilometr hisoblagichini oʻchirmaysizmi?

1420. Bu jonzotlarda ham ularning o’ziga xoslik jihatlari insonlarning barmoq izlari singari takrorlanmas bo’larkan. Statistik ma’lumotlarga qaraganda Amerikada bu jonzot yovvoyi tabiatdagidan ko’ra ko’proq saqlanar ekan.
Bu qaysi jonzot?

Javob: Yoʻlbars

1421. Mashhur minyaturachi Eduard Kazaryan balandligi 1.5 mm ga teng traktor modelini yaratdi. Ijodkor monument postamenti sifatida bugdoy donidan foydalangan. Ammo afsuski korgazma vaqtida monument postamentdan tushib ketgan.
SAVOL: Buning sababini toping?

Javob: Bugʻdoy oʻsib chiqadi!

1422. Bolakay dadasi tamaki chekmoqchi boʻlsa qoʻrqardi. Chunki dadasi ehtiyotsizlik tufayli bu ishni qilib qoʻyishi mumkin edida. Albatta bolaning xavotiri oʻrinli.
Bu ishni qilishda qatnashadigan «u»ni bir kishining mushugini dumiga oʻxshashini ham hisobga olib bu ishni ayting?

Javob: moʻylovini yoqib yuborish.
U – moʻylov.
Manba: Oʻtkir Hoshimov «Ikki eshik orasida»

1423. Boshqa ko»plab kaltakesaklardan farqli o’laroq gekkonlar ovoz chiqara olishadi. Ular pishshilashi, baqirishi yoki chigirtkadek sayrashi mumkin.
Javob savolni oʻzida ekanidan foydalanib gekkonning osiyoda keng tarqalgan turi asosan qanday ovoz chiqarishini toping?

Javob : Gekkon 
Izoh : Kaltakesak taqlid so’zdan o’z nomini olgan.

1424. Viktor Gyugoning yozishicha, U – qullikning boshlanishi. AQShda u faqatgina XIX asrning 35-36 yillarida bo’lmagan ekan. Uni bir so’z bilan ayting?
Javob: qarz
Izoh: AQSh aynan shu yillarda davlat qarzlarisiz davrni kechirgan.

1425. «Har kim dunyoni oʻz koʻzi bilan koʻradi» degan bir hazil karikaturada bir hayvon bir nechta rasm chizardi. Tabiat manzaralari tasvirlangan bu rasmlarning hammasida «sabzi» bor edi. Ammo aslida bu «sabzi» bu yerda ortiqcha edi.
Diqqat savol bu hayvonni toping?

Javob: Karkidon

1426. Haqiqatlar Xda tug’iladi, degan gap shunchaki emas. Ammo ijobiy natijaga erishish uchun Xdan qochish lozim — hattoki qarshi taraf bilan fikringiz o’xshash bo’lsa ham. X o’z-o’zingizda yashiringan xunuk fe’llarni oshkor qilish hamdir.
X ni toping.

Javob: Bahs

1427. Ba’zi manbalarga koʻra «X» bir xon nomidan olingan ekan. Boshqalarning aytishicha qadimda oʻzlarini erkin, hech kimga boʻysinmas deb bilganlar «X»ni oʻzlariga nom qilib olishgan.
X ga Y ni qoʻshib yozsak esa oxirgi 10 yillikda tanazzulga yuz tutgan, sifatsiz va deyarli bir xil mahsulot chiqarib tanqidlarga uchrayotgan yurtimizdagi «fermer xoʻjaligi»ning nomi kelib chiqadi.
«XY»ni ayting?

Javob: O’zbekfilm
X – bu oʻzbek atamasi. Y esa film. Oʻzbekfilm tomonidan ishlangan filmlardan esa oʻzingizni xabaringiz bor

1428. Bu jonzot 69-70 yilgacha umr koʻrishi mumkin. Ammo buni oʻziga yarasha qiyinchiligi bor. 39-40 yoshga toʻlganda u «qarilik»ni boshdan kechiradi. Uning bazi aʼzolari qayrilidi, oʻtmaslashadi ,ogʻirlashadi. 140-150 kunlik transformatsiyalanishni ijobiy tarzda yakunlasa yana avvalgi holatda boʻladi.Transformatsiya jarayonida qayrilgan aʼzosini tosh orqali «toʻgʻri»lar ekan. «Toʻgʻrilangan» aʼzo oʻsib chiqgandan soʻng u orqali oʻtmaslashish va ogʻirlashishni bartaraf etadi.
bu jonzotni koʻplikda yozib bering?

Javob: Burgutlar
Burgutning tumshugʻi – qayriladi, tirnoqlari oʻtmaslashadi, patlari ogʻirlashadi. Tumshugʻini toshga urib sindiradi va yangisi oʻsib chiqgandan soʻng oʻtmaslashgan tirnogʻini, ogʻirlashgan patlarini olib tashlaydi.

1429. Roʻyhatga eʼtibor bering!
?Chelsi
?Bekzodlar
?Bayron va Antuan De Sent Ekzyuperi
Umumiylikni inglizcha soʻzda yozib bering?

Javob: Aristocrats ?
Aristokratlar Chelsi klubining laqabi, Bekzod aristokrat bilan bir maʼnoda. Biz esa bu ismni koʻplikda yozdik.
Bayron va Ekzyuperi Aristokrat oilasida dunyoga kelishgan.
Umumiylik Aristokratlar edi bu soʻzning inglizchasi esa Aristocrats.

1430. 7 raqami ancha sirli va maʼnoli raqam. 7 qavat koʻrpacha, 7 moʻjiza 7 qavat osmon va hakazo. Bazilar Ronalduga taqlid qilib 7-raqamli fudbolka olishadi. Bir davlat esa aholisining qarindoshlari qoʻshni mamlakatda koʻpligi sababli x uchun 7 ni olgan ekan.
Bizda X 9 dan boshlanishini hisobga olib X ni ayting?

Javob: Xalqaro telefon raqam kodi (Telefon raqami ham qabul)
Izoh: Rossiyaning xalqaro telefon raqam kodi +7 bilan boshlanadi. Qozogʻiston esa Rossiyaga qoʻshniligi va mamlakatda Rossiyada qarindoshi bor koʻplab rusiyzabonlar yashashini hisobga olib +7 kodini olgan ekan. Bizda +998

1431. Yomon illatli kishilar oʻz illatlarini fazilat deb bilarkanlar
-Uyatsiz oʻzini erkin
-Chaqimchi oʻzini nasihatgoʻy
-Magʻrur oʻzini oʻziga ishongan
Diqqat savol baxil oʻzini qanday deb oʻylashini toping?

Javob: Tejamkor

1432. Kuz fasli. Shanba. Hafta yakuni. 1 haftalik oʻqishdan soʻng yoʻlda hayol surib uyga qaytar ekanman nogohon bir hodisaga koʻzim tushdi.
Suvni pastdan tepaga oqishini avvallari hech koʻrmagan ekanman yoki eʼtibor bermaganman. Bu ham bir tabiat va inson kashfiyotini birgalashib qilgan ishida)
Diqqat savol: bu hodisani qayerda uchratishimiz mumkin.
Yordam sifatida shuni aytolamanki bu fontan yoki buloq emas?

Javob: mashina oynasida
Izoh: Kuz faslini barchamiz bilamizki yomgʻirli va shamolli boʻladi. Mashina katta tezlikda ketayotganda mashina oynasiga tushgan yomgʻir tomchilari tepaga qarab harakatlana boshlaydi. Agar kimdir koʻrmagan boʻlsa uzr?‍♂

1433. Bu qaychilarga yaxshilab eʼtibor bering va ulardan nima maqsadda foydalanilganini toping.?

Javob: Bu qaychilardan XIX asr oʻrtalarida kindikni kesishda foydalanishgan

1434. Hozirgi zamonda qandaydir falokat boʻlsa yordam berish oʻrniga video oluvchilar koʻpayib ketgan. Aynan shu mavzuga aloqador » X hozirgi zamonda sodir boʻlganda» deb nomlangan karikaturada «X» ga aloqador «suzuvchilar» “X”ni tasvirga olmoqda. Goʻyoki oʻzlariga yordam kerak emasdek….
Diqqat savol: X qaysi voqea ekanini ayting?

Javob: X – Titanik fojeasi

1435. Asardan!
….Boʻyning ogʻrib ketgani bilan ishi yoʻq. Boʻyning ogʻrigani ham mayli burningni tortaverib charchaysan. Nuqul boshingni egaverganingdan keyin burun oqadida.
Diqqat savol: yuqoridagi parchani oʻqib yoshligimizga qaytgan holda ushbu voqea qayerda sodir boʻlganini ayting?

Javob: Sartaroshxonada
Manba: Oʻtkir Hoshimov – «Ikki eshik orasida» asari

1436. Informatika darsida oʻtiribmiz. Oʻqituvchi Excel dasturida formulalar bilan ishlashni oʻrgatmoqda.
Oʻqituvchi: ushbu formulada A1 va B1 yacheykalardagi (katakchalardagi) ismlarni belgilaysiz, C1 yacheykada esa ikki ism birlashgani paydo boʻladi.
Bizni davrimizda esa buni natijasi Ng boʻlar edi dedi. Sinf yengil kuldi…
Diqqat savol ng harfi oʻrnidagi harfni toping?

Javob: L (S) javobi ham qabul
Izoh: koʻpchiligimiz O+K=L yoki Otabek + Kumush = Love koʻrinishidagi yozuvlarni koʻrganmiz, hattoki oʻzimiz ham yozganmiz. Oʻqituvchi esa Ismlarni qoʻshib tenglashdan oʻsha Love dagi L kelib chiqishini nazarda tutdi.

1437. Kamayuvchi, ayriluvchi va ayirmaning yig’indisi 25 ga teng.
Kamayuvchini toping.?

Javob: Kamayuvchi 12,5.
Sababi ayriluvchi+ayirma=kamayuvchi.

1438. Savol: Mutaxassislarning fikricha, ozishni istovchi insonlar quyidagi mashqni muntazam bajarib turishlari kerak ekan: boshlarni avval o’ng tomonga , keyin esa chap tarafga buramiz va yana bir necha marta. Ayting-chi, ijobiy natijaga erishishimiz uchun ushbu mashqni qaysi paytda bajarishimiz kerak?
Javob: Taom taklif qilishgan vaqtda
(izoh: «yo’q» ma’nosida bosh chayqash)

1439. Edvard Munkning afsonaviy kartinasining haqiqiy nomi «Qichqiriq» aslida «Tabiat qichqirig‘i» (Scream Nature) deb nomlanadi. Rassom o‘z kundaligida yozadi:
«… to‘satdan osmon qizil-qon kabi tusga kirdi. Men o‘zimni charchagan his qilib, devorga suyanib qoldim. Shundan keyin moviy-qora shahar va fiord ustidagi qon hamda alangaga ko‘zim tushdi…» Keyinroq esa rassom buni quyidagicha izohlagan: «Meni aslida 1883-yilda uyg‘ongan X dan ilhomlandim degan. Diqqat savol Rassom nimadan ilhomlangan?

Javob: Krakatau vulqoni

1440. Savol: Yaqinda el sevgan qiziqchimizdan ajoyib latifani eshitib rosa kulibman. Aytishicha, hasis odamlar uylariga mehmon kelmasligi uchun UNI ishlatisharkan. Odamlarimizning «choyimda mehmon kelyapti» degan irim-sirimidan kelib chiqib aytingchi, hasislar nimadan foydalanarkan?
Javob: Avaz Ohunning aytishicha paketchali choydan.

1441. Meksika, Misr va Indoneziya. Tarixan qaralganda bu hududlarni deyarli bir xil davrdagi , deyarli bir xil Ular birlashtiradi. Sirli tasodif. Savol: Ular nimalar?
Javob: piramidalar

1442. Savol: Bitta yapon ertagida suv osti podshosi maymunni yeyishni xohlaydi, uni bundan bitta sakkizoyoq ogohlantirib qo‘yadi. Natijada, o‘sha maymun qochib ketadi. Buning uchun podshoning xizmatkorlari o‘sha «og‘zi bo‘sh» sakkizoyoqni qattiq jazolashadi. Ushbu ertak esa «Nega sakkizoyoqda U yo‘q» deb nomlanar ekan. Diqqat savol: Uni toping?
Javob: «Nega sakkizoyoqda SUYAK yo’q».
Izoh: Suyaksiz tili sakkizoyoqni qattiq jazoga mubtalo qilgan. Uni shunchalar qattiq kaltaklashibdiki, barcha suyaklari yo’qolib ketibdi. Balki,sakkizoyoqlar suyaksiz bo’ladi degan fikr shundan paydo bo’lgandir.

1443. Savol: Aytishlaricha, yapon erkaklari ayollarning unchalik ham ko‘nglini olavermas ekanlar. Shunaqa xazil ham bor: «Agar erkak BUNI QILSA – demak, uchrashuvdan so‘ng u dafn ma’rosimiga boraverar ekan». «NIMA QILISH» nazarda tutilmoqda?
Javob: Gul sovg’a qilish ! ?

1444. Savol: «Gindenburg» dirijablida, agar ushbu qurilma yo‘lovchilarda bo‘lsa, o‘sha qurilma ulardan tortib olingan. Shunaqa qurilmaning yagona «qonuniy»si havo shlyuzi orqali o‘tiladigan alohida xonada joylashgan edi. Diqqat savol: Ushbu xonada nima bilan shug‘ullanishgan?
Javob: Tamaki chekishgan!
Izoh: Dirijabldagi chekish uchun mo‘ljallangan yagona zajigalka o‘sha alohida xonada bo‘lgan. Dirijabllar gaz bilan to‘ldirilganligi tufayli maxsus xonadan boshqa joyda chekishga ruxsat berilmagan.

1445. Savol: Yuqori Misrda Uni tayr al-jannat, ya’ni «jannat qushi» deb atashadi. Ularning yo‘qolishini esa shunday tushuntirishadi: har yili Olloh Uni o‘zi bilan in qurishi va qo‘shiq kuylashi uchun ola ketar ekan. Diqqat savol: Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Qaldirg‘ochlar!
Izoh: Qaldirg‘ochlar Afrikada qishlashadi, in qurish uchun esa ular shimolga uchib ketadilar.

1446. Savol: II jahon urushi vaqtida Yapon qo‘shinlari Xitoyning Layshun shahriga bostirib kirib, uning barcha tinch aholisini qirib tashlashgan. Faqat bir nechta o‘n kishini Ular sifatida tirik qoldirishadi. Bitta o‘zbek romanida ham Ular haqida shunday jumla uchraydi: «Ular qari kishilarning enagasidir». Diqqat savol: Ularni aniq yozib bering?
Javob: Go‘rkovlar!
Izoh: Tog‘ay Murodning «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romanida, go‘rkov qari odamning enagasidir degan jumla uchraydi.

1447. Savol: Germaniya kansleri Bismark o‘lganidan, bir necha soat o‘tib, uning tanasi joylashgan xonaga ikki nafar kishi ruxsatsiz kirib olishadi. Negativ harakatni amalga oshirib, ular gazetada e’lon berishadi. Diqqat savol: Yuqoridagidek kishilarni qanaqa umumiy nom bilan atashadi?
Javob: Paparatsi!?
Izoh: O‘lgan odamni ruxsatsiz suratga olish tom ma’noda negativ harakat hisoblanadi. Fotograflar e’lon orqali gazetalarga suratlarni qimmatroqqa pullashgan, ammo politsiyaning aralashuvi tufayli qamoqqa tishishgan. Bu kishilar mashhur shaxslarning hayotlarini, ularning rozilik va istaklarisiz suratga tushiruvchi fotomuxbirlar hisoblanadi. Ushbu atamaning kirib kelishiga Federiko Fellini sababchi bo‘lgan. U «Shirin hayot» kinofilmida asosiy qahramon sifatida Paparatstso ismli fotomuxbirni suratga olgan.

1448. Savol: Bir kuni mashhur rus sarkardasi Suvorov bitta sabotsiz ofitserni kabinetiga chaqirtirib, uning yovuz dushmani borligini aytadi va ofitserdan BUNI QILISHni so‘raydi. O‘tgan asrning o‘rtalarida BUNI bir mashhur kishi ham qilganini hammamiz ko‘rganmiz. Diqqat savol: Aynan nima qilish nazarda tutilmoqda?
Javob: Tilini ko‘rsatish!?
Izoh: Suvorov bu sabotsiz ofitserning yovuz dushmani – bu uning tili deb hisoblagan. Albert Eynashteyn esa 1951-yili tushgan o‘zining eng mashhur suratida tilini chiqarib turibdi.

1449. Savol: 1940-yilning qishida havo harorati 40 gradusdan pastga tushganida, Ular tez-tez og‘izlarini qor bilan to‘ldirib turishgan. Ular kimlar?
Javob: Snayperchilar!
Izoh: Og‘izdan chiqqan bug‘ dushmanga bilinib qolmasligi uchun.

1450. Savol: Ularning soni oltita aslida paydo bo’lganda beshta bo’lgan fizika, kimyo, tibbiyot, iqtisodiyot, adabiyot siz ularni oltinchisini yaxshi bilasiz va uni toping?
Javob: «Tinchlik»

1451. Savol: Ushbu mamlakatning ramzlari azaldan 5 ta hayvon hisoblanadi. Bular: ot, echki, qo‘y, tuya va yak. Diqqat savol: O‘sha mamlakatni yozib bering?
Javob: Mo‘g‘uliston!
(No comment)

1452. Savol: Bu film AQSHda turlicha talqin etilgan. Oq tanli aholi uni sohibjamol va maxluq tarixi bilan bog‘liq qo‘rqinchli film sifatida tomosha qilgan. Afro-amerikaliklar esa unda ajdodlarining og‘riqli taqdirlarini eslatib turuvchi hikoyani ko‘rishgan. Gap qaysi film haqida ketmoqda?
Javob: «King-kong» filmi.?

1453. Savol: Ba’zi xitoyliklar u yerda dolchin daraxtlaridan iborat o‘rmonzorni ko‘rishsa, yevropaliklarga ular hovuzcha bo‘lib ko‘rinar ekan. Aynan qayerda?
Javob: Oyda!?
Izoh: Biz esa Oydagi qora dog‘larni dengizlar deb ataymiz.

1454. Savol: Parij botanika bog‘i ushbu bayramga taklif qila turib, tashrif buyuruvchilarga o‘zlari bilan qoshiq va pichoq olib kelishlarini ta’kidlar ekan. O‘sha bayram nomini toping?
Javob: Xellouin!?
Izoh: Bu asboblar yordamida tashrif buyuruvchilar qovoqni kesib va o‘yib kerakli shaklga keltirishlari mumkin.

1455. Savol: Mashhur angliyalik darvozabon Piter Shilton 1990-yillarning o‘rtalarida o‘tkazilgan o‘zining xayrlashuv matchiga Uni taklif qilishni qat’iyan rad qilgan. Darvozabon aynan kimni taklif qilishni rad qilganini toping?
Javob: Diego Maradona!
Izoh: Aynan o‘sha «Xudoning qo‘li» bilan urilgan deya atalgan golni Maradona Shilton qo‘riqlagan Angliya termasi darvozasiga urgandi.

1456. Savol: Pyotr I boshqaruvi davridagi rus izvoshchilari dengiz ortidan keltirilgan ushbu mahsulotni tashishga ko‘plab chegirmalar qilishgan: ular ushbu mahsulotni tashigan otlar so‘zsiz sog‘lom bo‘ladi, deb hisoblashgan. Diqqat savol: O‘sha mahsulotni toping?
Javob: tamaki!
Izoh: Bir tomchi nikotin otni o‘ldiradi degan gapni eshitgandirsiz. Ular esa shunchaki, bu gapni o‘sha vaqtlarda hali bilishmagan.
P.s: «Chekish sog‘liq uchun zarar».

1457. Savol: Ikkinchi Jahon urushi yillarida Melburn shahrining chekkasida ishlab chiqarilgan bitta qiruvchi samolyot o‘ziga xos uchish sifatlariga ega bo‘lgan. Ushbu qiruvchilar janglarda kamdan kam hollarda zarar ko‘rgan. Shundan kelib chiqib, ular bitta laqab bilan atalgan. Diqqat savol: O‘sha laqabni siz ayting?
Javob: Bumerang!
Izoh: O‘ziga xos uchish sifatiga ega bo‘lgan Avstraliyaning «Bumerang» nomli qiruvchi samolyotlari aerodromga qaytib kelavergan.

1458. Savol: Hozirda ba’zi supermarketlarda bu moslamalar aravachalar dastagiga mahkamlab qo‘yilmoqda. Bunaqa tadbir halollik belgisi hisoblanib, kassadagi navbatlarni ham kamaytirishga yordam berar ekan. O‘sha moslamani toping?
Javob: Kalkulyator!
Izoh: Aravachga o‘rnatilgan kalkulyator yordamida xaridor o‘z xaridining summasini kassaga qormasidan avval, o‘zi hisoblaydi. Savoldagi «hisoblash» jumlasi sizga yordam edi.

1459. Savol: Bitta davlatga tegishli bo‘lgan tanganing revers tomonida koala tasvirlangan. Uning avers tomonida esa IKKINCHIni ko‘rish mumkin. Diqqat savol: Ushbu savolda biz qaysi bitta so‘zni tushirib qoldirdik?
Javob: Yelizaveta!
Izoh: Gap bu yerda bir tarafida Avstraliya ramzlaridan biri koala tasvirlangan va ikkinchi tarafida davlat boshlig‘i Yelizaveta IKKINCHI aks ettirilgan Avstraliya tangasi haqida ketmoqda edi.

1460. Savol: Bitta asar qahramoni shunday deydi: «Tehron 1980-yillar oxirlarida ko‘p sonli ko‘chalar nomlarining o‘zgartirilishi tufayli UNI eslatardi». Diqqat savol: Vaziyatni tasavvur qilgan holda Uni bitta so‘z bilan yozib bering?
Javob: Qabriston!
Izoh: Urushlardan keyin ko‘chalar ko‘pincha halok bo‘lgan jangchilar sharafiga qayta nomlangan, shuning uchun ham uylardagi yaqinda halok bo‘lgan jangchilar familiyalari yozilgan taxtachalar qahramonga qabr toshini eslatgan.

1461. Savol: Nemis yumoristi Muso Safir: «Eng aqlli erkak ham BUNDAN ahmoqqa, eng ahmoq ayol esa – aqlliga aylanadi» degan. Diqqat savol: Nimadan?
Javob: Sevgi

1462. Savol: Amerikalik yozuvchi ayol Margaret Ueys orqasi bilan yiqilgan ritsarni U bilan qiyoslagan. Diqqat savol: Uni toping?
Javob: Toshbaqa!
Izoh: Keng tarqalgan fikrga ko‘ra, og‘ir qurollangan ritsar yiqilsa, tevaragidagilar yordamisiz ko‘tarila olmaydi; bu bilan u o‘girib qo‘yilgan toshbaqaga o‘xshaydi.

1463. Savol: 1961-yilda Xem bir ishni qilganidan keyin, ko‘plab amerikaliklar uni millat qahramoni deb atay boshlashgan. Shu bilan bir qatorda, uning qabriga hurmat yuzasidan sigara ham qo‘yishadi. Diqqat savol: Sigara so‘zi bilan qaysi so‘zni almashtirdik?
Javob: Banan!
Izoh: 1961-yilda Xem laqabli shimpanze kosmosga uchirilgan. Xem halok bo‘lmagan va yana 22 yil yashagan. Uning qabriga esa plastikdan qilingan bananni o‘rnatishgan. Bilamizki, maymunlar bananni yaxshi ko‘rishadi.

1464. Savol: Ular orasida Leonardo da Vinchi, Maxatma Gandi, Bernard Shou kabilar bo‘lgan. O‘rta asrlar davrida ularni ko‘pincha yeretiklar (din dushmanlari) deb hisoblashgan. Ular qutb doirasiga qaraganda, ekvatorda zich joylashishgan. Ular kimlar?
Javob: Vegetarianlar!

1465. Savol: «Salyut-7» stansiyasining kosmonavtlari Yerga qaytayotib, o‘zlaridan keyin keladigan ekipaj uchun qotgan non solingan paketcha va tabletka shaklidagi Uni qoldirib ketishar ekan. Diqqat savol: Uni aniq ayting?
Javob: tuz!
Izoh: Kosmonavtlar shunday yo‘l bilan stansiyaning keyingi mehmonlari uchun non-tuz qoldirib ketishgan.

1466. Savol: «Do‘stlar bilan munosabatda aqli zaif, kar, kuchsiz, xudbin». Jonatan Svift yuqoridagi gaplarni kim haqida aytgan?
Javob: Jonatan Svift!
Izoh: U o‘zi haqida shunday degan.

1467. Savol: Plutarx shunday yozgan, Rim podshosi Nume Pompiliy hukmronligi vaqtida ko‘p yillar urush bo‘lmadi va Ularni qalqonlardagi «tirishqoqlik bilan qilgan ishini» eslatib o‘tadi. Ularni yozib bering?
Javob: O‘rgimchaklar!
Izoh: Qalqonlar uzoq vaqtlar davomida urushlar yuz bermagani sababli bir joyga tashlab qo‘yilavergan va ularga o‘rg‘imchaklar in qurib tashlashgan.?

1468. Savol: Bitta roman qahramoni marafonda chopadi, ammo kutilmaganda yo‘ldan adashadi. Bundan tashqari, u xarita olishni ham rad etgandi. Diqqat savol: Qahramon o‘z yugirishini qaysi shahardan boshlagandi?
Javob: Rim!
Izoh: Qahramon shunday deydi: «Yo‘l xaritasi menga nima uchun kerak?» Axir barcha yo‘llar Rimga olib boradi-ku». Voqealar 1960-yildagi Rimda o‘tkazilgan Olimpiada vaqtida bo‘lgan.

1469. Savol: Bir safar bolalarni tinchlantiruvchi choy qutisining ustki qismida, savol muallifi faqat bittagina Uni sanagan. Uni aniq ayting?
Javob: Qo‘y!
Izoh: Savol mualliflaridan birining nuqtai nazariga ko‘ra, kichkina bola uxlashi uchun bitta qo‘yni sanash yetarli bo‘lar ekan.

1470. Savol: «Uzuklar hukmdori» filmi birinchi qismining xazil tarjimasida, Gendalf Frodoga shunday deydi: «Sizning Xobbitaniyangizni yoqtiraman – bu yerda tabiat juda ham go‘zal». Diqqat savol: Biz Gendalfning pichingidagi Xobbitaniya so‘zi bilan qaysi mamlakat nomini almashtirdik?
Javob: Yangi Zelandiya!
Izoh: Ma’lumki, «Uzuklar hukmdori» filmi Yangi Zalandiyada suratga olingan, bu davlat tanlanishining asosiy sababi uning chiroyli tabiati edi.

1471. Savol: Bilamizki, ruslar azaldan hammomga tushishni xush ko‘ruvchi xalq. Hammomga borgan odam o‘zi bilan yonida toza choyshab, qayindan qilingan supurgi va kvas ichimligini olib boradi (albatta, ichish uchun emas). Diqqat savol: Kvas nima uchun olib boriladi, ya’ni qanday maqsad yuzasidan?
Javob: Bug‘ hosil qilish uchun!

1472. Savol: Bernard Shou o’z xatolaridan kuyadigan ammo bundan faqatgina qattiqlashib boradigan odamlarni UNGA o’xshatadi. Savol Shou bunday insonlarni nimaga o’xshatgan?
Javob: G’isht

1473. Savol: Alisher Navoiy shunday falsafiy fikrlar bitgan halol va pok yashab komillikga erishmoq uchun yigitlik chog’ida harakat qilish zarur zero payti kelib o’zing qo’ygan nuqtalarga homush termulib xotiralarga berilishinga to’g’ri keladi.
Diqqat Savol: O’zing qo’ygan nuqtalar deb nimani nazarda tutgan.?

Javob: Hassa izlari

1474. Savol: San-Fransiskoda bundan qariyib 4 ming yillar avval qadimgi Bobildagi bitta sopol taxtachada yozilgan retsept bo‘yicha, bitta ichimlik tayyorlangan. Ushbu ichimlik retseptiga: asal, non, xurmo va yana biror narsalar kirgan. Yuqoridagilardan natijada qaysi ichimlik olingan?
Javob: Pivo!

1475. Savol: Benjamin Franklindan sitata: «Agar qattiq uxlashni xohlasang, tunda o‘zing bilan yoningda Uni ham yotoqqa olib ol». Diqqat savol: Uni ikkita so‘zda aniq ayting?
Javob: Toza vijdon

1476. Savol: «Dunyo bo‘ylab» jurnalining bitta ma’qolasida, Uni erkaklar aksessuari sifatida ommalashishiga sababchi bo‘lganlardan biri yozuvchi Daniel Defo ekanligi aytiladi. Defoning asarlari dunyo yuzini ko‘rgach, Uning turlaridan biri «robinzon» deb atala boshlangan. Diqqat savol: U nima?
Javob: Soyabon!
Izoh: «Robinzon Kruzo» asarida Robinzonning qanday qilib quyoshdan himoya soyabonini yasagani haqida ma’lumot bor.

1477. Savol: Nima uchun Tokio shahrida joylashgan hayvonot bog‘i fillariga ayrim vaqtlari maxsus buyurtma bo‘yicha tayyorlangan quloqchinlar taqib qo‘yiladi?
Javob: ularni shahar shovqinidan asrash uchun!

1478. Savol: Kuritiba shahrida joylashgan bitta do‘kon yonidagi piyodalar o‘tish yo‘lagi ramziy ma’noda, U shaklida ishlangan. Uni aniq ayting?
Javob: Shtrix kod!

1479. Savol: Eramizdan avvalgi IV asrga taalluqli boʻlgan bitta qadimgi Misr madhiyasidan parchani tinglang: «Sening boshing – Quyosh xudosining boshi. Sening quloqlaring – uni tilga oluvchi barchaning ovozini eshituvchi Osirisning quloqlari. Sening ogʻzing – hayot xoʻjasi xudo Atmuning ogʻzi… Sening yuraging – Fatning yuragidir». Ushbu madhiya nimaga bagʻishlangan?
Javob: Yuqoridagi madhiya misrliklar uchun muqaddas jonivor boʻlgan mushukka atalgan!

1480. Savol: «TEPCO» kompaniyasi bir necha yillar avval katta yoʻqotishga uchragandi. 80 ming nafardan ortiq muhojirlarga kompensatsiya toʻlash va aksiyalari qiymatining 80 %ga qisqarishi kompaniyani inqiroz yoqasiga olib kelib qoʻygandi. Diqqat savol: Yuqorida tilga olingan kompaniyaning qaysi mamlakatda joylashganini ayting?
Javob: Yaponiya!
Izoh: Kompaniyaga tegishli boʻlgan Fukusima 1 AESidagi (2011) avariyadan soʻng, kompaniyaning moliyaviy ahvoli jar yoqasiga kelib qolgan. Kompaniya nomining kengaytirilgan shakli – Tokyo Electric Power Company.

1481. Savol: Xazilni yakunlang. Ona bolasini koyiyapti:
-Sen haqiqiy choʻchqachasan, hamma kiyimingni kir qilding! Sen choʻchqacha nimaligini bilasanmi?
-Bilaman, – deb javob qaytaribdi, farosatli bolakay. Choʻchqacha – bu…

Javob: …choʻchqaning bolasi!

1482. Savol: Bundan 1000 yil avval Uning g’oyat shifobaxshligi to’g’risida Abu Ali ibn Sino ,,Tib qonunlari» da: ,,U a’zolarimizdagi suyuqlik o’tkazuvchi tomirlarni kengaytirish va tozalash xususiyatiga ega. U ichki a’zolarimizdagi fasodni haydab chiqaradigan narsa… Tomoq og’riq (angina) ni ham davolaydi…» deb yozgan va undan o’nlab dorilar tayyorlash mumkinligini aytgan edi. Diqqat savol: Ibn Sino bobomiz yuqoridagi jumlalarni nima haqida keltirgan?
Javob: Asal!

1483. Savol: Bitta mashhur kompaniyaning xizmatchilari kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalanmaydigan odamlarni «aykon» deb atashadi. Oʻsha kompaniyani toping?
Javob: «Nokia!».
Izoh: «Aikon»ni teskarisi «Nokia» boʻladi.

1484. Savol: Koʻp millionli Jakarta shahrining ayrim tumanlarida, yoʻlovchilar nafas olish vositalaridan foydalanishga majbur boʻlishadi. Jakarta U yoʻq boʻlgan dunyodagi eng yirik shahar hisoblanadi. Uning qanaqa obʼekt ekanligini aniq ayting?
Javob: Metro!
Izoh: Koʻpchilik odamlar shahar havosini ifloslovchi avtomobil, mototsikl, avtobus va shunga oʻxshash yer usti transportlarida yurishadi. Agar metro boʻlganida, bunaqa havo niqoblaridan ham foydalanish kam boʻlardi.

1485. Savol: «Dunyo boʻylab» jurnalining bergan maʼlumotlariga koʻra, bitta Yevropa mamlakati dengizchilari port uchun soliqlarni koʻpincha rangi va shakli oltin tangalarni eslatuvchi U bilan toʻlashgan ekan. Bitta multfilm qahramonining esa U uchun hatto, oʻz jonini ham ayamasligini koʻp bora koʻrganmiz. Diqqat savol: Uni bitta soʻzda ayting?
Javob: Pishloq!
Izoh: Ular gollandiyalik dengizchilar edi. Oʻsha qahramoni esa «Chip va Deyl yordamga shoshadi» multfilmidagi Rokfor edi.

1486. Savol: Erix Remark romani qahramonlaridan birining osoyishta davrdagi har bitta tashrifi odamlarga baxt keltirardi. Ammo urush boshlangach, endilikda uning uy ostonasida paydo boʻlishi odamlarni qoʻrquvga solib qoʻyardi. Oʻsha qahramonning kasbini yozib bering?
Javob: Pochtachi!

1487. Savol: Foydalanilgan U Devid Linchga inson miyasini eslatgan. Stiven King romanidagi oʻgʻirlangan avtomobil yon qutichasidan topilgan U jinoyatchining shaxsini aniqlashga yordam bergan. Diqqat savol: Uni toping?
Javob: Saqich!
Izoh: Avtomobil qutichasiga yopishtirib qoʻyilgan saqichda qotilning barmoq izlari qolgan. Chaynalgan saqich ham xuddi inson miyasini eslatadi.

1488. Savol: Yaqinda qirgʻiz olimi Botirbek Ismoilov noodatiy dvigatel ixtiro qildi va patent olish uchun ariza berdi. «Qirgʻizpatent» tashkiloti xodimlaridan biri arizani oʻrganib chiqdi va shundan keyin Uni aylantira boshladi. U har birimizda borligini hisobga olib, Uni nimaligini aniq ayting?
Javob: Koʻrsatgich barmogʻi!
Izoh: Ismoilov abadiy dvigatel yaratganini taʼkidlagan. Ammo koʻpchilik bu ixtiroga shubha bilan qaragan va bu boʻyicha tortishuvlar hozirga qadar davom etyapti

1489. Savol: Koʻplab braziliyalik futbolchilar qulay boʻlishi uchun oʻz ismlarini oʻzgartirishadi. Mashhur hujumchi Romarioni muxlislari ismi tufayli futbol Usi deb atashgan. Uni ikkita soʻzda yozib bering?
Javob: Rim Papasi!
Izoh: Muxlislari Romarioni futbolning Rim Papasi deb atashgan, chunki uning ismi lotinchada Rimni (Roma) anglatuvchi soʻz bilan oʻxshash aytilardi. Koʻplab braziliyalik futbolchilar oʻz professional karyeralari boshlarida futbolkada qulay yozilishi uchun oʻz ismlarini oʻzgartirishadi.

1490. Savol: Bu hujjat boshida kema kapitanlariga berilgan boʻlib, ushbu hujjat ularga gavanga kirish va undan chiqish huquqini bergan. Bu tadbir qaroqchilar tajovuzidan himoya yuzasidan qilingan. Diqqat savol: Ushbu hujjat qanday nom bilan atalgan?
Javob: Pasport

1491. Savol: Yaponiyada Yangi yil bayrami dasturxoniga tortilgan noz-neʼmatlar alohida maʼno kasb etadi. Shunday qilib, guruchdan tayyorlangan pechenye moʻl-koʻlchilikni, noʻxat – sogʻliqni bildiradi. Diqqat savol: Mayda uzun makaronlar nimani bildiradi?
Javob: Uzoq umr

1492. Mashhur fokuschi ko‘zboylog‘ich Erik Vays (Garri Gudini) dunyoni lol qoldirgan deya olamiz. U hatto kishanlanib dengizga tashlanganda ham bir necha daqiqada dengizdan chiqa olgan. Rossiyada o‘limga hukm qilinganlar qamoqxonasidan ham qocha olgan. Afsuski bu fokuschining o‘limiga oddiy bir talaba sababchi bo‘lgan. Savolni qiyinlashtirmayman siz menga o‘lim sababini emas o‘sha talaba nima ish bilan shug‘ulanishini ayting?
Javob: Bokschi
U Gudiniga har qanday zarbaga bardosh bera olasizmi deydi Gudini ha deb javob beradi. Ammo 2 zarbadan so’ng tayyorgarlik qilishini aytadi. Qorniga press yig’gach endi urishing mumkin deydi talabaga. 2 zarbadan so’ng axvoli yomonlashadi va bir necha kun o’tib appendiks yorilishi natijasida o’ladi

1493. Ayova shtati universiteti psixologlari ozishga yordam beradigan qiziqarli taʼsirni aniqlashgan. Ularning kuzatuvlari natijalariga koʻra, agar ovqatlanish vaqtida, odamning oldida U tursa, yogʻ ajralib chiqishi jarayoni kamayar ekan. Uni toping?
Javob: Ko’zgu

1494. Zamonaviy xavfsiz gugurtlar ilk marotaba 1855-yilda qaysi skandinaviya davlatida ishlab chiqarilgan?
Javob: Shvetsiya

1495. Quyosh sistemasidagi yettinchi sayyora?
Javob: Uran

1496. ⁠Hayvon shoxi ko‘rinishidagi ichish uchun mo‘ljallangan idish qanday nomlanadi?
Javob: Riton

1497. Qadimda qaysi davlatning poytaxti Tabriz shahri bo‘lgan?
Javob: Eron

1498. Qaysi ichimlik dastlab Xitoy tilida «Mumni tishlang» deb tarjima qilingan?
Javob: Coca cola

1499. Kasallikning dunyoviy masshtab bo’ylab tarqalishi qanday nomlanadi?
Javob: Pandemiya

1500. Shimoliy Amerika materigida uchramaydigan iqlim mintaqasini toping?
⁠Javob: Ekvatorial