21 oktabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon yod tanqisligining oldini olish kuni.
? Uy kinosi kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? O’zbekiston – Davlat tili kuni.
?? Hindiston – Politsiyachilarni xotirlash kuni.
?? Tayvan – Dengiz ortidan kelgan xitoylik(xuatsyao)lar kuni.
?? Tailand – Milliy hamshiralar kuni, Milliy stomatologik gigiyena kuni.
?? Misr – Misr dengiz floti kuni.
?? Gonduras – Qurolli kuchlar kuni.
?? Burundi – Prezident Ndadayeni xotirlash kuni.
?? Belarus – Otalar kuni.
?? Buyuk Britaniya – Olma kuni (Apple Day).

? VOQEALAR:

  • 1097 – salibchilar Antioxiyani qamal qilishdi.
  • 1520 – Fernan Magellan Magellan bo’g’ozini kashf etdi.
  • 1578 – Venden jangi.
  • 1641 – Olsterda katoliklar qo’zg’oloni: minglab inglizlar va shotlandlar o’ldirildi.
  • 1727 – Kyaxtada Rossiya-Xitoy shartnomasi imzolandi.
  • 1731 – Qozoqlarning kichik juzi, Abulxayrxon tashabbusi bilan Rossiya imperiyasining fuqarosi bo’ldi.
  • 1805 – Trafalgar jangi: Napoleon I flotsiz qoldi.
  • 1824 – Angliyalik Jozef Aspdin portland sementiga patent oldi.
  • 1879 – Amerikalik ixtirochi Tomas Alva Edison o’zining ko’mirli ipda ishlovchi ilk lampasini sinovdan o’tkazdi.
  • 1895 – Yaponiya Tayvanni bosib oldi.
  • 1935 – Germaniya rasman Millatlar ligasidan chiqdi.
  • 1950 – Tibet armiyasi taslim bo’lganidan so’ng, Xitoy qo’shinlari Tibetni egallab olishdi.
  • 1966 – Yak-40 samolyotining birinchi parvozi.
  • 1968 – Toshkentda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari 1-Xalqaro kinofestivali ochildi.
  • 1969 – Somalida qonsiz inqilob (Milliy kun).
  • 1971 – SSSR Semipalatinsk poligonida yadro sinovlarini o’tkazdi.
  • 1975 – “Venera 9” – Venera orbitasiga chiqarilgan birinchi sun’iy yo’ldosh bo‘ldi.
  • 1975 – SSSR Novaya Zemlyada yadro sinovlarini o’tkazdi.
  • 1989 – O’zbek tili O’zbekistonning davlat tili deb e’lon qilindi.
  • 1991 – Marshall orollari mustaqillikka erishgan 
  • 1994 – Xalqaro “Tefi” mukofoti ta’sis etildi.
  • 1996 – Toshkent shahrida Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi va unda Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
  • 1997 – Aleksandr Soljenitsin nomidagi Adabiy mukofot ta’sis etildi.
  • 1993 – Burundida Prezident Melchior Ndadaye va 6 vazir harbiy to’ntarishga urinish paytida o’ldirildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1328 – Chju Yuanjang (1398) – Xitoy imperatori, Min sulolasining asoschisi (1338-yildan).
  • 1675 – Xigashiyama (1710) – Yaponiyaning 113-imperatori (1687-1709).
  • 1833 – Alfred Nobel (1896) – Shved kimyogari, dinamit ixtirochisi, taniqli mukofotning asoschisi.
  • 1908 – Sulaymon Azimov (1996) – faylasuf olim, jamoat arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1958).
  • 1909 – Sobitov Zohid – kinorejissyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1964), O’zbekiston xalq artisti (1970).
  • 1922 – Liliane Bettencourt (2017) – kosmetik vositalar ishlab chiqaruvchi «LʼOréal» shirkatining asoschisi.
  • 1940 – Pele (haqiqiy ismi Edson Arantis du Nasimentu) – braziliyalik futbolchi.
  • 1928 – Radner Muratov (2004) – kinoaktyor (Vasiliy Alibabayevich – “Omadli jentelmenlar”).
  • 1929 – Ursula Le Guyn (2018) – amerikalik ilmiy – fantast yozuvchi.
  • 1945 – Nikita Mixalkov – aktyor va kinorejissyor, Oskar mukofoti sovrindori.
  • 1949 – Benyamin Netanyaxu – Isroil Bosh vaziri.
  • 1957 – Volfgang Ketterli – nemis fizigi, Nobel mukofoti sovrindori (2001).
  • 1958 – Andrey Geym – golland fizigi, Nobel mukofoti sovrindori (2010).
  • 1980 – Kim Kardashyan – amerikalik model, aktrisa, televidenie yulduzi.
  • 1986 – Munisa Rizayeva – xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
  • 1996 – Mahmud Gaipov – oʻzbek bokschisi.