16 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro “Kuzatuv kamerasiga qo‘l silkiting” kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇵🇾 Paragvay – Bolalar kuni.
🇹🇭 Tailand ‐ Tinchlik kuni
🇺🇸 AQSh – Milliy havo-desant kuni.
🇩🇴 Dominikan Respublikasi ‐ Qayta tiklash kuni.
🇬🇦 Gabon ‐ Mustaqillik kuni.
🇺🇸 AQSh – Elvis Presli xotirasi kuni.
🇷🇺 Rossiya – Malina murabbosi kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1728 – V. Bering Diomida orollarini kashf etdi.
  • 1732 – Malta floti admiral Shaumbray qo‘mondonligi ostida Dumyat jangida Usmoniylarni mag‘lub etdi.
  • 1744 – Ikkinchi Sileziya urushi  boshlandi.
  • 1788 – Fransiya moliya vaziri L. de Briyen davlatni bankrot deb e’lon qildi.
  • 1812 – Vatan urushi: Smolensk jangi.
  • 1844 – Qo‘qon xoni Sheralixon Murodxon tomonidan qatl qilindi.
  • 1896 – Klondayk oltin koni ochildi.
  • 1930 – Birinchi ovozli rangli multfilm yaratildi.
  • 1945 – Moskvada SSSR va Polsha 1919-1920-yillarda taklif qilingan «Curzon chizig’i» ga asoslangan Sovet-Polsha chegarasi to’g’risidagi bitimni imzoladilar.
  • 1960 – Kipr mustaqil davlat – Kipr Respublikasi deb e’lon qilindi.
  • 1960- Xalqaro astronavtika akademiyasi tashkil etildi.
  • 1962 – Fransiya Hindixitoydagi mustamlakalaridan voz kechdi.
  • 1976 – Eldar Ryazanovning „Taqdir hazili, yoki Qushdek yengil boʻling“ filmi namoyishi.
  • 1977 – Afsonaviy qo’shiqchi Elvis Presli vafot etdi.
  • 1978 – Shri-Lanka o’zini sotsialistik respublika deb e’lon qildi.
  • 1996 – bir yil asirlikdan so’ng, Afg’onistonning Qandahor shahri yaqinidagi aerodromga majburiy ravishda qo‘ndirilgan V. Sharpatovning ekipaji o’z samolyotida qochib qutulishdi.
  • 2009 – Moskva viloyatida samolyot halokati. Ramenskoye aerodromi yaqinida MAKS-2009 aviashousi oldidan oʻquv parvozi chogʻida “Rossiya vityazlari” eskadrilyasining 2 ta Su-27 samolyoti toʻqnashib, halokatga uchradi. Eskadrilya komandiri Igor Tkachenko halok bo‘ldi.
  • 2015 – Trigana Air Service kompaniyasining ATR 42 samolyoti Indoneziyada halokatga uchradi. 54 kishi halok bo’ldi.
  • 2017 – Simob to‘g‘risidagi Minamata konvensiyasi kuchga kirdi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 980 – Ibn Sino (1037) – Buyuk alloma, faylasuf, shoir, shifokor, musiqashunos.
  • 1587 – Sulton Xusrav Mirzo  1622) – Boburiylar sulolasidan boʻlgan shahzoda, Boburiylar hukmdori Jahongirning toʻngʻich oʻgʻli.
  • 1650 – Vinchenso Koronelli (1718) – Italiyalik kartograf va qomuschunos.
  • 1845 – Gabriel Lippman (1921) – fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1908).
  • 1881 – Irving Langmuir (1957) – amerikalik fizik va kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1932).
  • 1903 – Natalya Raevskaya – ginekolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi.
  • 1904 – Uendell Stenli (1971) – Amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibii (1946).
  • 1913 – Menaxem Begin (1992) – Isroillik siyosatchi, Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi (1978).
  • 1934 – Pyer Rishar – fransuz kino aktyori va rejissyori.
  • 1939 – Abduqahhor Ibrohimov – yozuvchi, dramaturg, publitsist, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1990). 
  • 1954 – Jeyms Kemeron – amerikalik kinorejissyor.
  • 1958 – Madonna (haqiqiy ismi Luiza Veronika Chikkone) – amerikalik qo’shiqchi, raqqosa, aktrisa, ko‘plab mukofotlar sohibasi.
  • 1970 – Muhammad Iso Abdulhairov – oʻzbek kino va teatr aktyori.
  • 1974 – Nurilloh (Nurilla Narzullaev) – shoir.
  • 1974 – Alla Dovlatova – rus radio va televidenie boshlovchisi, aktrisa.
  • 1979 – Fu Minsya – xitoylik suvga sakrash ustasi, 4 karra Olimpiya chempioni.
  • 1996 – Kaleb Dressel – amerikalik suzuvchi, 7 karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon chempioni.