19 mart kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon ijtimoiy ish kuni.
? “Menga o‘qing” xalqaro kuni.
? Xalqaro mijozlar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Rossiya, ?? Litva – Mijozlar kuni.
?? Finlyandiya – Tenglik kuni.
?? Polsha – Kashubiya birligi kuni.
?? Liviya – Kaddafiy ustidan g‘alaba kuni.
?? Italiya, ?? Ispaniya, ?? Portugaliya – Otalar kuni.
?? Rossiya – Suv osti dengizchilari kuni.

? VOQEALAR:

  • 1279 – Yamin jangida Sun imperiyasi yakson qilindi.
  • 1474 – Venetsiyada ixtirolarni qo‘riqlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi, bu mualliflik huquqini himoya qiluvchi dunyodagi birinchi qonun edi.
  • 1697 – Pyotr I ning Yevropaga “Buyuk elchilik” davri boshlandi.
  • 1823 – Birinchi Meksika imperiyasi tugatildi.
  • 1831 – AQShda bankka birinchi talonchilik uyushtirildi.
  • 1898 – Aleksandr III muzeyi ochildi.
  • 1899 – Peterburgda Rossiyada birinchi “tez yordam” stansiyasi ochildi.
  • 1917 – Kiyevda Ozod Ukraina shiori ostida 100 ming kishilik namoyish bo‘lib o‘tdi.
  • 1946 – Martinika, Gvadelula, Ryunyon Fransiya departamenti deb e’lon qilindi.
  • 1950 – Yadro qurolini ta’qiqlovchi Stokgolm murojaatnomasi qabul qilindi.
  • 1955 – Madad (Isroil) da arxeologlar Irod saroyi qoldiqlarini topishdi.
  • 1958 – Strasburgda Yevroparlamentning birinchi majlisi ish boshladi.
  • 1964 – Alp dovonidan oʻtuvchi tunnel ishga tushdi.
  • 1970 – GDR va GFR rahbarlarining oliy darajadagi birinchi uchrashuvi.
  • 1992 – Oʻzbekiston  Polsha va Yangi Zelandiya davlatlari bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
  • 1994 – Boku metrosida terroristik akt sodir etildi.
  • 1999 – Vladikavkazda terroristik xurujlar sodir bo’ldi.
  • 2003 – AQSh prezidenti Jorj Bush Saddam Husaynga ultimatum e’lon qildi.
  • 2011 – NATO davlatlarining Liviyaga intervensiyasi boshlandi.
  • 2016 – Istambulda terroristik xurujlar.

? TAVALLUDLAR:

  • 1629 – Aleksey Mixaylovich (1676) – Rus podshosi (1645–76), Romanovlar sulolasining ikkinchi vakili, podsho Mixail Fyodorovich Romanovning o‘g‘li.
  • 1778 – Munis Xorazmiy (1829) – shoir, tarixnavis, tarjimon, xattot va maʼrifatparvar.
  • 1813 – David Livingston (1873) – shotlandiyalik sayyoh, ixtisosligi — vrach.
  • 1832 – German Vamberi (1913) – venger sharqshunos, tilshunos olimi, sayyoh va yozuvchi.
  • 1883 – Norman Havorz (1950) – ingliz organik kimyogari, London qirollik jamiyati aʼzosi (1928-yildan), Nobel mukofoti sohibi (1937).
  • 1896 – Nadejda Kashina (1977) – Oʻzbekiston xalq rassomi (1964).
  • 1900 – Frederik Jolio-Kyuri (1958) – fransuz fizigi, Xalqaro tinchlik tarafdorlari harakati asoschilari va rahbarlaridan biri, Nobel mukofoti(1935), «Xalqaro tinchlikni saqlash uchun» mukofoti (1951) sohibi.
  • 1900 – Solih Mutallibov (1979) – tilshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971).
  • 1943 – Mario Molina – meksikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1995).
  • 1953 – Lenín Boltaire Moreno Garcés – Ekvador Prezidenti (2017-yildan).
  • 1954 – Zayniddin Nizomxo’jayev – davlat va jamoat arbobi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi (2021-yil 5-fevraldan).
  • 1955 – Bryus Uillis – amerikalik kinoaktyor, prodyuser, musiqachi.
  • 1956 – Yegor Gaydar (2009) – rossiyalik iqtisodchi va siyosatchi, Rossiya bosh vaziri (1991-1992).
  • 1982 – Eduardo Saverin – Facebook ijtimoiy tarmogʻining asoschilaridan biri.