18 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro Nelson Mandela kuni.
? Butunjahon tinglash kuni.
? «Tetris» ning tug’ilgan kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Urugvay – Konstitutsiya kuni.
?? Rossiya – Ichki ishlar organlarining xo‘jalik xizmati xodimlari kuni.

? VOQEALAR:

Mil. av. 390 – Rimliklarning Aliya daryosi bo‘yida Keltlar lideri Brenning qo’shinlari tomonidan mag’lub bo’lishi.

  • 64 – Rimda yong’in yuz berib, deyarli butun shaharni vayron qildi.
  • 1290 – Eduard I yahudiylarni Angliyadan quvish haqida qaror chiqardi.
  • 1325 – Texkoko ko’li o’rtasiga
    Astek imperiyasining poytaxti Tenochtitlan shahriga asos solingan.
  • 1770 – Rumyantsev boshchiligidagi rus armiyasining Larga daryosi bo‘yidagi jangda turklar ustidan qozongan g’alabasi.
  • 1872 – Buyuk Britaniyada birinchi yashirin ovoz berish bo’lib o’tdi.
  • 1878 – Adolf Erik Nordenskiöld Atlantika okeanidan Tinch okeaniga Shimoliy muz okeani orqali bordi.
  • 1898 – Pyerre Kyure va Mariya Kyure urandan boshqa radioaktiv elementlar borligini isbotlashdi.
  • 1898 – Ispaniyaning «Atletik Bilbao» futbol klubiga asos solingan.
  • 1921 – Fransiyada shifokorlar Alber Kalmett va Kamil Geren bolaga birinchi silga qarshi vaksina (BCG) berdilar.
  • 1925 – Adolf Gitlerning Mein Kampf kitobi nashrdan chiqdi.
  • 1932 – Turkiya Millatlar Ligasining 56-a’zosiga aylandi.
  • 1948 – Kosta-Rikada kommunistik partiya faoliyati taqiqlandi.
  • 1955 – Parijda NATOga a’zo davlatlar parlamentarlarining 1-konferentsiyasi (1966-yil noyabrdan – Shimoliy Atlantika Assambleyasi) boshlandi.
  • 1962 – Peruda harbiy to’ntarish sodir bo’ldi.
  • 1968 – «Intel» tashkil topgan. Unga Robert Noys va Gordon Mur asos solishgan.
  • 1980 – Hindistonning birinchi sun’iy yo’ldoshi (Srixarikota kosmodromi) uchirildi.
  • 1994 – “Hizbulloh” Buenos-Ayresdagi yahudiylar markazini portlatib yubordi. Terakt qurbonlari 86 kishi.
  • 2011 – «Radioastron» kosmik observatoriyasining ishga tushirilishi.
  • 2019 – Kyoto Animation studiyasi (Yaponiya) yoqib yuborildi, 36 kishi halok bo’ldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1552 – Rudolf II (1612) – Vengriya qiroli (1572-1608), Bogemiya qiroli (1575-1611), nemis qiroli (1575-1612), Muqaddas Rim imperiyasi imperatori (1576-1612).
  • 1659 – Giasint (Iasent) Rigo (1743) – fransuz portretchi rassomi, Qirollik Rassomlik va haykaltaroshlik akademiyasining rektori.
  • 1853 – Xendrik Lorens (1928) – golland fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1902).
  • 1864 – Rikarda Xuch (1947) – nemis shoiri, nemis adabiyotidagi neoromantik maktab yetakchisi.
  • 1906 – Lunin Boris (2000) – tarixchi olim, Ozbekistonda xizmat korsatgan fan arbobi (1966).
  • 1912 – Maxsum Yusupov (1983) – aktyor. 
  • 1918 – Nelson Mandela (2013) – aparteidga qarshi kurashchi, Janubiy Afrika prezidenti (1994-1999).
  • 1932 – Evgeniy Yevtushenko (2017) – rus shoiri, nasrnavis, publitsist, rejissyor, ssenariy muallifi.
  • 1937 – Roald Xoffman – amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1981).
  • 1944 – Jonelle Allen – amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi va raqqosa.
  • 1947 – Stiv Forbs – amerikalik noshir, biznesmen va siyosatchi, «Forbes» haftalik ishbilarmonlik jurnali muharriri.
  • 1948 – Xartmut Mixel – nemis biokimyogari, kimyo bo’yicha Nobel mukofoti sohibi (1988).
  • 1967 – Vin Dizel – amerikalik aktyor, ssenariynavis, rejissyor va prodyuser.
  • 1976 – Elsa Pataki – ispan modeli, aktrisasi va film produseri.
  • 1980 – Kristen Bell – amerikalik aktrisa.
  • 1982 – Priyanka Chopra – hind aktrisasi va modeli, «Miss World 2000» g’olibi.
  • 1984 – Otabek Mutalxo’jayev – xonanda, «Nihol» mukofoti sovrindori (2007).
  • 1989 – Dmitriy Solovyov – rossiyalik figurali uchish ustasi, iamoaviy muz ustida raqs bo‘yicha Olimpiya chempioni (2014), Yevropa chempioni (2013).
  • 1994 – Shahlo Ahmedova – oʻzbek qoʻshiqchisi.
  • 1995 – Suy Venszin – xitoylik juft konkida uchish ustasi, bir necha marta jahon va to’rt qit’a chempioni.