? BAYRAMLAR:
?? Xalqaro demokratiya kuni.
? Butunjahon limfoma haqida xabardorlik kuni.
? Xalqaro nuqta kuni.
? Butunjahon Afro kuni.
? Xalqaro miotonik distrofiya kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Kosta-Rika, ?? Salvador, ?? Gonduras, ?? Gvatemala, ?? Nikaragua ‐ Mustaqillik kuni.
?? Buyuk Britaniya – Britaniya jangi kuni.
?? Tailand ‐ Silpa Bhirasri kuni.
?? Ozarbayjon – Bilimlar kuni.
?? Eron ‐ Imom Rizoning shahidligi.
?? Meksika – Doloresning inqilobga chorlovini xotirlash milliy kuni.
?? AQSh ‐ Milliy neonatal hamshiralar kuni.
?? Sloveniya – Sloveniya Primoryesining mamlakatga qaytarilish kuni.
?? Belarus – Kutubxonalar kuni.
?? Hindiston – Muhandislar kuni.
?? AQSh – Milliy kontuziya haqida xabardorlik kuni.
?15-sentabrda sodir bo’lgan voqealar:
- 533 – Imperator Yustinian I yuborgan, qo’mondon Velisaris boshchiligidagi Sharqiy Rim imperiyasi qo’shini Karfagenga kirdi.
- 1514 – turk qo’shinlari Tabrizni (Fors) egallab olib, shaghar aholisining aksariyatini qirg’in qildilar.
- 1776 – Ingliz qo’shinlari Nyu-Yorkni egallab, amerikaliklar qo’mondoni Jorj Vashingtonni qo’lga olishiga oz qoldi.
- 1805 – Rossiya Napoleonga qarshi birinchi urushni e’lon qildi.
- 1812 – Napoleon boshchiligidagi fransuz armiyasi Moskva Kremliga kirdi.
- 1821 – Ispaniyaning Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika va Salvador koloniyalari o’z mustaqilligini e’lon qildi.
- 1826 – 1826-1828-yillardagi rus-fors urushidagi Shamxor jangi.
- 1830 – Buyuk Britaniyada, Liverpul va Manchester o’rtasida dunyodagi birinchi shaharlararo temir yo’l liniyasi ochildi.
- 1835 – Charlis Darvin „Bigl“ kemasida Galapagos orollariga kelib tushdi.
- 1847 – Amerika qo’shinlari Meksika poytaxti Mexiko shahrini egalladi.
- 1904 – Toshkentda telefon aloqasi ishga tushirilgan.
- 1916 – Jahon urushlari tarixida janglarda birinchi marta tanklardan foydalanish.
- 1918 – Ozarbayjon poytaxti Boku dashnoq qurolli tuzilmalaridan ozod qilindi.
- 1928 – ingliz mikrobiologi Aleksandr Fleming birinchi bo’lib penitsillinni ajratib oldi.
-1935 – Svastika Germaniya ramzi etib belgilandi. - 1946 – Bolgariya xalq respublikasi deb e’lon qilindi.
- 1959 – Nikita Xrushchyov AQSHga davlat tashrifi bilan keldi.
- 1971 – «Grinpis» tashkiloti tashkil etildi.
- 1977 – Toshkent shahrida Akmal Ikromov tumani tashkil topdi.
- 1997 – Google.com domeni ro’yxatdan o’tgan.
- 2007 – Peruda sirli meteoritning tushishi.
- 2008 – Lehman Brothers banki bankrotlik to’g’risida ariza berdi, bu 2008-yilgi jahon iqtisodiy inqirozining boshlanishiga olib keldi.
- 2010 – A.Navoiy xiyobonida yozuvchi Oybek haykalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
? 15-SENTABRDA TAVALLUD TOPGANLAR:
- 1254 – Marko Polo (1324) – venetsiyalik sayyoh.
- 1789 – Kuper Jeyms Fenimor (1851) – amerikalik yozuvchi.
- 1828 – Aleksandr Butlerov (1886) – rus kimyogari, organik kimyo asoschisi.
- 1857 – Taft Uilyam Xovard (1930) – AQShning 27-prezudenti.
- 1890 – Agata Kristi (1976) – ingliz yozuvchisi.
Kun tarixi kanalidan olindi - 1904 – G’aniyev Nabi (1953) – kinorejissyor, o’zbek kinosining asoschilaridan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1940).
- 1910 – Shukur Burhonov (1987) – teatr va kino aktyori, O’zbekiston SSR (1940) va SSSR xalq artisti.
- 1913 – Ziyodullayev Saidkarim – iqtisodchi olim, O’zbekiston FA akademigi (1974), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan iqtisodchi (1973).
- 1926 – Jan-Pyer Serr – fransuz matematigi, eng yosh Filds mukofoti sovrindori.
- 1942 – Emmerson Dambudzo Mnangagwa – Zimbabvening 3-prezidenti (2017-yildan).
- 1976 – Nikolay Baskov – Rossiya estrada va opera qo’shiqchisi, rus tenori.
- 1984 – Garri – Sasseks gersogi, Buyuk Britaniya Qiroli Charlz va uning birinchi rafiqasi malika Diananing kenja o’g’li, Uels shahzodasi.
- 1988 – Jon Bredli-Vest – britaniyalik aktyor
- 1988 – Chelsi Keyn – amerikalik aktrisa va qo’shiqchi.
- 2004 – David Popovich – ruminiyalik suzish ustasi, jahon va Yevropa chempioni.