17 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Sekon-xendlar kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇧🇴 Boliviya – Bayroq kuni.
🇯🇲 Yamayka ‐ Markus Garvey kuni.
🇸🇮 Sloveniya ‐ Prekmurje Ittifoqi kuni.
🇹🇯 Tojikiston ‐ Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi organlari xodimlari kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Temir yo’l xodimlari kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Milliy qora mushukni qadrlash kuni.
🇨🇴 Kolumbiya – Muhandislar kuni.
🇲🇨 Indoneziya – Mustaqillik kuni.
🇬🇦 Gabon – Mustaqillik kuni.
🇦🇷 Argentina – General San Martinni xotirlash kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 986 – Vasiliy II bolgarlar tomonidan magʻlub etildi.
  • 1231 – So‘nggi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi kurd qaroqchipari tomonidan o‘ldirildi.
  • 1502 – Xristofor Kolumb Gondurasni Ispaniyaning mulki deb e’lon qildi.
  • 1771 – ingliz olimi J. Pristli fotosintezni kashf etdi.
  • 1807 – Robert Fulton Amerikaning birinchi bug’ kemasi – «North River Steamboat»da suzishga chiqdi.
  • 1896 – Bridjet Driskoll tarixda birinchi avtomobil urib yuborgan shaxs boʻldi.
  • 1903 – Jozef Pulitser “Pulitser” mukofotini ta’sis etdi.
  • 1910 – Asfandiyorxon Xiva xonligi taxtiga o‘tirdi.
  • 1933 – SSSRda suyuq yoqilg‘ida uchadigan ilk raketa sinovdan o‘tkazildi.
  • 1945 – Indoneziya Gollandiyadan mustaqillik e’lon qildi.
  • 1950 – Indoneziya Qo’shma Shtatlari Respublikasi unitar davlatga – Indoneziya Respublikasiga aylandi.
  • 1958 – Xitoy rahbari Mao Szedun “Ulkan sakrash” siyosati boshlanganini e’lon qildi.
  • 1960 – Gabon Fransiyadan mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1962 – Berlin devorini kesib o’tish paytidagi birinchi qurbon (Piter Fexter).
  • 1974 – Gavanada havaskor boks bo’yicha birinchi jahon chempionati ochildi.
  • 1992 – Janubiy Afrika Taraqqiyot Hamjamiyati tuzildi.
  • 1998 – Rossiyada iqtisodiy inqiroz boshlandi.
  • 1999 – Izmit zilzilasi.
  • 2005 – Bangladeshda 500 ga yaqin portlash sodir bo’ldi.
  • 2009 – Nazran shahrida (Rossiya, Ingushetiya) yirik terakt sodir etildi. Natijada 20 kishi halok bo’ldi, 138 kishi yaralandi.
    -2009 – Sayano-Shushinskaya GES halokati.
  • 2012 – Pussy Riot ishi bo’yicha hukm chiqarildi.
  • 2018 – Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1601 – Per Fermat (1665) – fransuz matematiki, analitik geometriya va sonlar nazariyasi asoschisi.
  • 1844 – Yelizaveta Vodovozova (1923) – rus bolalar yozuvchisi, o’qituvchi, memuarist.
  • 1887 – Karl I (1922) – Avstriya-Vengriyaning oxirgi imperatori (1916-1918).
    1911 – Mixail Botvinnik (1995) – sovet shaxmatchisi, 6-jahon chempioni.
  • 1932 – Vidiadhar Naypol (2018) – hind millatiga mansub ingliz yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (2001).
  • 1935 – Oleg Tabakov (2018) – teatr va kino aktyori, SSSR xalq artisti.
    -1939 – To‘lan Nizom  (Nizomiddinov To‘lanboy)   – O‘zbekiston xalq shoiri.
  • 1940 – Al Pachino – amerikalik aktyor, rejissyor.
  • 1942 – Muslim Magomaev (2008) – sovet, ozarbayjon va rus opera va estrada xonandasi (bariton), SSSR xalq artisti.
  • 1943 – Robert De Niro – amerikalik kinoaktyor, rejissyor, prodyuser, «Oskar» va «Oltin globus» mukofotlari sovrindori.
  • 1944 – Larry Ellison – amerikalik taniqli tadbirkor, Oracle (Orakul) kompaniyasining asoschisi, bosh direktori (1976-2014), milliarder.
  • 1977 – Tyerri Anri – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (1998).
  • 1992 – Nozimaxon Qayumova – oʻzbek atletikachisi, paralimpiyachi, nayza uloqtiruvchi, Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ikki karra Olimpiya chempioni (2016, 2020), Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionati ikki karra sovrindori.
  • 1993 – Diyorbek Oʻrozboyev – oʻzbekistonlik dzudochi, 60 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.