21-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

2001. «Star trek» seriali epizodlaridan birida kapitan Ketrin Jenveyn o’zga sayyoraliklar tomonidan 30-yillarda o’g’irlab ketilgan odamlar guruhiga duch keladi. Ushbu guruhda Jeyveyn o’z kumiriga duch keladi.
O’sha kumiri kim edi?

Javob. Ameliya Erxart.
Uchuvchi ayol uchun bundan boshqa kumir bo’lishi mumkin ham emas

2002. Aleksey Kuropatkin ta’kidlashicha, 1860-yilda 20 minglik Fors qo’shinlari turkman yerlariga bostirib kiradi va urushda mag’lub bo’ladi. Shundan keyin Buxoro va Xivada ULARning narxi judayam arzonlashib ketadi.
ULAR-?

Javob. Qullar.
Izoh. Urushda tirkmanlar juda ko’p asir olgan va ularni arzon narxlarda qul bozorlarida sotishgan.

2003. Baʼzi havaskor foto suratchilar ilgari suratga olishni oʻrganishyotganda oʻzlari bilan koʻzgu olib yurishgan .
Diqqat savol. Boʻlgusi fotograflar suratga olish jarayonida koʻzgudan nima maqsatida foydalanishgan?

Javob. Koʻzgudan Yorugʻlik darajasini aniqlashda foydalanishgan.

2004. Qisqa_savollar

  1. Savol.Qaysi davlatda eng ko’p geyzerlar energiyasidan foydalanishadi ?
    Javob. Islandiya
  2. Savol.Oʻzbekiston nechanchi asrda paydo boʻlgan?
    Javob XI asrda

3.Qirgʻoqsiz dengiz?
Javob:Sargosso

4.Sigir daraxtining nomi nima va u qayerda oʻsadi?
Javob:Sorverya oʻsimligi(Kosta-Rikada)

5.Everest togʻining balandligi necha metr?
Javob:8848

6.Xar kim toʻyar kim toʻymas?
Javob:Baxil xasadchi

7.Xavo necha metrda 6°c ga soviydi?
Javob:1000 metrda

8.Kosonsoy tumani qaysi viloyatda joylashgan?
Javob: Namangan

9.Qaysi xayvon butun qish boshini pastga qilib uxlaydi?
Javob:Koʻrshapalak

10.Ogʻzida tishi boʻlmagan odam tish ogʻrigʻini qachon biladi?
Javob:It tishlasa

11.Tver (Kalilin) shaxrida qaysi rus sayyohiga xaykal oʻrnatilgan?
Javob:Afanasiy Nikitinga

12.Amerikaning kim kashf etgan?
Javob:Xristofor Kolumb

13.Qaysi fudbol klubini ,,Keksa senyoʻra deb atashadi»?
Javob: Yuventus

14.Sibirdagi ayolllar ismiga nomlangan daryo qaysi?
Javob:Lena

15.Kredit kartasi qaysi davlatda paydo boʻlgan.
Javob:Aqsh

16.Eng zaxarli oʻsimlik nomi?
Javob:Strixnos oʻsimligi

17.Nima pastga qarab oʻsadi?
Javob:Muz sumalaklari

18.Eng katta orol qaysi?
Javob: Grenlandiya oroli (Maydoni 2mln 176 ming kv:km)

19.Qaysi gul Yapon xalqining sevimli guli xisoblanadi?
Javob:Kameliya

  1. 1 nanometrning 1/10 qismiga teng uzunlik o’lchovi qanday nomlanadi ?
    Javob: Angstrem

21.Mashhur sportchi Feliks Savon qaysi davlatlik ?
Javob: kuba

2005. U uzoq 1219-yildan beri mavjud bo’lib, uning paydo bo’lishi haqida afsonada, Tallin yaqinidagi Estonlarga qarshi jang paytida U osmondan qirol qo’liga tushgan va qo’shinni g’alabaga ruhlantirgan ekan.
U-?

Javob : Daniya bayrog’i

2006. Savol : Motsartning “ Don-Juan “ operasi haqida eshitganmisiz? Unda Don-Juan Anna ismli qizni yoʻldan urush maqsadida uyiga kirib oladi. Lekin, uning otasi Komandor qizini himoya qilib halok boʻladi. Bir kuni Don-juan qizning otasi qabri yonidan oʻtayotib bir ahmoqlik qilib qoʻyadi. Oqibat marhum Komandor kechasi Don-Juanni jahannamga tortib ketadi. Savol: Don-Juan nima qilgan edi?
JAVOB: Don- Juan marhumni kechki ovqatga taklif etib qo’ygan.

2007. Savol: Volter fikricha X – firibgar va ahmoq uchrashganda paydo bo’lgan ekan. Xning aniq yoshi noma’lum. Albatta X abstrakt tushuncha. X ni toping?
Javob. Din

2008. «…1970-yili kosmosda qora yulduz paydo bo’ldi…» Gap nima haqida bormoqda?
Javob: gap futbol qiroli Peleni, aqshning Kosmos jamoasiga o’tishi haqida boryapti

2009. Yaponiya halqining e’tiqodiga nazar soladigan bo’lsak, juda ham qiziqarli. Ulardan biriga e’tibor qarating. Agar biror inson og’ir xastalikka chalinadigan bo’lsa, BU ISH ni qilishni maslahat berishadi. So’ngra ishonishadi-ki, bu inson ming yil umr ko’radi. BU ISH o’tgan asrning o’rtalarida shov-shuvga sabab bo’lgan.
Diqqat savol: BU ISH ni biz qaysi jumla o’rnida qo’llaganimizni maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Qog’ozdan 1000 ta turna yasash.
Izoh: Xirosimaga tushgan atom bombasidan so’ng. Sadako ismli qiz qon raki kasalligiga chalinadi va uning dugonasi unga Yaponiyaliklar uchun muqaddas bo’lgan TURNA dan 1000 ta yasashini va albatta tuzalib, 1000 yil umr ko’rishini aytib o’tadi.

2010. 1587-1607 yillardagi ingliz-ispan urushi vaqtida Ispaniya tomonidan Angliyani bosib olish uchun yaratilgan flot qanday atalgan?
Javob: Yengilmas armada

2011. Savol.Rim katolik cherkovi tomonidan o‘ldirilgan mashhur italiyan fizigi va astronomi? Birinchi termometrni yasagan olim?
Javob: Galileo Galiley (1564-1642).

2012. Savol. Shum bola” qissasi 1936 yili “Mushtum” jurnalida qanday nom bilan bosilgan edi?
Javob: ,,Dovdirash»

2013. Savol.Quyoshning yerdagi yo‘ldoshi deb nom olgan o‘simlik?
Javob: Kungaboqar.

2014. Qisqa_savollar
1.Yunon mifologiyasida o‘z otasi bilan osmonga ko‘tarilgan qahramonning ismi nima bo‘lgan?
Javob:Ikar

2.Frantsiya tarixida “Yuz kun†deb nomlangan hokimiyat kimga tegishli bo‘lgan?
Javob:Napaleon

3.Vetnam davlatining pul birligi qanday ataladi?
Javob:Dong

4.G’arbda Mang‘ishloq yarimoroli, sharqda Amudaryo deltasi  oralig‘ida joylashgan plato nomi nima?
Javob: Ustyurt

5.Subaru avtomobillari qaysi davlatda ishlab chiqariladi?
Javob: Yaponiya

  1. AQSh, Buyuk Britaniya, Daniyada ma’muriy-xududiy yoki federativ birlikni boshqaruvchi oliy lavozimdagi shaxs qanday ataladi?
    Javob: Gubernator
  2. Kot-D’Ivuar davlatining poytahti qaysi shahar?
    Javob: Yamusukro

8.Buddizm dini dastlab qaysi davlatda paydo bo‘lgan?
Javob:Qadimgi Hindiston

9.Graf va vikont orasida turuvchi dvoryanlik tituli qanday ataladi?
Javob:Baron

10.Boks jangida nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragan bokschi necha oy musobaqalardan chetlashtiriladi?
Javob:3 oy

11.Seldlar oilasiga kiruvchi mayda ov baliqlarining umumiy nomi qanday ataladi?
Javob:Kilki

  1. Birinchi apteka qaysi shaharda ochilgan?
    Javob:Bagʻdodda 754-yili

13.Mashhur olim Galileo Galiley qaysi davlatda tug‘ilgan?
Javob: Italiya

14.1992 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlari qaysi shaharda bo‘lib o‘tgan?
Javob: Barselona

15.Qozog‘istonning 20 tengelik kupyurasida kimning surati tasvirlangan?
Javob:Abay

16.Olimpiada bayrog‘ining pastki qavatida qaysi rangdagi xalqalar tasvirlangan?
Javob:Sariq va Yashil

17.Shvetsiya parlamenti qanday nomlanadi?
Javob:Riksdag

18.Quyoshga eng yaqin sayyora qaysi?
Javob: Merkuriy

19.Mahtumquli qaysi millat shoiri bo‘lgan?   
Javob:Turkman

  1. Torli kvartet musiqa asbobining otasi hisoblanadigan kompozitor kim?
    Javob: Frans Yozef Gaydn

2015. Qisqa_savollar

  1. Birinchi el klassiko qachon bo’lib o’tgan va kim g’olib bo’lgan?
    Javob 1902 yil 31 may
  2. Qaysi klub ketma ket mag’lubiyatsiz seryasini 40 ta oʻyinga yetkazgan?
    Javob Yuventus
  3. Braziliya jahonning 5 karra chempioni boʻlib rekord qoʻygan. Ana shu 5-chi chempionlikni ular qachon, qaysi terma jamoaga qarshi oʻyinda qoʻlga kiritishgan?
    Javob 2002 yil Germaniya
  4. 1966-yilgi jahon chempionatidan boshlab X har jahon chempionatida ishtirok etib kelmoqda.Lekin undan oldingi chempionatlarda u yo’q edi. X nima???
    Javob Ramzlar
  5. Futbol yulduzi Pele maydonda bir kishini tushunib, o’sha bilan yaxshi o’ynagan shu futbolchi kim?
    Javob Garincho
  6. Jahon chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol qaysi terma jamoa o’yinchisi tomonidan kiritilgan???
    Javob. Turkiyalik Haqqon Shukur
  7. 1934-yilgi jahon chempionatida,ya’ni,2-jahon chempionatida X jamoa ishtirok etmagan va bu X jamoa ishtirok etmagan yagona chempionat hisoblanadi.SAVOL:X nima???
    Javob Mezbon davlat.
  8. Oʻzbek futbolchilari orasida Real Madrid jamoasiga toʻp kiritgan futbolchi kim edi?
    Javob M.Shatskix
  9. Jahon chempionatida Braziliya darvozasiga javobsiz 7 ta gol kiritgan davlat?
    Javob. Germaniya
  10. Oʻzbekiston chempionatida qaysi klubni Lochinlar deb atashadi?
    Javob Navbahor
  11. Oʻzbek futbolida sexrli tayoqcha degan nomni qaysi futbolchiga atashgan?
    Javob Anvar Soliyev
  12. Angliya chempionatida qaysi klubni «Qizil iblislar» deb atashadi?
    Javob Manchester Yunayted

2016. Uning tarixi 1930-yildan boshlangan. Uning X sifatidagi tarixi esa Ispaniyadan boshlangan desa ham bòladi. 1982-yildan boshlab U X sifatida «muomilaga kiritilgan». Bundan avval ham U mavjud edi-yu, lekin oldin u «X» emasdi. U nimaligini topgan bòlsangiz, X ni maksimal aniqlikda ayting?
Javob. X – mundial. 1982-yilda Ispaniyada bòlgan JChdan boshlab, JCh «mundial» deb atala boshlangan.

2017. Adriano Galliani Milanda ishlagan ushbu futbol murrabiyiga quyidagicha ta’rif bergandi “U- murrabiy emas, balki to‘quvchiga o‘xshaydi. Buning ustiga u yaxshi to‘quvchi ham emas, ammo matoning a’lo navligini talab qiladi”.Savol Galliani ushbu ta’riflarni qaysi futbol murrabiyiga nisabatan ishlatgandi?
Javob. Karlo Anchelotti

2018. Zlatan Ibragimovich bosno-xorvat emigrant oilasida tavallud topgan. Uning ota-onasi ajrashgandi va shu sababli Zlatanning otasi bilan munosabatlari unchalik iliq emasdi. Otasiga nisbatan nafrat his qilardi va bu uning futbolchilik faoliyatida formasiga ham ta’sirini ko’rsatgan. Keyinchalik, 2002-yilda otasi bilan munosabati yaxshilangach, Ibragimovich buni o’ziga xos ifodaladi. Qanday qilib?
Javob: Formasida otasining familiyasini yozdirgan
Izoh: Albatta otasi b.n munosabatlari yomonlashgan paytlarda familiyani formasiga yozdirmagan. Uning formasida faqat ismi-Zlatan yozilgan edi

2019. Quyidagi so’zlarga e’tibor qiling:
«Biz Rossiyadagi Jahon chempionatida o’ynashimiz mumkin edi. Bizni undan faqatgina 1 ta gol ajratib qoldi,xolos. Biz o’sha golni Koreyaliklar darvozasiga urishga urindik. Biroq o’yinda hisob ochilmadi. Nima ham qilardik, endi o’qishni davom ettirish va murabbiylikdagi bilimlarni oshirish uchun imkoniyat bor.»
Siz menga bu so’zlar muallifini ayting?

Javob: «Biz sevgan» Samvel Babayan edi.?

2020. Ular ilk bor Afinada miloddan avvalgi 500-yilda paydo bolgan. Ular shahardan kamida bir milya uzoqlikda joylashishi shart bolgan. Diqqat savol: Ularni toping?
Javob: Axlatxonalar

2021. Mashhur fransuz rassomi, «Qayerdanmiz? Kimmiz Qayoqqa ketayapmiz?» asari muallifi?
Javob: Gogen

2022. Nyutonning boshiga olma tushib, butun dunyo tortishish qonunini yaratgani haqida birinchi marta hikoya yozgan fransuz yozuvchishi kim?
Javob: Volter

2023. Inson baliqdan dunyoga kelgan degan evolyustsion nazariya asoschisi bo’lgan qadimgi yunon faylasufi kim?
Javob: Anaksimandr

2024. Boburiylar sulolasidan bo‘lgan bu shoh davrida imperiya inqirozga yuz tutgan, bu shaxsning qilgan ishlari oldin yuritilgan siyosatga «bolta urgan». Gap kim haqida ketmoqda?
Javob: Avrangzeb

2025. Handaq g’azoti musulmonlar uchun g’alaba bilan yakaunlanganini bilamiz. Ma’lumki arablarda shu paytgacha jangda handaq qazish usuli bo’lmgan. Savol: Handaq qazishni taklif qilgan sahoba kim?
Javob : Salmon Forsiy r.a

2026. Oq uyda birinchi bo’lib avtomobili bo’lgan prezident kim?
Javob:  Teodor Ruzvelt

2027. Xiyonati, zino bilan qo’lga tushgani uchun o’z qizi Juliani surgun qilgan Rim imperatori kim edi?
Javob: Oktavian Avgust.

2028. Yulduzlarning halokatli to’qnashishi nima deb ataladi?
Javob: kollaps

2029. Ilk plastik operatsiya qachon va qayerda o’tkazilgan?
Javob: 1814 yilda Londonlik xirurg Jozef Karpyu tomonidan birinchi plastik operatsiya o’tkazilgan

2030. Lotin Amerikasining quruq tabiatli tepalik va tog’ yonbag’irlarida mila nomli kaktus turi o’sadi. Diqqat savol: Qaysi davlatda u eng keng tarqalgan?
Javob: Peru
Izoh: Mila Limaning anagrammasi

2031. 1980-yili chiqqan bir sovet kinofilmini suratga olish jarayonida bir muommoga duch kelinadi. Bu muommo bir qahramon bilan bog‘liq edi. Agarda qahramonning millatiga aniqlik kiritilsa, demak film 2 davlatdan birida sotuvga chiqmas edi. Ushbu muommoni hal qilishning bir yo‘li o‘ylab topilgan, qahramon daniyalik qilingan. 
Savol: Film nomini va 2 davlatni yozib bering? 

Javob: “Kuzgi marafon”, GFR va GDR. 
Izoh: Georgiy Daneliya o‘zining “Kuzgi marafon” filmiga daniyalik professor Xanson roliga “Shpigel” jurnali muhbiri nemis Norbert Kuxenkeni taklif qilgan. Agarda u nemis qilib ko‘rsatilganida, film yoki FRGda yoki GDR ketmas edi. Rejissyor bu muommoni oldindan ko‘rib, qahramonni daniyalik qilib ko‘rsatgan.

2032. O‘rta asrlar arxitekturasiga tegishli Germaniyadagi yodgorliklar orasida sayyohlar juda ko‘p tashrif buyuradigan qadamjolardan biri, bu Svingerlar saroyidir. Bundan chamasi yarim asrlar oldin saroy kiraverishiga yozilgan 3 ta so‘zdan iborat yozuv taxtachasi xozirgacha saqlanib qolgan. Garchand xozir bu biroz kulgili bo‘lsada, bugungi kunga kelib u hatto memorial yozuviga aylangan. Siz o‘sha 3 ta so‘zdan iborat gapni mantiqan bo‘lsada yozib bering?
Javob: Tekshirildi minalar yo’q

2033. Sovet kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Sherlok Xolms va doktor Vatson” kinofilmining ijodkorlari syomka jarayonida Konan Doylning prinsipial xatolariga to‘qnash kelishgan. Hikoyalardan birida ilon qotilning hushtagini eshitib, havo almashish tirqishidan qo‘ng‘iroq simi orqali tushgan va shu yerdan qaytib chiqib ketishi kerak bo‘lgan. Xato shunda ediki, ilon erkin osilib turgan simdan harakatlana olmaydi, harakatlanish uchun unga qattiq asos zarur. Filmda bu holatni o‘zgartirishgan, ammo ikkinchi xatolikni asardagi kabi suratga olishgan. Faqat bu xatolikni to‘g‘rilab yuborish uchun filmning shu qismiga qotilning devorni taqillatish dublini qo‘shishga majbur bo‘lishgan. Aytingchi, ushbu jarayondagi ikkinchi xato nimadan iborat edi?
JAVOB: Ilonlar kar bo‘ladi.
Izoh: Ilon qotilning hushtagini eshita olmaydi, ammo devor taqillatilganda undan hosil bo‘lgan vibratsiya ilon uchun signal vazifasini bajargan. Buni keyinroq, film so‘ngida Sherlok Xolmsning tushuntirishlaridan bilib olishimiz mumkin bo‘ladi.

2034. Bir asarda yozilishicha, o‘rta asrlarda Angliya qiroli Karl II saroyida bir odat bo‘lgan. Bolaning hiqildog‘i operatsiya qilingandan so‘ng, ma’lum vaqt o‘tgach, qirol saroyiga bir lavozimga ishga olingan. Unga qo‘yilgan asosiy talab Birinchi va Ikkinchining o‘rnini bosib berish bo‘lgan. Diqqat savol: Birinchi va Ikkinchini istalgan ketma-ketlikda yozib bering?
JAVOB: Qo‘ng‘iroq va xo‘roz.
Izoh: U inson har soat xo‘roz ovozidek, soat necha bo‘lsa shuncha marta qichqirishi kerak bo‘lgan. Odatda bu xizmatkor faoliyati tungi paytda o‘tgan.

2035. Respublikamizdagi bu joy nomining kelib chiqishi quyidagicha: XVIII-XIX asrlarda bu yerda yaqin hududlarda yetishtirilgan g‘alla ekinlari to‘planadigan katta ombor bo‘lgan. Keyinchalik shu ombor tufayli bu hudud shunday atala boshlagan. Yordam sifatida aytishim mumkinki, mashhur bir shaharga shimol tomondan kirib borishda albatta shu hudud, aniqrog‘i, shu nomdagi tuman kesib o‘tiladi. Ushbu hudud nomini toping?
Javob: Dang‘ara.
Izoh: g‘alla ekinlarining yana bir nomi bu donli ekinlar. O‘simliklar va boshqa ekinlar poyalari yoki donlari birgalikda g‘aram deb atalgan. Qo‘qon xonligi ombori shu yerda bo‘lgan.

2036. Arablar uni “Abu riyoh” – “shamol otasi” deb atashadi. Uni eslaganimizda bizning
ko‘z oldimizga keladigan mavjudotni esa arablar abulyaqzon deyishadi. Bir daqiqadan so‘ng abu
riyoh va abulyaqzon nimaligini ayting?

Javob: Flyuger, xo‘roz.

2037. Savol juda qisqa. Braziliyaning Buizos shaxrida qaysi fransuz aktrisasiga haykal o‘rnatilgan?
Javob. Bridjit Bordo

2038. Finlyandiyada har yili “Havo gitarasi” nomli jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada hakamlar hay’ati g‘oliblarni 3 ta mezon bo‘yicha aniqlashadi: texnika, xarizma va aktyorlik mahorati. Musobaqa 2 ta bosqichdan iborat bo‘ladi, birinchisi, ishtirokchilar o‘zlari tayyorlab kelgan nomerlarini namoyish qilishsa, ikkinchisida tashkilotchilar tomonidan berilgan vazifalarni bajarishadi. Agarda bu odatiy gitara musobaqasi bo‘lganda edi, men sizlarga buni savol qilib bermagan bo‘lardim. Aytingchi, musobaqani o‘ziga xosligi nimada? 
JAVOB: Ishtirokchilar musobaqa davomida aslida qo‘llarida yo‘q gitarani xuddi bordek qilib, chalib ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.

2039. Bu sovg‘a lo‘lidan bir ayolga sovg‘a qilingan edi. Lo‘lining fikricha agarda ayol bu sovg‘ani saqlab yursa, u holda uning eri unga qattiq bog‘lanib qolishini, agarda u bu sovg‘ani yo‘qotsa, u holda uning eri boshqa ayol bilan birga bo‘lishini aytadi. Ayol bu sovg‘ani uzoq vaqt o‘zida saqlab, o‘limidan oldin uni keliniga topshirishni vasiyat qiladi. Afsus, bu sovg‘a keyinchalik yolg‘ondan darak beradi.
Savol: Siz menga bu sovg‘ani nimaligini ayting?

Javob: Ro’molcha

2040. Bir odamni 9 yilga qamashibdi qamoq boshlig’i men senga 1 ta savol beraman agar topsang hozirni o’zida ozod qilaman debdi. SAVOL 9 ta harfdan iborat oxirgi 3 ta harfi zor bilan tugaydi bu nima debdi. U odam topolmabdi 9 yil qamoqda o’tirib chiqibdi uyiga borib darvozasidan kirgandan shu narsaga ko’zi tushib yuragi to’xtab qolibdi.
SAVOL bu nima hammani uyida bor narsa lekin televizor emas ekan bu ruscha so’z ekan?

Javob: Domokazor

2041. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Anvar Obidjon ijodida 3 qatordan iborat xokku -“uchchanoqlar”ni uchratish mumkin. Bunda uchchanoqlarning har bir qatorida 7 tadan bo‘g‘in mavjud va ular xuddi xokkular singari falsafiy ma’no anglatadi. Uchchanoqlardan biridan parcha o‘qiyman: Yasholmasdi kuldirmay Birovlarga bildirmay Yig‘lab oldi … Marhamat qilib, nuqtalar o‘rnida tushirib qoldirilgan so‘zni aniqlang?
Javob: Yomgʻirda

2042. Siyosatchilardan biri tomonidan aytilib, biroz o‘zgartirilgan sitataga diqqat qiling. “…Hattoki ular yovvoyi, shavqatsiz, vahshiy, fanat bo‘lishlariga qaramasdan, biz dunyo rahbarlari sifatida, umumbashariy ezgulik uchun, eskisigayam yangisigayam tegmaymiz”. Savol, eskisi va yangisini toping?
JAVOB: Kioto, Tokio.
Izoh: ushbu sitata Garri Trumen Yaponiyaga atom bomba tashlashdan oldin so‘zlagan nutqidan olingan.

2043. 2002 yil o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan xalqaro simpoziumda KXDR va Janubiy Koreya davlati vakillari geografik xaritadagi bir nomni o‘zgartirish taklifini berishadi. Koreyslar fikricha, ushbu nom o‘z vaqtida jahon hamjamiyatining soddaligidan foydalanib, juda ham ayyorlik bilan qo‘yilgan emish. Ular ushbu nomni “Sharqiy” nomi bilan almashtirishni taklif qilishgan. Savol, u yerning xozirgi nomini yozib bering?
Javob : Yapon dengizi edi

2044. Ikki sevishgan tog’da sayr qilib yurishganda birdan qiz yigitga shart qo’yadi, ya’ni agar mani sevsang, bir katta qoyani ko’rsatib, mana shu yerdan o’zingni pastga tashlaysan, ana o’shanda sevishinga ishonaman, agar tashlay olmasang, demak mani sevmaysan deydi. Shunda yiqit shunday bir ish qiladiki, o’zini pastga tashlamasdan qizni ishontiradi. Yigit nima qilgan, ya’ni qo’yilgan shartga qanday javob qaytargan?
Javob: Yigit qizga meni o’zing qoyadan itarib yubor deydi.

2045. Franklin o‘z biznesidan tashqari poygachi otlarga juda qiziqqandi. Tennesi shtatidan yer sotib olib 30 ta otxona, poyga uchun trek, hayvonlar uchun ko‘rgazma maydoni tashkil qilgan. O‘limidan keyin bo‘lsa ham 1940 yilda uning xo‘jaligidan Gallahadion (Gallaheydon) laqabli ot “Kentukki Derbi” poygasida g‘alabaga erishdi. Savol, Franklinning eng mashhur brendini toping?
JAVOB: Snikers 
Izoh: Franklin Mars o‘zining mashhur brendi “Snikers” shokolodiga sevimli otini nomini bergan.

2046. Olim Ibrohim G‘ofurov ta’biri bilan aytadigan bo‘lsak u “juda aqlli mavjudot”, sababi, unga inson saksondan birini ishlatmagan “IKS” lar qo‘shilib turadi. Siz o‘sha mavjudot va “IKS”ni nimaligini ayting?
Javob: Yer va miya

2047. Bu narsa Alanlar davlatining yo’q bo’lishiga olib kelgan ekan. qadimgi Xitoyda uni «oq ajdar» deb atashgan. aytishim mumkinki u «yegan sari ko’payib boradi» diqqat savol uni 2 so’z bilan ayting?
Javob : Qor ko’chishi

2048. Sharq donishmandlaridan Jaloliddin Rumiy xazratlari ushbu ikkitasiga quyidagicha ta’rif berganlar:
U – bamisoli otdur,
BU – misli suvoriy.
bilgilki, Uning yemishi,
BUnga oziq bo’lmagay.
U va BU ni ikkalasini aniq yozib bering ?

Javob: Tana va Rux

2049. 1857 yili Nyu-Yorkning Manxettan rayonida o‘tkazilgan “Bo‘sh kastryulkalar” nomli namoyish marshi, XX asrning birinchi choragida (1917 yili ) “Non va tinchlik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan miting. Bu ikkita voqeani bir umumiyligi bor. Agar siz umumiylikni topgan bo‘lsangiz, BMTning 32/142 – sonli rezolyusiyasi nima haqida ekanligini yozib bering?
JAVOB: 8 martni “Xalqaro ayollar kuni” sifatida nishonlash haqida. 
Izoh: Bu namoyishlarda faqat ayollar qatnashishgan. Uni ustiga namoyishlar 8 martda o‘tkazilgan. Paytdan foydalanib klubimiz qizlarini kelayotgan bayramlari bilan tabriklab o‘tamiz.

2050. U tug‘ilganida bu ism bilan nomlanishining sabablaridan biri uning otasining MakDonalds restoranlarini yoqtirishi bo‘lgan. Keyinchalik bu xislat uning o‘ziga ham o‘tgan. Kunlardan birida og‘ir operatsiyalardan so‘ng hushiga kela solib xotinidan gamburger olib kelishni so‘raydi. Savol: U kim?
Javob: Ronaldo Luis Nazario De Lima
Izoh: MakDonalds ramzi Ronald ismli masxaraboz.

2051. Xitoylik Yun Kvan ismli inson o‘z uyi oldida 3 mertlik piramidani yasagan. Bu piramidaga material sifatida o‘zining ish faoliyati davomida chiqqan chiqindilardan foydalangan. Bu chiqindilar 28000 ming dona bir xil tipdagi predmetlar edi. Bu piramida insonlarga o‘z vaqtida profilaktika amalga oshirish kerakligini eslatib turardi. Aytingchi, Yun Kvanning kasbi nima?
Javob: Tish shifokori

2052. Tavassur qiling, Amerika. 1930-yillardagi inqiroz davri. Ishsiz qolgan insonlar o‘zlarining bo‘sh vaqtlarida avvalgi yaxshi davrlarni eslashardi. Chunki ularning hech qanday mol-mulklari qolmagan. Lekin bu ular uchun muammo emasdi. Negaki ular bir yangilik tufayli mol-mulklarni sotib olishga yana qodir bo‘ladilar. 1 daqiqadan so‘ng, o‘sha yillarda ishsiz qolgan sobiq savdo agenti Charlz Darrouning ixtirosini yozib bering?
Javob: Monopoliya o’yini

2053. 1848 yil 1 yanvar kuni Milan shahri aholisi ommaviy ravishda ust kiyimini yechib tashladi chunki o‘sha vaqtda shahardagi yagona ust kiyim fabrikasi Avstriyalik bosqinchilar qo‘lida bo‘lib, sotuvdan tushgan foyda Avstriya armiyasini qurollantirishga sarflanardi. Ushbu matndagi ust kiyimini yechish so‘zlarini biz qaysi so‘zlar bilan almashtirdik?
Javob: Chekishni tashlashadi

2054. O’tgan asrning oxirlarida mushukning yangi, ya’ni tashqi ko’rinishi o’yinchoq yo’lbarsni eslatib yuboradigan turi o’ylab topildi.
Diqqat savol: Ushbu turning inglizcha nomini yozib bering?

Javob: Toyger

2055. Markiz de Sadning hikoyalaridan birida bir personaj shunday deydi: “Agar xonada pashsha bo‘lmasligini xohlasang, unda xonadan shakarni chiqarib tashla”. Hikoya qahramoni bu bilan jamiyatdagi qanday salbiy holatni yo‘qotish yo‘lini tushuntirmoqchi bo‘lganligini maksimal aniqlikda yozib bering?
JAVOB: Mamlakatda gadoylarni yo‘qotish.

2056. Futbolning ashaddiy ishqibozlaridan biri sifatida futbol haqida savol bermasam bo‘lmas. Gollandiyalik mohir futbolchi Yoxan Kruiffga darvozabonlar ba’zida shunday savol berib turishar ekan: “Agarda to‘p darvoza “to‘qqizligiga” (devyatka) qarab uchayotgan bo‘lsa, unda nima qilish kerak?”. Kruiff bu savollarga ajoyib tarzda javob beradi. Uning tavsiya qilgan ishini sizlar ham qilsangiz, hecham xafa bo‘lmayman. Qanday ishni?
Javob: Olqishlash qarsak chalish

2057. Kanadaning 2 dollar qiymatiga ega bo‘lgan tangasining orqa tomonida oq ayiq tasvirlangan va u davlatni yovvoyi tabiatga boyligidan dalolat beradi. Endi sizlarga savol, ushbu tanganing yuza qismida qanday tasvir borligini yozib bering. ?
JAVOB: Buyuk Britaniya qirolichasi tasviri.

2058. Indoneziyada har yili 200 ta kompaniya va jismoniy shaxslardan iborat ro‘yhat e’lon qilinadi. Ushbu ro‘yhatga kirganlarga maxsus faxriy yorliqlar beriladi. Odatga ko‘ra ularni bu faxriy yorliqlar bilan shaxsan prezidentning o‘zi taqdirlashi diqqatga sazovor. O‘z navbatida qo‘shimcha sifatida ularga turli soliq imtiyozlari ham berilar ekan. Endi sizlarga savol, ushbu ro‘yhat qanday asosga ko‘ra tuzilishini maksimal aniqlikda ayting?
JAVOB: Eng ko‘p daromad solig‘i to‘lagan sub’yektlar.

2059. Hayotda ham shunday yarmisi xato
Bir bo‘lagi javob, yarmisi savol
Baxt ham to‘lishadi bir kun X kabi
Qayg‘ular eriydi, eriydi xushhol.
Sizlarga hozir Kristina Rosettining Oydin Suyundiqova tarjimasidagi she’ridan bir parcha o‘qib berdim. Diqqat savol: 1 minutdan so‘ng X nimaligini emas , balki she’r qanday atalishini uch so‘z orqali yozib bering?

JAVOB: Oyning bir bo‘lagi.

2060. O‘zbeklarda agar bolasi quloqsiz bo‘lsa “Bo‘ji keldi” deb qo‘rqitish odati bor. Buni qarangki, basklarda ham shunga o‘xshash ibora bor ekan. “ Aguardate, nino, quo voy allamar al comprachicos”, ya’ni “Ehtiyot bo‘l bolakay, bo‘lmasa men komprachikoslarni chaqiraman”. Diqqat savol: Komprachikoslar deb kimlarni aytishgan? 
JAVOB: Bola sotib oluvchi va sotuvchilarni.

2061. Erbiy, itterbiy, ittriy bular kimyoviy element hisoblanishadi. Bundan tashqari ular yana bir jihat bo‘yicha bir-biri bilan bog‘liqdir. Savol: Qanday jihat bo‘yicha?
Javob: Ular bir joy nomidan olingan.

2062. 1810 yilda Bavariya shahzodasi Lyudvig va Saksoniya malikasi Terezaning koronatsiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu voqea hozir ham nishonlanib kelinyapti. Savol: Hozirda bu marosim qanday nomga ega?
JAVOB: Oktoberfest. Koronatsiya oktyabr oyida bo‘lgan

2063. Bu shaharga 1899 yili oltin izlovchilar tomonidan asos solingan. Ikkinchi jahon urushi paytida Amerika samolyotlarini SSSRga yetkazib berilishida ushbu shahar orqali o‘tgan aviatrassadan foydalanilgan. Hozirgi kunda ushbu shahar NOMi dunyoga har yili o‘tkaziladigan poyga bilan tanilgan. Yordam sifatida shuni aytishimiz mumkinki, bu poyga Ankoridj shahri yaqinidan boshlanadi. Savol: biz sizdan bu poyga qanday poyga deb so‘ramaymiz, siz bizga gap ketayotgan shahar NOMini yozib bering?
Javob: Nom

2064. Futbol bo‘yicha 2012 yilgi Yevropa chempionatida Angliya quyidagi shior bilan ishtirok etdi. “Bitta kubok, ikkita mamlakat, uchta ….”. Savol: uchta nima?
Javob: Sher

2065. 999-yili 31-dekabrda Rim papasi Silvestr III shu hodiysani yuz berishini e’lon qiladi. Lekin shu hodisa qancha vaqtlar o’tsa ham hali xonuzgacha yuzaga oshmadi. Diqqat sovol: GAp nima haqqinda ketmoqda?
Javob: Oxir zamon

2066. Jurnalistlardan birining aytishicha, bir kuni u Venada choyga taklif qilingan ekan. Unga olib kelingan patnisda choynak, chashka, limon sharbati solingan ko‘zacha, ishlatilgan choy paketchalarini solib qo‘yish uchun yana bitta chashka va kichkina yana bir predmet. Uning nimaligini ayting?
JAVOB: Qumsoat.
Izoh: choyni damlagandan keyin qancha vaqtdan keyin choynakdan paketchani olib qo‘yish uchun.

2067. Gennadiy merosga ega bo‘ldi, Yevgeniy uning sifatini yaxshiladi, “Boni M” guruhi gonorarni har doim kupyuralarda oladi, karpning oshqozonidan ko‘plab urug‘lar topishdi. Men hozir sizga eslab qolishning “ilmiy uslubi” haqida gapirdim. Xuddi shu uslub bo‘yicha o‘ylab aytingchi, nimalar haqida kino olindi?
JAVOB: Itlar haqida.
Izoh: Yuqorida fanlarni eslab qolish haqida gapirildi. Irsiyat haqidagi fan genetika, odam irsiyatini yaxshilash yevgenika, kupyuralar bonistika, urug‘lar karpologiya, itlar kinologiya.

2068. Mangra daraxtlari dengiz va quruqliq chegarasida suv yuzasida o‘sadi. Daraxtning urug‘lari juda ko‘p bo‘ladi, lekin ular to‘kilsa, dengizning sho‘r suvida o‘sib keta olmaydi. Shu sababli urug‘lar daraxtda qoladi hamda daraxtning o‘zida rivojlanadi, ildiz chiqaradi, shundan keyingina daraxtdan ajraladi. Fanda bunday ko‘payish usuli o‘simliklarga xos bo‘lmagan nom bilan nomlanadi. Shu nomlanishni 2 so‘z bilan ayting?
Javob: Tirik Tugʻish.

2069. Bu xalq o‘zini “oq quyoshning farzandlari” deb hisoblashadi. Xattoki ularning bayrog‘ida ham oq quyosh tasvirlangan. Bu xalqning nomini eshitganimizda bizning hayolimizga keladigan qimmatbaho tosh esa oq rangli emas. Siz menga bu tosh qaysi rangda bo‘lishini ayting?
Javob: Qizil (yoqut).
Izoh: Yoqutlar o‘zlarini aynan shunday atashadi. Yoqutiston bayrog‘ida esa oq quyosh tasvirlangan.

2070. Agar mushuksimonlar oilasi vakillaridan birining nomidan bitta harfni olsak, bo‘risimonlar oilasi vakillaridan birining erkagining nomi kelib chiqadi. Birinchisi yovvoyi hayvon bo‘lsa, ikkinchisi uy hayvoni hisoblanadi. Bir daqiqadan keyin ikkala hayvonni ham ayting?
Javob: Sher va it. (Arslon va arlon).

2071. U haqida ikki o‘zbek adibi bir-biriga o‘xshash fikrlarni bayon qilishgan: birinchisi uning kuchini artilleriya qurolidan yuqori qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchisi yadro qurolidan ustun qo‘ygan, xatto uning qo‘llanilishi borasida tavsiya ham bergan. Siz menga uning nimaligini va o‘sha ikki adib aytgan qurol turlarini ayting?
Javob: Adabiyot, zambarak va atom (bombasi). Adiblar esa mos ravishda Parda Tursun va Abdulla Qahhor.

2072. O’zbekiston milliy entsiklopediyasining 4-jildida Sent-Lyusiya davlati poytahti haqidagi maqola bilan Pokistonning sharqiy qismidagi shahar haqidagi maqolalar orasida butun dunyoga mashhur yurist haqidagi maqola berilgan.  Bu yuristning to‘liq ismi-sharifiga e’tibor bersangiz uni bir millatga mansub deb o‘ylashingiz mumkin. Lekin u boshqa millatga mansub. Men sizdan u qaysi millatga mansubligini so‘ramayman, siz menga u qaysi davlatda tug‘ilganini ayting?
Javob: Kuba.
Izoh: Gap bu yerda Fidel Kastro Rus haqida ketmoqda. Kastri va Kasur shaharlari haqidagi maqola orasida

2073. Bu ikki adashlardan birinchisi 1946 yilning 5 sentyabrida Zanzibarda, ikkinchisi huddi shu yili 16 aprelda Toshkentda tug‘ilgan. Ularning har ikkalasi ham 25 yoshga to‘lganlarida  o‘z guruhlarini tuzishadi. Bu guruhlarni birinchisi butun dunyoga mashhur bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi ham jahonning ko‘p davlatlarini kezib chiqdi. Siz menga bu adashlarning ismini emas, ular tashkil etgan guruhlar nomini ayting?
Javob: Kuin va Yalla

2074. Uning hususiyatlaridan texnikada keng foydalaniladi. Kemalar, samolyotlar, kosmik apparatlarga uning hossasiga asoslangan har hil asboblar, giroskop, kompas va stabilizatorlar o‘rnatiladi. Lekin 30 yildan ortiq davr mobaynida undan boshqa maqsadda ham foydalanilmoqda. Qanday maqsadda?
Javob: Tomoshabinlardan kelgan maktublarni tanlashda.
Izoh: Bu yerda gap pirildoqlar (volchok) haqida ketmoqda.

2075. Butun ittifoq o‘simlikshunoslik institutining O’rta Osiyo tajriba stantsiyasida 1944 yili Juravel va Negrul Bolqon uzumi va Gamburg muskati navlarini chatishtirib, yangi uzum navini olishadi va unga yaxshi niyat bilan nom berishadi? Qanday nom berishgan?
Javob: Pobeda ya’ni Gʻalaba

2076. 1499 yilda ispanlarning A. De Oxeda ekspeditsiyasi bu mamlakat qirg‘oqlarini tekshirganda indeyslarning suvda qoziqlar ustida qurilgan turar joylarini ko‘rib, bu diyorni bir nom bilan atashdi. Ular bu diyorni qanday atashgan?
Javob: Venesuela (“Kichik Venetsiya”).

2077. Sharqda X umumiy bo’lgan insonlarni ko’kaldosh deb atashgan. G’arb olimlari asosan o’z Y larini X sifatida tan olishga odatlanishgan. Maksim Gorkiy esa o’zining Y sifatida o’z hayot yo’lida uchratgan insonlarni tan olgan. Agarda bu rasmiy savol bo’lganida edi, oramizdagi jamoalardan biri bo’sh qog’oz varaqasini topshirsa ham bo’lardi.
Savol: X toping?

Javob: Alma-Mater
Izoh: Y – bu universitet. Alma-mater esa Milliy Universitetning norasmiy nomi hisoblanadi. Oramizda esa “Alma-mater” nomi bilan qatnashayotgan jamoa bor.

2078. Shu kuni AQSh va Buyuk Britaniya elchilari Jordj Kennan va Frenk Roberts Bolshoy Teatrga bayram konsertiga taklif qilinishgan edi. Elchilarni hayratga solgan narsa shu ediki bayram Popov tomonidan radio ixtiro qilinganligining 50 yilligiga bag’ishlab o’tkazilayotgan edi. Konsert boshlanishi bilan hafsalalari pir bo’lgan har ikkala elchi teatrni tark etar ekan “Biz rus xalqi o’z Markonisi bilan faxrlanishiga qarshi emasmiz. Ammo nishonlash uchun bundanda kattaroq sabab borligi aniq” deb aytadi.
Savol: Voqea aniq qaysi yili qaysi sanada sodir bo’lgan?

Javob: 7-may, 1945-yil.

2079. Yaqinda Virjiniya Universitetida talabalar orasidagi maishiy yolg’onlar or’ganib chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko’ra talalar asosan notanish insonlarga, do’stlariga, o’z onalariga va boshqa tanishlariga ko’p yolg’on gapirishar ekan. QizigI shundaki bu ro’yhatda otalar pastki o’rinlarni egallashgan. Ammo bunga ota va talaba farzand orasidagi o’zaro ishonch hissi sabab bo’lmagan albatta.
Savol: Buning sababini toping?

Javob :Talabalarning Otalari bilan kam muloqot qilishi.

2080. Uning ibtidoiy shakli XVI asrga kelib barham topadi. XVII asrdan esa yangisi, daxshatlirog’i boshlanadi. Ayniqsa, Fransiyada. U nafaqat erkaklar , balki ayollar orasida ham ommalashdi. Yekaterina II uni dastlab 15 yoshida ko’rgan. Germaniyada esa talabalar orasida keng tarqalib, yaqin- yaqingacha uni o’zlari uchun sharaf bilib kelganlar.
Savol: Gap nima haqida ketayotganini anglagan bo’lsangiz , biz uni 1979-yili qayerda ko’rishimiz mumkin bo’lganligini  2 ta so’z bilan ayting?

Javob: Chinor ostida
Izoh: O’sha yili “Chinor ostidagi duel” filmi ekran yuzini ko’rgan. Yuqorida gap duel haqida ekanigi anglagan bo’lsangiz kerak

2081. 1740-yili Eron shoxi Nodirshox Buxoro xonligini zabt etib , bu hududdagi “BUYRAK” ni o’zi bilan olib ketadi. Oradan biroz vaqt o’tib “BUYRAK” joyiga qaytarildi. Bunga sabab Nodirshoxning tush ko’rgani bo’ladi.
Savol: Siz menga buyrakni emas, o’sha “BUYRAK” oxirgi marta qachon qo’zg’atilganini ayting?

Javob: 1941-yil 21 iyunda
Izoh: gap A. Temur qabridagi nefrit  toshi haqida edi. “Nefrit” yunoncha so’zdan olingan bo’lib buyrak degan ma’noni anglatadi.

2082. Bill Klinton prezidentlik saylovidan oldin qariyb barcha AQSh shtatlarini oz saylovoldi dasturi bilan aylanib chiqadi. Songra Klintonning ijtimoiy sorov markazi oz nomzodining aholi orasidagi mashxurligini tekshiradi. Dastlabki natijalar ota qoniqarsiz bolganligi tufayli, Klinton aksariyat shtatlarga qaytadan turne uyishtiradi. Faqat bundan oldin u oz stilistlari maslahatiga kora hayotida umuman qilmagan bir ishni qiladi. Natija kutilganidan ham alo bolib chiqadi. Oradan biroz vaqt otib Klinton saylovda g’alaba qozonadi.
Savol: Aniq qilib ayting, u aynan qanday ishni amalga oshirgan edi?

Javob: Sochning ensa qismini tekislash

2083. 1815-yil restavratsiya davridagi Fransiya Milliy kengashi deputatlar palatasi juda achinarli bir ahvolda edi. Bu holni ko’rgan kimdir Taleran oldida “Nahotki kimdir bunday qalang’i qasang’ilar vatanni qutqarishiga ishonadi” deydi ayanchli ohangda. “Kim bilsin” dedi Taleran bir mashhur tarixiy xodisani misol keltirdi.
Savol: Qanday hodisa?

Javob: Rimni g‘ozlar tomonidan qutqarilishi

2084. Sovet ittifoqida 5,45 мм lik pisolet o’qining ixtirochisi familiyasi e’lon qilinganda ko’plar taajubga tushishadi. Ba’zilar umuman ishonishmaydi.
Savol: Buning sababi nimada edi?

Javob: U inson ayol kishi edi.
Izoh: A.D.Denisova.

2085. Kuyun Djik ichkariga kirib borarkan, shox saroyi o’rtasida arxeolog Leyyard ikkita xonani ochdi. U yerda loydan yasalgan qadimgi narsalar, parchalar bor edi. Ushbu ikki xona qadimda nima vazifasini bajargan?
Javob: Kutubxona

2086. Engels, Lenin, prezident Grant, Karabas-Barabas. Ularni nima birlashtirib turadi?
Javob: Soqol

2087. Oldinlari Xitoy an’analariga ko’ra, muloqat paytida kichkinalar kattalarning ko’ziga ikki marotaba qarashlari mumkin ekan. Qanday holatda?
Javob: Ko’rishgan payt va xayrlashgan payt

2088. Turkmanlarning maqollariga ko’ra, sevgisidan ayrilgan 7 yil yig’lar ekan. Diqqat savol: kim unda butun umr yig’laydi?
Javob: Vatanidan ayrilgan

2089. Ayrim pompeyalik uylarni ko’pincha kutib oluvchi so’zlar bilan beztishgan, lekin vaqt o’tgan sari uy egalari tomonidan qo’rqituvchi so’zlarni ko’rsa bo’ladi. U yerga nima deb yozilgan?
Javob: «Ehtiyot bo’ling jahldor it»
Rimda esa » itdan saqlaning»

2090. 1775 yilda Londanda kauchokli kubiklar sotila boshlandi. Nima uchun bu kubiklar kerak?
Javob: O’chirg’ich. O’chirish uchun

2091. Ushbu narsaga zamonaviy topishmoq o’ylab topilgan. Demak topishmoqni toping. U narsa o’tga o’xshab quyosh nuridan o’sadi. Bu nima?
Javob. Termometr.
Izoh: quyosh qancha qizdirsa uning ichidagi simob ham shuncha yuqoriga qarab chiqaveradi

2092. Malayanda «Sepag-raga» ya’ni bitta fudbolchi uchun degan o’yin mavjud. Bunda fudbolchiga maydon ham, darvoza ham kerak emas unga koptok bo’lsa kifoya. Bu o’yinda fudbolchi nima qilgan?
Javob: koptokni oyoqlari hamda tananing boshqa qismlari bilan harakatga keltirgan. Ya’ni faqat koptok yordamida o’yin ko’rsatgan

2093. U ikkita buyumni inson yaratgan. Ular orqali ko’plab go’zallik na’munalari yaratilgan. Ular insonga ozor berishi, insonning kamchiliklarini berkitishi, inson hayotini saqlab qolishi mumkin.
O’sha ikki buyumning nomini ayting?

Javob: Igna va ip

2094. Formula-1 poygalarida Monoko Gran prisidagi tunnel trassaning eng xavfli qismi hisoblanadi. Bunga sabab poygachilar tunnelga kirganlarida yorug‘likning keskin pasayishidir. Poygalarning birida yorug‘likdan tashqari tunnel yana bir xavf tug‘dirish ehtimoli borligi kuzatiladi. Shu sababli tashkilotchilar poyga boshlanmasidan oldin tunnelga yong‘in o‘chirish mashinalarini chaqiradilar va ularning xizmatidan foydalanadilar. Tashkilotchilar nima sababdan yong‘in o‘chirish mashinalarini chaqirishga majbur bo‘lganliklarini toping?
Javob: Yomg‘ir sababli
Izoh: Sababi ochiq trassa yomg‘ir natijasida nam bo‘lgan, tunneldagi yo‘l esa o‘z-o‘zidan quruq bo‘lgan.

2095. XX asrning 70-yillarida o‘rmonchilar daraxtlarga, fermerlar esa yilqilarga belgi qo‘yishning yangi usulini o‘ylab topadilar. Hozirda bu usul insonlar tomonidan boshqa maqsadlarda qo‘llanilmoqda. Bu maqsadni amalga oshirishdan oldin maxsus ekipirovka kiyish talab etiladi. Sizlar bu ish qanday atalishini bir so‘z bilan yozib bering?
Javob: Peyntbol

2096. Uinston Cherchill fikricha, kapitalizmning tug‘ma nuqsoni bu faravonlikning notengligi bo‘lsa, sosializmning tug‘ma nuqsoni bu – UNING teng taqsimlanmaganidir. Savol: UNI toping?
Javob: qashshoqlikning

2097. XIX asr psixologi va faylasufi Uilyam Djoys Uni quyidagicha ifodalagan. Olimning fikricha Uning faqat shu ko‘rinishigina asl maqsadga erishilganligini bildirar ekan. Mana salkam 30 yildirki Biz Unda Nodar, Aleksandr va Semenlarni ajoyib ijodlarni miriqib kuzatib boramiz. Dramaturg Axror Xasanovning esa “U yoki vijdon azobi” nomli dramasi bor. Menga Uni ikki so‘z bilan aytib bering?
Javob: Muhabbat formulasi

2098. O’z vaqtida Venetsiyada “Leone” nomli tangalar zarb qilingan. Tanganing revers tomonida siz sezganinggizdek sher tasvirlangan edi.
Savol: Avers tomonidachi?

Javob: Muqaddas Mark

2099. Kapitan Vrungelning dengiz haqidagi izohli lug‘atida ta’kidlanadiki birinchi va ikkinchini adashtirish kerak emas, lekin shtorm bo‘layotganda kema ham, butun ekipaj ham “raqs tushishiga” to‘g‘ri keladi. Birinchi va ikkinchini ayting?
Javob: Bal va bal

2100. Viktor Alimasov o‘zining “Falsafa yoxud fikrlash lazzati” kitobida shunday yozadi: “Birinchi menga qadrni o‘rgatdi, Ikkinchi – mehrni, Uchinchi esa – jabrni. Hayratlanarlisi shundaki, jabrni o‘rgatgani men uchun azizroq”. Birinchi, ikkinchi va uchinchini toping?
Javob: onasi xotini qizi